Reja: 1 Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish


-§. Neft va gazni avto transport orqali tashishni tashkil



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana14.03.2023
Hajmi0,5 Mb.
#918836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PDF

3-§. Neft va gazni avto transport orqali tashishni tashkil 
qilish
Avtomobil transporti neft mahsulotlarini taqsimlovchi neft 
omborlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib berishda 
keng foydalaniladi. Bu transport yordamida neft mahsulotlari 
temiryo‘l va suv transportlari orqali olib borib bo‘lmaydigan 
hududlarga tashiladi. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib
berish avtosisternalarda, avtoyoqilg‘i quyuvchilarda hamda 
konteynerlar, bochkalar va kichik idishlarda amalga oshiriladi. 
Avtosisternalarning hajmi 30 m3 gacha bo‘lib, ular neft 
mahsulotlarini quyish uchun quvur (potrubok), nafas oluvchi klapan, 
mahsulot balandligini ko‘rsatuvchi moslama, nasos va boshqalar
bilan jihozlangan bo‘ladi. Avtoyoqilg‘i quyuvchilar avtosisternalar 
bo‘lib, ular avtomashina transportlarini, qishloq xo‘jalik 
mashinalarini, samolyotlarni yoqilg‘i va surkovchi moylar bilan 
ta’minlashga mo‘ljallangan. Ular tegishlicha asbob va uskunalar bilan 
jihozlangan. Avtoyoqilg‘i quyuvchilar yuk tashuvchi mashinalar 
shossesiga o‘rnatilgan bo‘lib, ularning sisternalari hajmi 2,8–8 m
3
gacha bo‘ladi. Neft va neft mahsulotlari konteyner va kichik 
idishlarda ham tashiladi. Konteynerlarning hajmi 1–5 m
3
gacha bo‘lib, 
keltirilgan mahsulot (konteyner bilan birga) kran yordamida 
tushiriladi. Konteynerlar metalldan yoki elastik rezina 
materiallaridan tayyorlangan bo‘ladi. Kichik idishlarga bochka va 
bidonlar kiradi. Bochkalar neft mahsulotlarini omborlardan 
iste’molchilarga tashishda keng qo‘llaniladi. Ular metal va 
yog‘och-fanerlardan tayyorlanadi. Metalldan yasalgan bochkalarda 
suyuq mahsulot (benzin, kerosin)lar, yog‘och-fanerali bochkalarda 
esa surkovchi moy (quyuq smazka)lar tashiladi. Metall bochkalarning 
hajmi 50-500 litrgacha, fanerli bochkalarniki esa 50 litrgacha bo‘ladi. 
Bidonlar ham metall va yog‘och-fanerdan tayyorlanadi. Metall 
bidonlar benzinlar uchun ishlatilib, avtomobil transportida 
mahsulotlarni qishloq xo‘jaligi texnikalariga yetkazib berishda keng 
foydalaniladi. Ularning hajmi 5 litrdan 62 litrgacha bo‘ladi. Faner 
bidonlari quyuq surkovchi neft mahsulotlarini tashishda ishlatiladi.




Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish 
avtosisternalarda,  ballonlarda va «sirpanuvchi» rezervuarlarda 
amalga oshiriladi. Avtosisternalar ishlatilish maqsadiga ko‘ra: 
tashuvchi va taqsimlovchilarga bo‘linadi. Tashuvchi avtosisternalar 
suyultirilgan gazlarni gaz beruvchi zavoddan oraliq bazalar va gaz 
to‘ldiruvchi stansiyalarga tashish uchun foydalaniladi. Tarqatuvchi 
avtosisternalar suyultirilgan gazlarni iste’molchilarning ballonlariga 
quyish uchun mo‘ljallangan. U tegishli nasos va boshqa moslamalar 
bilan jihozlangan. Sisternalar silindr ko‘rinishidagi idish bo‘lib, 
avtomobil shossesiga o‘rnatilgan. Sisternalar turiga ko‘ra, ularning 
hajmi 4–15 m
3
gacha bo‘ladi. Suyultirilgan gazlar ballonlarda oddiy 
bortli va maxsus kassetali avtomashinalarda tashiladi. Bu mashinalar 
bir vaqtning o‘zida 55 tadan 77 tagacha ballondagi gazni tashish 
imkoniyatiga ega. Ballonlar andoza (DAST) lar bo‘yicha tayyorlanib 
ular 1,6 MPa gacha bo‘lgan bosim ostida ishlashlari mumkin. Andoza 
bo‘yicha ballonlarning hajmi 2,6; 5; 12; 27; 50 va 80 litrli bo‘ladi. 
«Sirpanuvchi» (olib quyiladigan) rezervuarlarda suyultirilgan 
gazlarni tashish oraliq va gaz to‘ldiruvchi stansiyalardan uzoqda 
joylashgan iste’molchilar uchun foydalaniladi. Bunday 
rezervuarlarning hajmi 0,5 m
3
dan 3,5 m
3
gacha bo‘ladi. Bularning 
ichida ko‘proq ishlatiladigani RS-1600 rezervuari (hajmi 1600 litr) 
bo‘lib, u 1,8 MPa bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan. Suyultirilgan 
gazlarni «sirpanuvchi» rezervuarlarda tashish ballonlarda tashishga 
qaraganda 20–25 foiz arzonga tushadi.
Suyultirilgan gazni yetkazib berishni yana bir ommalashgan 
usuli mavjud. Bu usul iste`molchilar uchun yetkazishga mo’ljallangan 
gaz ballonlari hisoblanadi. Qayta ishlash zavodidan to’ldirilgan 


ballonlar mahsus bort qilingan va bir-biriga urilib portlashdan 
himoyalangan transit avtomobillarda yetkazib beriladi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish