2-amaliy mashg’ulot. O‘zbek tilshunosligini davrlashtirish masalasi.
Аbu Nаsr Fаrоbiy ning
lingvistik merosi.
Reja:
1O‘zbek tilshunosligi tarixini davrlashtirish masalasi.
2 Farоbiyning falsafiy qarashlari.
3Forobiyning lingvistik qarashlari.
4“Fanlar tasnifi haqida so‘z” asaridan tilshunоslikka оid bilimlarni topish va ularning mohiyatini
sharhlash.
5“Fozil odamlar shahri” asarida tilshunoslikka oid ma’lumotlarni ko’chirib yozish va izohlash.
JAVOBLAR:
1.1O‘zbek tilshunosligi tarixini davrlashtirish masalasi.
O`zbek tili tarixini davrlashtirish
Turkiy tillarni tasniflash taraqqiyot tarixini davrlashtirish bilan bog`liq ravishda o`zbek
adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtirilgan. Jumladan, S.E.Malov
o`zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo`lib o`rganadi:
1.
Uyg`ur adabiy tili
2.
Chig`atoy adabiy tili
3.
Uyg`ur adabiy tili
Bu davrlashtirishga ko`ra hozirgi o`zbek adabiy tili chig`atoy adabiy tilidan kelib chiqqqan.
Chig`atoy (eski o`zbek) adabiy tili esa o`z navbatida o`yg`ur adabiy tilidan kelib chiqqan.
A.N. Samoylovich o`zbek adabiy tilining tarixini uch davrga bo`ladi:
1.
Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XI). Bu davr koraxoniylar davlatida shakllangan va
keng qullangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda yoziladigan asarlar bilan ajralib
to`radi.
2.
O`g`iz- qipchoq adabiy tili (XII-XX asrlar). Bu davr Xorazmda o`g`iz-qipchoq dialekti
negizida rivojlangan g`arbiy turkiy adabiy til hamda bu erda yaratilgan asarlar bilan
bog`langan.
3.
o`rta Osiyo turkiy adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida turkiy-
eski o`zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog`langan. Hozirgi o`zbek adabiy tili
esa O`rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi.
A.M.Shcherbak o`zbek adabiy tili tarixini to`rt davrda bo`lib o`rganadi:
1.
O`zbek adabiy tilining eng qadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan sharqiy turkiy
adabiy til hamda ma`lum darajada g`arbiy turkiy adabiy til bilan bog`langan.
2.
O`zbek adabiy tilining o`rta –«Chig`atoy» tili davri (XIV-XVII asrlar). Bu davr tili asosan
eski o`zbek adabiy tili hamda shu tilda yozilgan asarlar bilan bog`langan.
3.
O`zbek adabiy tilining yangi davri (XVII-XYIII asrlar). Bu
davr xonliklar davri adabiy
tillini qamrab oladi.
4.
O`zbek adabiy tilining eng yangi davri(XIX-XX asrlar).
O.Usmonov o`zbek adabiy tilining tarixini besh davrga bo`ladi:
1.
Qadigi turkiy tili davri (VI-IX asrlar)
2.
Qadigi o`zbek tili davri (IX-XIIasrlar)
3.
Eski o`zbek tilining ilk davri.(XIII-XIV asrlar)
4.
Eski o`zbek tili (XIV-XIX asrlar)
5.
Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili.
G.Abduraxmonov o`zbek adabiy tili tarixini quydagicha davrlashtiradi.
i.
eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo`lgan davr).
ii.
Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar)
iii.
Eski turkiy til (XI-XIII asrlar)
iv.
Eski o`zbek adabiy tili.(XIV-XIX asrlar)
v.
Yangi o`zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar)
vi.
Hozirgi zamon adabiy tili.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagicha davrlashtirish mumkin:
i.
Qadimgi turkiy adabiy til davri(VII asrdan-XIII
asrgacha)
ii.
Eski o`zbek adabiy tili davri (XIII-XIX asrlar)
iii.
Hozirgi o`zbek adabiy tili davri (XIX-XX asrlar)
2.2 Farоbiyning falsafiy qarashlari.
Farobiyning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin"
taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo
boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi
sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga
muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga
qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. "Vujudi
mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. F.
tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz beradigan tadrijiy
jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sababoqibat nuqtai nazaridan 6
daraja (sabab)ga boʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng faol aql,
jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy
mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan
sababiy bogʻlangan. Xudo, yaʼni "vujudi vojib" birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Akl esa har bir
sayyoraga xos aklni yaratadi. Eng soʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aqlruh va barcha moddiy
jismlar, yaʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot
olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va
insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib,
F.ning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim
ahamiyatga ega boʻldi.
3.Forobiyning lingvistik qarashlari.
Forobiy morfologiya masalasida so`zlarni arab tilshunosligiga
asoslangan holda ot
, fe`l va
harflarga ajratadi. Otlarni ikkiga: atoqli va turdosh otlarga bo`ladi. Aniqrog`i, sodda ma`noli so`zlarni
ikkiga ajratadi: 1) atoqli otlar: Zayd, Amr; 2) turdosh otlar: odam, hayvon, ot va boshqalar. Otlarga
son kategoriyasi (birlik, ikkilik, ko`plik), fe`llarga zamon (o`tgan, hozirgi, kelasi zamon) kategoriyasi
xosligini ta`kidlaydi.
U sintaksis masalasida so`z birikmasi haqida, nutqning qismlarga bo`linishi, so`zlarning qanday
birikish qoidalari va hukm bildirishi, so`zlarning qo`shilish turlari haqida fikr yuritadi.
Forobiy orfografiya masalasida so`zlarning yozilish qoidalari yuzasidan ham dastlabki
ma`lumotlarni beradi.
Forobiy she`riyat - she`r haqida fikr yuritar ekan, she`rning yozilish o`lchovlari, ya`ni she`rning
yozilishidagi to`liq va noto`liq o`lchovlar, qaysi o`lchov yoqimli va chiroyli ekanligi, umuman, she`r
tovush va bo`g`inlardan tashkil topishi haqida fikr bayon qiladi.
Forobiy ulug` faylasuf olim sifatida umumiylik va xususiylik dialektikasi nuqtai nazaridan tilga,
lisoniy hodisalarga ham murojaat qiladi.
4.
4“Fanlar tasnifi haqida so‘z” asaridan tilshunоslikka оid bilimlarni topish va ularning mohiyatini sharhlash.
«Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi haqida;
Til – so`zlovchi istagini