2-§. Neft va gazni suv orqali tashishni tashkil qilish
Bu transport orqali asosan neft va uning mahsulotlari tashilib, ular
dengiz va daryo tankerlari, kemalar va barjalarda amalga oshiriladi.
Suv yo‘llari bo‘lgan mintaqalarda bu transport orqali umumiy
tashiladigan neft va neft mahsulotlarining 13 %ni tashiladi. Suv
transporti temiryo‘l transportiga qaraganda ko‘pgina afzalliklarga
ega. Masalan, tashilayotgan mahsulotning massa birligiga
sarflanadigan yoqilg‘i miqdorining kamligi, xizmat qiluvchi ishchilar
sonining ozligi va boshqalar. Mahsulotlarni tashishda daryo va
dengiz tanker va barjalaridan foydalaniladi. Dengiz tankerlarining
yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati 4 ming tonnadan 50 ming tonnagacha
bo‘lib, daryo tankerlariniki 500 tonnadan 5 ming tonnagacha bo‘ladi.
Sudrab harakatga keltiriladigan barjalarning umumiy yuk tashish
quvvati 1000–12000 tonnagacha bo‘ladi. Tashiladigan mahsulotlar
miqdorining ortishi tufayli yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati yuqori
bo‘lgan supertankerlar qurila boshlangan. Masalan, 1975- yili yuk
ko‘taruvchanlik qobiliyati 150 ming tonna bo‘lgan «Qrim»
supertankeri qurilgan. Uning uzunligi 300 metr, eni 45 metr va suvga
cho‘kishi 17 metrga teng. Hozirgi kunda yuk ko‘taruvchanlik
qobiliyati 450 ming tonna va 1 mln tonnagacha bo‘lgan dengiz va
okean gigant tankerlari mavjud. Yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati 450
ming tonna bo‘lgan gigant tankerning uzunligi 380 metr, eni 62 metr,
balandligi 36 metrga teng. Tankerlar uzunligi bo‘yicha 3 qismga
bo‘linadi: bosh, o‘rta va burun bo‘limlari. Neft va neft mahsulotlari
tankerlarning o‘rta qismida tashiladi. U tankerning bosh va burun
bo‘limlaridan «kafedrom» yordamida ajratib qo‘yilgan. «Kafedrom» –
bu ikki qavatli to‘siq bo‘lib, to‘siqlar o‘rtasi suv bilan to‘ldirilgan
bo‘ladi. Burun qismida asosan quruq yuklar tashiladi. Tankerlardan
yuklarni tushirish va ularga ortish ishlari maxsus joylar (gavanlar)da
amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini tushirish va haydash uchun
tankerlarda ishlab chiqarish qobiliyati soatiga 2000 m
3
mahsulotni
tushira oladigan nasoslar guruhi o‘rnatilgan bo‘ladi.
Suv orqali suyultirilgan gazlarni tashish dengiz va daryo
transportlarida, ya’ni rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlarda
amalga oshiriladi. Rezervuarlarning turiga ko‘ra tankerlar: bosim
ostida ishlovchi, rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlar (propan
uchun 1,6 MPa) ga va issiqlik izolatsiyasi bilan o‘ralgan, past bosimli
rezervuarlar o‘rnatilgan tankerlarga bo‘linadi. Keyingi holatda
suyultirilgan gaz atmosfera bosimiga yaqin bo‘lgan bosimda lekin
past haroratda tashiladi. Masalan, propan – 45°C da, etilen – 103°C da,
suyultirilgan tabiiy gaz
– 162°C da tashiladi. Bosim ostidagi yarim izotermik holatda bo‘lgan
gazlar hajmi 2000 m
3
gacha bo‘lgan tankerlarda tashiladi. Bu holda
gazlar tik va yotiq silindrik va sferik ko‘rinishdagi rezervuarlarda
tashiladi. Tik o‘rnatilgan silindrik ko‘rinishdagi rezervuarlarda
tashiladigan suyultirilgan gazning bosimi 1,6 MPa gacha bo‘ladi. Yotiq
va sferik ko‘rinishdagi rezervuarlarda suyultirilgan gazlar yarim
izotermik sharoitda tashiladi. Bu sharoitda, ya’ni sovitish tizimi
bo‘lgan sharoitda gazlarni ortish va tushirish uchun ishlatiladigan
nasoslar sovitish tizimiga ulangan bo‘ladi. Izotermik tankerlarning
hajmi 10 ming m
3
gacha bo‘ladi. Suyultirilgan gazlar, daryo orqali o‘zi
yuradigan hamda tortib yuriladigan barjalarda tashiladi. Ularning
yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatlari 60, 100, 200 va 300 tonnagacha
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |