Reja: 1 Terroristik harakatlar va ularning insoniyatga qarshi ekanligi



Download 31,65 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2022
Hajmi31,65 Kb.
#463891
  1   2   3   4
Bog'liq
8 Terrorchilik harakatlari sodir bo’lganda harakatlanish tartibi


8- Terrorchilik harakatlari sodir bo’lganda harakatlanish tartibi. Axborot xavfsizligi.

Reja:
1) Terroristik harakatlar va ularning insoniyatga qarshi ekanligi.
2) Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari
3) Terroristik harakatlarning turlari

Dunyoda yuz berayotgan turli-tuman voqea va hodisalar insoniyatni tashvishga solmoqda. Ayniqsa, turli diniy niqoblar ostida amalga oshirilayotgan terroristik harakat tinchlikka rahna solib, jamiyat barqarorligi va osudalgiga putur yetkazmoqda. Bugun axborot oqimi kuchaygan bir pallada hali ongi shakllanmagan yoshlar turli oqimlar ta’siriga tushib terroristik tashkilotlarning o‘z kuchlarini to‘plash manbayiga aylanib qolmoqda. Bunday razil niyatli kishilarni dunyoning turli burchaklarida uchratish mumkin. «. . . insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Aynan fanatizm illatiga yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladilar.» deb ko‘rsatgan edi Birinshi Prezidentimiz I. Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida. Holbuki, dunyoning turli burchaklarida yuz berayotgan terroristik harakatlar oqibatida minglab odamlar halok bo‘lmoqdalar. Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xavfi 1990-yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi davrida, 1999-yil Toshkent shahrida, 2004-yil Toshkent shahri va Buxoroda yuz bergan harakatlar misolida ko‘rindi. Mamlakatimiz birinshi Prezidenti I. Karimov 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan nutqida Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va uni hal etishga chaqirdi. Biroq, bu chaqiruv qanchalik to‘g‘ri ekanligini keyingi paytlarda yuz bergan terroristik harakatlardan so‘ng ko‘plab mamlakatlar e’tirof etdi.


2001-yilning 28 –sentabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi
1373 –sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi tuzildi. Ushbu qo‘mitaning tuzilishi va faoliyati I. Karimov taklif qilgan terrorimzga qarshi kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero yurtboshimiz 1999-yilning noyabrida Stambulda bo‘lib o‘tgan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Sammitida va2000-yilning sentabrida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti» da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tashkil etish taklifi bilan chiqqan edi. O‘zbekiston BMT ning terrorizmga qarshi kurash va uning oldini olishga yo‘naltirilgan 12 ta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qildi. Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomalarni imzolagan. Umuman olganda O‘zbekiston barqaror taraqqiyotga rahna soluvchi har qanday kuch hamda uning bir ko‘rinishi bo‘lgan terrorizmga qarshi kurashda faol harakat olib borayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekistonda o‘ziga xos milliy huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57 – moddasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-dekabrda qabul qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuni yurtimizda bunday kuchlar faoliyat olib borishini umuman taqiqlaydi va uni qonuniy yo‘l bilan bartaraf etadi. Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuyini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ushbu qonunga ko‘ra mamlakatimiz hududida:
- terrorizmni targ‘ib qilish;
- terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda
ularning faoliyat ko‘rsatishi;
- terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning bo‘linmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi;
- terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi;
- tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish taqiqlanadi.
Shu o‘rinda «Terror» tushunchasini sharhlab o‘tish ham lozim.
«Terror» - lotincha so‘z bo‘lib – «qo‘rquv» ma’nosini bildiradi. «Terror» degan tushuncha birinchi marotaba 1798-yilda paydo bo‘lgan. Terrorizm – avvalambor, siyosiy – huquqiy, tarixiy, ijtimoiy – psixologik, dinlararo va boshqa muammolarga borib taqaluvchi juda murakkab, turli ko‘rinishli, o‘zgaruvchan va kundan kunga avj olib borayotgan mudhish hodisa bo‘lib, uning bartaraf qilinishi bu muammolarning yechimi bilan hambog‘liq. Zero hozirgi kunga qadar terrorizm tarixi haqida yakdil xulosaga kelinganicha yo‘q.


Download 31,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish