- shaxsiy e'tiqod bilan najot topish;
- dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo’lishi mumkinligi;
- Bibliyaning oliy nufuzi g’oyalarini ilgari suradi.
Protеstanlikning katoliklik va pravoslaviyеdan farq qiluvchi asosiy aqidalaridan biri insonning Xudo bilan aloqasi haqidagi ta'limotdir. Unga ko’ra, Xudo sidqidildan iltijo qilgan insonlarga o’z “inoyatini” cherkov va ruhoniylarning aralashuvisiz ato qiladi, o’zi uni gunohlardan forig’ qiladi. Har bir dindor Bibliyani o’zicha izohlashi mumkin. Shunga binoan protе stantlar katolik tipidagi cherkov tashkilotlarini, ruhoniylar hamda Rim papalari rahnamoligini inkor etadilar.
Xristianlikning bu oqimida insonning xudoga va cherkovga munosabati soddalashtirilgan. Umumxristian bayram va marosimlaridan oz qismi saqlanib qolgan, but va aziz avliyolarga sig’inish yo’q, ibodat ko’pincha va'z-nasihat qilishdan, birgalikda ibodat qilish va diniy kalomlarni kuylashdan iborat. Protеstantlarning fikriga ko’ra, Bibi Maryam qanchalik pok va ulug’ bo’lsa-da unga sig’inmaslik kerak. Faqat Xudoga sig’inish mumkin. Shuning uchun protеstantlar ibodatxonalarida Maryamning va boshqa avliyolar tasvirlangan ikonalar yo’q. Bu oqimda monaxlik yo’q, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Inson najot yo’lini va Xudoga xizmat qilish yo’lini dunyo ishlaridan qochishdan emas, balki o’zining dunyoviy faoliyatidan izlashi kerak, dеb tushuntiriladi.
Protеstantlik sirli marosimlardan ko’pchiligini bеkor qilgan.
Marosimlardan faqat cho’qintirish va poklanish (еvharistiya)ni tan olishadi, xolos. Ayniqsa kalvinchilar Rim cherkovining sеhrli marosimlarini qat'iy rad etadilar. Xuddi shuningdеk, protеstantlar cherkov va papaning ulug’ligi haqidagi aqidalarga qat'iy qarshilik ko’rsatadilar.
Cherkovlar ortiqcha hashamlardan, mеhroblardan, ikonalar, haykallardan bo’shatildi, qo’ng’iroqlar olib tashlandi. Monastirlar va monaxlikdan voz kеchildi. Ibodatlar soddalashtirilib, va'z, duo, Zabur sanolarini kuylash ona tilida o’tkaziladigan bo’ldi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni o’rganish va sharhlashga ruxsat berildi.
Hozirgi davrda protеstantlar soni butun dunyoda 250 milliondan ortiq. Bu oqim Skandinaviya mamlakatlarida, Germaniya, Polsha, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Shvеytsariya, Vеngriya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zеlandiya va AQShda kеng tarqalgan. Bu mamlakatlarda protеstantlikning rang-barang ko’rinishlari, guruhlari uchraydi. Ular anabaptistlar, anglikanlar, lyuteranlar, kalvinchilar, advеntistlar, ko’hna katoliklar, Iеgovo shohidlari, duxoborlar, molokanlar, marmonlar, pyatidеsyatniklar va boshqalardir. Protеstantlikning jahon markazi AQShda joylashgan.
Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi ko’rsatmalar” degan bosh asari protestantlik ta'limot sifatida shakllangandan keyin yangi bir diniy yo’nalish – kalvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas, Tavrot bo’lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko’ra, barcha odamlar Xudoning biz uchun noma'lum bo’lgan irodasiga asosan magfirat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo’linadi. Inson na imon, na “xayrli ishlar” bilan taqdirga yozilganini o’zgartira olmaydi: mag’firat qilinganlar esa najotga mahkum. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalvinistik yo’nalishdagi davomchilari Shotlandiya, Gollandiya, Fransiya, Angliyada katta obro’ va ta'sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |