Reja: 1 Zamonaviy kompyuter turlari


Mikroprotsessorlarning tarki



Download 0,77 Mb.
bet5/6
Sana18.07.2022
Hajmi0,77 Mb.
#822960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boxodirov Alisher

Mikroprotsessorlarning tarki.Mikroprotsessorlaming tarkibi yetarli darajada murakkab. Protsessor yadrosi asosiy boshqarish modulidan va bajarish modulidan iborat - butun sonli axborotlar ustida amallami bajarish bloki. Mahalliy boshqarish sxemalariga quyidagilar kiradi: sriluvchi vergul bloki, shoxlanishlami bashorat qilish moduli, ClSC-ko’rsatmalami ichki RISC-mikrokodga o’zgartirish moduli, mikroprotsessor xotirasining registrlari (VLIW turidagi MP da 256 registrgachan), 1-bosqich kesh-xotira (aloxida axborot va ko’rsatmaIar uchun), shina interfeysi va boshqalar.
Pentium mikroprotsessori tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi:
• mikroprotsessor yadrosi (Core);
• bajarish moduli (Execution Unit);
• butun sonli amallar uchun AMQ (qayd qilingan vergulli) (Integer ALU);
• registrlar (Registers);
• suriluvchi vergulli butun sonlar bilan ishlash bloki (Floating Point Unit);
• birinchi bosqich keshi, shu jumladan axborotlar keshi (Data Cache) va buyruqlar keshi (Code Cache) (Primary Cache);
• ko’rsatmalami dekoderlash bloklari, ulami oldinroq bajarilishini ta’minlash va shoxlanishni bashorat qilish (Instruction Decode and Prefetch Unit va Branch Predictor) ;
• interfeys shinalari, shu jumladan 64- va 32-bitli shinalar va tezkor xotiraga chiqish uchun tizimli shinaga chiqish (Bus Interface).

Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo’lgandan beri mavjuddir.Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlami birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterl aming resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko’pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo’ladi.


Ko’pincha “mahalliy tarmoqlar” (lokalmye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo’lmagan, mahalliy o’lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni mahalliy tarmoq deb tushiniladi.Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o’n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi.Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi oichamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlami interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog’lash mumkin yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlami bog Mash mumkin. Lekin bunday bog’lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi.Balki mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi boiib, ko’p boimagan kompyuterlami bog’lashdir.Haqiqatan, mahalliy tarmoq ko’p hollarda ikkitadan to bir necha o'nlab kompyuterlami o’z tarkibiga oladi.Lekin ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo’lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin.Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki noto’g’ridir.
Mahalliy hisoblash tarmoqlaming (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin bo’ladi:
• axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o’tkazish imkoniyati mavjud b’lishi;
• uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin boigan xatolik ehtimoli 10’7 - 10'8 darajada bo’lishi;
• axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bo’lishi;
• tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bo’lishi kerak.
Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mo’ljallangan va sifatli bo’lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi nisbatan tezlik bo’yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
Ko’pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi – shaxar tarmog’i (MAN, Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin bo’lib, ba’zida mahalliy tarmoqlarning ba’zi xususiyatlariga ham ega bo’ladi. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan o’xshashdir. Bu xususiyat shahar tarmog’i ham mahalliy tarmoq (MXT afzalliklari bilan) bo’lishi mumkin ekanligini ko’rsatadi.
Server - tarmoq abonenti boiib, u o’z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o’zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo’lishi mumkin.Ajratilgan server – bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi.Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko'rsatishdan tashqari boshqa masalalami ham hal qilishi mumkin.
Mijoz - faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o’z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi.Kompyuter - mijoz ham ko’pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o’zida ham mijoz va shuningdek server boiishi mumkin. Ko’pincha server va mijozni kompyuterni o’zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalami tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o’z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir.

Kompyuter tarmog’ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda odatda biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yoilarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi avvalam bor mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud.


Global tarmoqlarda esa aloqaning tuzilishi foydalanuvchi dan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o’zining alohida yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo'yiladigan talablami,ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo’lishi mumkin bo’lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo’lmasada, asosiy topologiyalaming xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir.
shina(bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo’liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o’zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish