Radioto‘lqin texnologiyalari Tarmoq signallari radioto‘lqin orqali uzatish mumkin, lekin tarmoq dasturlari yuqori chastotalar bilan ishlaydi. Misol uchun, hududdagi AM stansiyalar 1290 chastotalarda efirga uzatadi, bu esa 1290 kHz ma’noni beradi, chunki AM to‘lqinlar 535-1605 kHz oraliqda joylashadi. FM to‘lqinlar esa 88-108 MHz oraliqda joylashadi.
Radio tarmoq orqali uzatishda signal bir yoki ko‘p yo‘nalishda uzatilishi mumkin, bu esa ishlatilayotgan antenna turiga bevosita bog‘liq.
IEEE 802.11 protokoli asosidagi radioto‘lqinli tarmoqlar
802.11 standartida simsizuskunalarning ikkita topologiyasidan foydalaniladi. Birinchisi – mustaqil asosiy xizmatni o‘rnatish topologiyasi (independent basic service set – IBSS), bu topologiya bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish imkoniga ega ikki yoki undan ortiq terminallardan tashkil topadi, shu sababli eng sodda topologiyadir. Bunday tarmoq turi rejasiz yuzaga keladi, chunki qurilmalar biror sabab bilan to‘satdan bog‘lanishga ehtiyoj yuzaga keladi. IBSS topologiyasi alohida turgan WNIC ga ega kompyuterlar teng huquqli qurilmalar tarmog‘i sifatida ulanadi.
Ko‘p simsiz tarmoq foydalanuvchilari IEEE 802.11 qurilmalari yordamida tarmoqni tashkil etadilar, chunki bu uskunalar o‘zining qandaydir o‘ziga hos tarmog‘iga ega emas, natijada tarmoqni turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan tashkil etishi mumkin. Chunki 802.11 standartga mos uskunalar proprietar emas, turli ishlab chiqaruvchilar chiqargan uskunalar tezroq bog‘lana oladilar va simsiz aloqada yuzaga keladigan yangi imkoniyatlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Simsiz tarmoq tashkil etuvchilari Simsiz ulanish uchta asosiy tashkil etuvchidan iborat:
Qabul qiluvchi va uzatuvchi plata, ulanish nuqtasi, antennalar.
Qabul qiluvchi plata simsiz tarmoq platasi (Wireless NIC – WNIC) deb nomlanadi hamda OSI modelining Jismoniy va Ma’lumot uzatish pog‘onalarida faoliyat ko‘rsatadi. WNIC ichki PCI (Peripheral Computer Interface) yoki miniPCI, alohida CardBus yoki PCMCIA (Personal Computer Memory Card International Association) kartasi yoki USB (Universal Serial Bus) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Aksariyat simsiz tarmoq platalari Microsoft tarmoq drayverlari intrefeysi talablari (Microsoft Network Driver Interface Specification – NDIS) ga mos keladi. NDIS — tarmoq drayverlari talablari hamda ko‘pgina tarmoq protokollari bilan ishlay oladigan tarmoq platalari drayverlarini yaratish va foydalanish uchun zarur ilova dasturlash interfeysi (Application Programming Interface – API) dir. API kabi NDIS tarmoq kommunikatsiyalarida ishlatiladigan kichik programmachalar yoki qism-programmalar kutubxonasiga ega. Bu programmalar kutubxonasi NDIS.SYS tizim fayli va boshqa tizim fayllari orqali amalga oshiriladi. Microsoft operatsion tizimlarida Microsoft NDIS simli va simsiz tarmoq adapterlari uchun zarur. NDIS Linux tizimlarida ham maxsus virtuallash drayverlari orqali ishlatiladi.