Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |