4-§. Neft va gazni quvur orqali tashishni tashkil qilish
4.1) Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish
Neft mahsulot provod deb – neft mahsulotlarini haydashga
moʼljallangan trubo provodlarga aytiladi. Ular magistral qismlarning
yer tagi va taqsimlash trubo provodlaridan, oddiy va murakkab
tarmoqlardan, bosh va oraliq haydash stantsiyalaridan, quyish va
soʼnggi oxirgi punktlardan iborat. Ular maʼlum bir vazifalarni
bajaradi. Magistral neft provodlar quyidagi kompleks qurilmalardan
tashkil topgan;
- keltiruvchi trubo provodlar;
- bosh va oraliq neft haydash stantsiyalari;
- oxirgi punkt;
- koʼp liniyali qurilmalar;
Keltiruvchi trubo provodlar – neft manbalarini magistral neft
provodlarning bosh qurilmalari bilan bogʼlaydi.
Neftni haydash stantsiyasi – neftni konlardan qabul qilish,
ularni qismlarga ajratish, neftlarni miqdorini hisoblash va ularni
rezervuarlardan trubo provodlar boʼyicha haydashga moʼljallangan.
Bosh neftni haydash stantsiyasi neft koni yaqinida
joylashtiriladi.
Oraliq neftni haydash stantsiyasi – keyinchalik neft haydashni
taʼminlash uchun ishqalanish kuchini bartaraf etishga sarflangan
quvvatni tiklashga xizmat qiladi. Odatda, oraliq neftni haydash
stantsiyasi trubo provod trassasi boʼyicha har 50-200 km ga
joylashtiriladi.
Undan tashqari bosh va oraliq neftni haydash stantsiyasining
texnologik qurilmasida quyidagilar boʼladi: mexanik ustaxona,
pasaytiruvchi elektr podstantsiya, pech, suv bilan taʼminlash obʼekti,
xoʼjalik va maʼmuriy binolar va b.
Oxirgi punkt – magistral trubo provodning oxirgi punkti neftni
qayta ishlash zavodi yoki katta nefte-baza hisoblanadi. Katta
punktlardagi magistral neft provodlarda uzunligi 400 dan 600 km
gacha boʼlgan foydalanish uchastkasi tashkil qilinadi. Foydalanish
uchastkasining chegarasi albatta oraliq neftni haydash stantsiyasi
orqali oʼtadi. Magistral neft provodning yoʼl qurilmalariga
quyidagilar kiradi: trubo povodlar, yoʼl Lukidoni, trubo povodlarning
korroziyadan himoyalash vositasi, aloqa yoʼli, elektruzatish yoʼli,
obxodchi uylari, vertolyot maydoni, grunt yoʼllari, trassa boʼyicha
yotqizilgan trubo provodlar.
Neft va neft mahsulotlarning qabul qilish va tarqatish
jarayonida tashish hamda baza ichida ularni haydash asosan nasos
yordamida amalga oshiriladi. U maxsus binoga dvigatel bilan birga
oʼrnatiladi. Bu jarayon nasos stantsiyasi deb ataladi. Nasos
stantsiyalari ishining xarakteriga va tuzilishiga qarab statsionar va
ko’chma turlarga boʼlinadi.
Statsionar nasos stantsiyasiga nasos stantsiyasi va neft bazalari
kiradi. Ular yer usti yoki chuqurlashtirilgan holda loyihalashtiriladi.
Nasosning talab qilingan balandlikdan soʼrishini taʼminlash uchun
neft bazalarda nasos stantsiyalarini trubo provod tizimning eng past
nuqtasiga joylashtirish talab etiladi.
Chuqurlashtirilgan nasos stantsiyasini loyihalash jarayonini
mukammal asoslash kerak. Chunki u qurilish tannarxini oshiradi va
foydalanish sharoitini yomonlashtiradi. Koʼchma nasos
stantsiyalariga suzuvchi va avtomobilь, avtotirkashga oʼrnatilgan
nasos stantsiyalar kiradi. Statsionar nasos stantsiyalariga quyidagilar
oʼrnatiladi:
- asosiy texnologik operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar
(temir yoʼl sisternasiga, tankerga, barjaga quyish va toʼkish hamda
trubo provod boʼyicha neft bazasiga haydash);
- qo’shimcha operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar.
Markazdan qochma nasoslarning meʼyorida ishlashini taʼminlash
uchun temir yoʼl sisternalarini, quyish sudalarni, rezervuar va trubo
provodlarni tozalash hamda avtosisternaga, bochkaga, mayda
taralarga quyish va qadoqlash. Аyrim hollarda qoʼshimcha
operatsiyalar uchun asosiy operatsiyalardan ham foydalanish
mumkin.
Nasoslar. Neft bazalarda asosan markazdan qochma, porshenli,
rotorli va vintli nasoslar qoʼllaniladi. Ulardan eng koʼp
foydalaniladigani markazdan qochma nasos hisoblanadi. U asosan
kichik qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan.
Porshenli nasoslar qovushqoq neft mahsulotlarini haydashga
moʼljallangan (temir yoʼl sisternalarini, tankerlarni va b. tozalash
operatsiyasi). Porshenli nasoslar quyidagi turlarga ajratiladi:
- privod (sim) turlari boʼyicha;
- silindrlarning joylashishi boʼyicha (gorizantal va vertikal);
- ishlash sharoitlari boʼyicha (bir, ikki, uch va toʼrt taʼsirli
nasoslar).
Rotorli nasoslarga shesternali va vintli nasoslar kiradi. Ular
asosan yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga
moʼljallangan.
Markazdan qochma nasoslar asosiy soʼrish yoʼlida (liniya)
siyraklashishini tashkil etish uchun qoʼllaniladi.
Neft konlarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarda,
magistral gazoprovod stantsiyalarida, neft mahsulot provodlarda,
neft va neft mahsulotlarni toʼplash, saqlash va hisoblash uchun
rezervuarlardan foydalaniladi.
Rezervuarlar – bu har xil shaklga va oʼlchamga ega va har xil
materiallarda tayyorlangan idish. Vazifasiga qarab bu idishlar neftni
va rangli qora neft mahsulotlarni saqlash uchun moʼljallangan
rezervuarlarga ajratiladi. Rezervuarlar metall yoki nometall
materiallardan tayyorlanadi. Metall rezervuarlar- asosan poʼlatdan
tayyorlanadi. Nometall rezervuarlarga asosan temir-beton
rezervuarlar kiradi. Har bir guruh rezervuarlari shakliga qarab
ajratiladi: vertikal silindrli, gorizantal silindrli, tomchi turli va b.
Rezervuarlarning oʼrnatish shakliga qarab yer usti, yer osti va
boshqalarga ajratiladi. Rezervuarlarning hajmi 100 m
3
dan 120000 m
3
gacha yetishi mumkin. Odatda, rangli neft mahsulotlarni saqlash
uchun poʼlat rezervuarlar qoʼllaniladi. Аyrim hollarda neft
mahsulotlar taʼsiriga chidamli ichki tomoni poʼlat listlar bilan
qoplangan yoki nometall materiallar bilan izolyatsiyalangan temir
beton rezervuarlar ham qoʼllaniladi. Katta miqdordagi neft va qora
neft mahsulotlarini saqlash uchun asosan temir beton
rezervuarlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Odatda, yogʼlash moylari poʼlat rezervuarlarda saqlanadi. Trubo
provod kommunikatsiyalari bilan umumlashtirilgan bir turdagi
rezervuarlar guruhiga – rezervuar parki deb ataladi. Har bir yer osti
rezervuarlari balandligi 0,2 m boʼlgan devorlar bilan chegaralanadi.
Neftning neft haydash stantsiyasidan oʼtish harakteriga qarab,
haydashning quyidagi tizimi mavjud.
- bekatli;
- rezervuar statsiyasi orqali;
- ulangan rezervuarlar bilan;
- nasosdan nasosga.
Nasosdan nososga haydash tizimida neftning yoʼqolishi kam
boʼladi. Bunday hollarda oraliq stantsiyalardagi rezervuarlar
magistraldan uzib qoʼyiladi va u faqat falokat yoki taʼmirlash
jarayonida neftni qabul qilish uchun foydalaniladi.
Odatda uzoq masofaga moʼljallangan neft provodlarda bir
vaqtda bir necha haydash tizimi qoʼllaniladi. Hozirgi vaqtda
podstantsion haydash tizimi kichik neft provodlarda foydalaniladi va
bitta bosh neft haydash stantsiyasiga ega.
Gruntlarga yotqizilgan neftprovodlar tuproq korroziyasiga
uchraydi. Shuning uchun yerga yotqizilgan quvurlarni korroziyadan
saqlash uchun ularga bitum maskasi suriladi. Koʼpincha, quvur
ustidan maxsus material oʼraladi.
Аgar neft provodlarni kimyoviy yemiruvchi joylardan
utkazishga toʼgʼri kelsa, elektr himoya tadbirlari ham koʼriladi.
Haydalayotgan mahsulotlarga maxsus modda (passivator) qoʼshib,
quvurlarining ichki sirti korroziyadan saqlanadi. Undan tashqari
trubo provodlarni katodli, proyektorli, elektrodrenajli himoya qilish
usullari ham qoʼllaniladi.
a) Izolyatsion qoplamalar.
Yer osti magistral trubo provodlarda qoʼllaniladigan izolyatsion
qoplamalar quyidagi talablarni qondirishi kerak:
- yuqori dielektrik xossalarga ega boʼlishi;
- yaxlit boʼlishi;
- trubo provod metaliga yaxshi yopishish qobilyatiga ega
boʼlishi;
- suv o’tkazmaslik, mexanik mustahkam, elastik va
termoturgʼun boʼlishi.
b) trubo provodlarni korroziyadan elektrokimyoviy himoyalash.
Аmalda maʼlumki, foydalanish jarayonida yaxshi tayyorlangan
izolyatsion qoplamalar oʼzining ayrim xossalarini yoʼqotadi. Ularga
dielektrik xossalar, suvga turgʼunlik, adgeziyalar kiradi. Undash
tashqari, trubo provodlarni transheyaga koʼmishda, oʼsimlik tomirlari
taʼsirida, haroratlarning oʼzgarishi natijasida izolyatsion qoplamalar
shikastlanishi mumkin. Shuning uchun izolyatsion qoplamalar yer
osti trubo provodlarni korroziyadan saqlashga har doim ham kafolat
beravermaydi. Shuning uchun izolyatsion qoplamalar bilan birga
elektrokimyoviy himoyalash vositalari ham qoʼllaniladi.
Elektrokimyoviy himoyalash – katod va protektor usulida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |