Tijorat siri — korxonalar, tashkilotlarning oʻz ishlab chiqarish., savdo, moliya, ilmiy-texnika faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saklash, oshkor etmaslik huquqi. Tijorat siri rakrbat kurashi vositasi. Korxona Tijorat siri korxona, firma, konsorsium yoki yakka ishlab chiqaruvchi oʻz tovarlarini arzonga tushirishi, ularning sifatini oshirishi, qimmatroq sota bilishi, katta foyda koʻrib, gullabyashnashning sharti. Sir ishlab chiqarish., texnologiya, boshkarish, moliyaviy, yangi materiallarni qoʻllash, boshqalarda boʻlmagan, hayotiy sikli uzun boʻlgan tovarlarni oʻzlashtirish va boshqa faoliyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tijorat siri xaridorlar, umuman, mijozlar bilan boʻlgan aloqaga ham taallukli. Kelishilgan bitishuvlar summasi, sotish shartlari va narxlar ham sir sakdanadi. Tijorat siri va uni oshkor etish, oʻgʻirlash boʻyicha javobgarlik qonun yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tijorat siri deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligi bilan muhofaza qilinadi. Tijorat siri oshkor boʻlib, boshqalar tomonidan oʻzlashtirib olinsa, sir egasi bundan koʻrilgan zararini sud orqali tovon undirib olishi mumkin. Tijorat sirini saklash maqsadida korxonalar, firmalar, tashkilotlar maxsus xavfsizlik xizmati tashkil etadilar, bu xizmatlar korxona mulki boʻlgan yangiliklarni raqiblarning iktisodiy josusligidan himoya qiladi.
Fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri nomoddiy ne'matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma'lumki, insonning intellektual faoliyat mahsullari, ularning yaratish jarayoni va o`z xususiyatlari bo`yicha odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida o`ziga xos obyekt sifatida qaraladi.
Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu ko`p hollarda aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik xodim va boshqalar faoliyatining mahsullaridir. Bu mahsullar fuqarolik qonunlari bilan qo`riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
–haqiqatda ijod mahsuli bo`lishi, ya'ni original (o`ziga xos) bo`lishi;
–betakror bo`lishi;
–biron-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi.
Bu mahsullarning ko`pchiligi g`oyaviy-nomoddiy ko`rinishda bo`ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obyektga nisbatan qo`llaniladigan huquq me'yorlarini qo`llab bo`lmaydi.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari intellektual faoliyatning quyidagi natijalarini farqlaydi:
– ixtiro, foydali model, sanoat namunalari;
– seleksiya yutuqlari;
– mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari – fan, adabiyot, san'at asarlari, audivizual asarlar, radio eshittirishlar va televizion ko`rsatuvlari, asarlar ijrolari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumot bazalari;
– integral mikrosxemalar toplogiyalari.
Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda.
Umumiy qoida bo`yicha yuridik shaxsning individuallashtirish vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mahsulot va xizmatlari ham intellektual faoliyat natijalariga tenglashtiriladi (FKning 97-moddasi, 1-qismi). Individuallashtirish vositalari (firma nomi, tovar va xizmat belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomi) turdosh mahsulot va xizmatlarning boshqalaridan farqlash, ularni bir-birlari bilan chalkashtirib yubormaslikka xizmat qiladi.
FKning 97-moddasiga asosan intellektual faoliyat natijalari va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalariga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e'tirof etiladi, tan olinadi. Buning ma'nosi shundaki, mutlaq huquq egasi intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan foydalanish va tasarruf etishda faqat o`zigagina tegishli bo`lgan huquq egasidir. U uchinchi shaxslarga bu obyektlardan foydalanishga ruxsat berishi va ta'qiqlab qo`yishga o`zigina haqli (yuridik shaxsning firma nomi bundan mustasno bo`lib, uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berilishi mumkin emas).
Xizmat va tijorat sirlari fuqarolik huquqi obyekti sifatida himoya qilinishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo`lishi lozim:
Birinchidan, xizmat yoki tijorat siri bo`lgan ma'lumotlar uchinchi shaxslarga noma'lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo`lishi kerak;
Ikkinchidan, bu ma'lumotlardan uchinchi shaxslarning xabardor bo`lishga, bahramand bo`lishga qonuniy asoslari bo`lmasligi talab qilinadi;
Uchinchidan, sir hisoblangan axborot (ma'lumot) egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralarni ko`rgan bo`lishi zarur.
Ushbu shartlardan birortasi mavjud bo`lmasa, xizmat yoki tijorat sirlaridan foydalanganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik yuzaga kelmaydi.
Korxonalar va boshqa subyektlarning atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirish mumkin bo`lgan boshqa salbiy faoliyatlari haqidagi ma'lumotlar xizmat yoki tijorat siri hisoblanmaydi. Tijorat sirlari egasi ulardan o`z faoliyatida foydalanishi, shuningdek, boshqalarga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi asosida ruxsat berishga, sotishga, boshqacha usullarda tasarruf etishga haqli.
3.Mualliflik huquqning turdoshlari.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 20.07.2006 yildagi O‘RQ-42-son
Кучга кириш санаси
21.07.2006
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ENG
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
Do'stlaringiz bilan baham: |