G‘arbiy hoqonlikdagi yozgi qarorgoh Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishkisi Suyob shahrida edi.
G’arbiy Turk hoqonligi
Hoqon Sheguy vafotidan keyin (618 y.) hokimiyatga kelgan Hoqon To‘ng yabg‘u (To‘n shoh) davrida G‘arbiy hoqonlik yana kuchayadi. Uning chegaralari Oltoydan to Hind daryosi bo‘yigacha cho‘zilib ketdi. Uning qo‘lidagi ulkan hokimiyatni boshqaruv tartiblari isloh etildi. Mahalliy sulolalar hokimlari bilan bevosita bog‘lanish, ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga “yabg‘u” unvonlari beriladi. Ular o‘z vaqtida hoqonning noiblariga aylanadilar. Turkiylar “Tudunlar” deb yuritilgan o‘z vakillarini yarim mustaqil hokimliklarga yuborib, siyosiy nazorat va boj solig‘ini izga tushirish ishlarini amalga oshirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |