Reja: 1 Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish


-§. Neft va gazni quvur orqali tashishni tashkil qilish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana14.03.2023
Hajmi0,5 Mb.
#918836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PDF

4-§. Neft va gazni quvur orqali tashishni tashkil qilish
4.1) Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish
Neft mahsulot provod deb – neft mahsulotlarini haydashga 
moʼljallangan trubo provodlarga aytiladi. Ular magistral qismlarning 
yer tagi va taqsimlash trubo provodlaridan, oddiy va murakkab 
tarmoqlardan, bosh va oraliq haydash stantsiyalaridan, quyish va 
soʼnggi oxirgi punktlardan iborat. Ular maʼlum bir vazifalarni 
bajaradi. Magistral neft provodlar quyidagi kompleks qurilmalardan 
tashkil topgan;
- keltiruvchi trubo provodlar;
- bosh va oraliq neft haydash stantsiyalari;
- oxirgi punkt;
- koʼp liniyali qurilmalar;
Keltiruvchi trubo provodlar – neft manbalarini magistral neft 
provodlarning bosh qurilmalari bilan bogʼlaydi.
Neftni haydash stantsiyasi – neftni konlardan qabul qilish, 
ularni qismlarga ajratish, neftlarni miqdorini hisoblash va ularni 
rezervuarlardan trubo provodlar boʼyicha haydashga moʼljallangan.
Bosh neftni haydash stantsiyasi neft koni yaqinida 
joylashtiriladi.
Oraliq neftni haydash stantsiyasi – keyinchalik neft haydashni 
taʼminlash uchun ishqalanish kuchini bartaraf etishga sarflangan 
quvvatni tiklashga xizmat qiladi. Odatda, oraliq neftni haydash 
stantsiyasi trubo provod trassasi boʼyicha har 50-200 km ga 
joylashtiriladi. 
Undan tashqari bosh va oraliq neftni haydash stantsiyasining 
texnologik qurilmasida quyidagilar boʼladi: mexanik ustaxona
pasaytiruvchi elektr podstantsiya, pech, suv bilan taʼminlash obʼekti, 
xoʼjalik va maʼmuriy binolar va b.
Oxirgi punkt – magistral trubo provodning oxirgi punkti neftni 
qayta ishlash zavodi yoki katta nefte-baza hisoblanadi. Katta 
punktlardagi magistral neft provodlarda uzunligi 400 dan 600 km 


gacha boʼlgan foydalanish uchastkasi tashkil qilinadi. Foydalanish 
uchastkasining chegarasi albatta oraliq neftni haydash stantsiyasi 
orqali oʼtadi. Magistral neft provodning yoʼl qurilmalariga 
quyidagilar kiradi: trubo povodlar, yoʼl Lukidoni, trubo povodlarning 
korroziyadan himoyalash vositasi, aloqa yoʼli, elektruzatish yoʼli, 
obxodchi uylari, vertolyot maydoni, grunt yoʼllari, trassa boʼyicha 
yotqizilgan trubo provodlar.
Neft va neft mahsulotlarning qabul qilish va tarqatish 
jarayonida tashish hamda baza ichida ularni haydash asosan nasos 
yordamida amalga oshiriladi. U maxsus binoga dvigatel bilan birga 
oʼrnatiladi. Bu jarayon nasos stantsiyasi deb ataladi. Nasos 
stantsiyalari ishining xarakteriga va tuzilishiga qarab statsionar va 
ko’chma turlarga boʼlinadi. 
Statsionar nasos stantsiyasiga nasos stantsiyasi va neft bazalari 
kiradi. Ular yer usti yoki chuqurlashtirilgan holda loyihalashtiriladi. 
Nasosning talab qilingan balandlikdan soʼrishini taʼminlash uchun 
neft bazalarda nasos stantsiyalarini trubo provod tizimning eng past 
nuqtasiga joylashtirish talab etiladi. 
Chuqurlashtirilgan nasos stantsiyasini loyihalash jarayonini 
mukammal asoslash kerak. Chunki u qurilish tannarxini oshiradi va 
foydalanish sharoitini yomonlashtiradi. Koʼchma nasos 
stantsiyalariga suzuvchi va avtomobilь, avtotirkashga oʼrnatilgan 
nasos stantsiyalar kiradi. Statsionar nasos stantsiyalariga quyidagilar 
oʼrnatiladi: 
- asosiy texnologik operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar 
(temir yoʼl sisternasiga, tankerga, barjaga quyish va toʼkish hamda 
trubo provod boʼyicha neft bazasiga haydash); 
- qo’shimcha operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar. 
Markazdan qochma nasoslarning meʼyorida ishlashini taʼminlash 
uchun temir yoʼl sisternalarini, quyish sudalarni, rezervuar va trubo 
provodlarni tozalash hamda avtosisternaga, bochkaga, mayda 
taralarga quyish va qadoqlash. Аyrim hollarda qoʼshimcha 
operatsiyalar uchun asosiy operatsiyalardan ham foydalanish 


mumkin. 
Nasoslar. Neft bazalarda asosan markazdan qochma, porshenli, 
rotorli va vintli nasoslar qoʼllaniladi. Ulardan eng koʼp 
foydalaniladigani markazdan qochma nasos hisoblanadi. U asosan 
kichik qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan. 
Porshenli nasoslar qovushqoq neft mahsulotlarini haydashga 
moʼljallangan (temir yoʼl sisternalarini, tankerlarni va b. tozalash 
operatsiyasi). Porshenli nasoslar quyidagi turlarga ajratiladi: 
- privod (sim) turlari boʼyicha;
- silindrlarning joylashishi boʼyicha (gorizantal va vertikal);
- ishlash sharoitlari boʼyicha (bir, ikki, uch va toʼrt taʼsirli 
nasoslar).
Rotorli nasoslarga shesternali va vintli nasoslar kiradi. Ular 
asosan yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga 
moʼljallangan.
Markazdan qochma nasoslar asosiy soʼrish yoʼlida (liniya) 
siyraklashishini tashkil etish uchun qoʼllaniladi.
Neft konlarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarda, 
magistral gazoprovod stantsiyalarida, neft mahsulot provodlarda, 
neft va neft mahsulotlarni toʼplash, saqlash va hisoblash uchun 
rezervuarlardan foydalaniladi. 
Rezervuarlar – bu har xil shaklga va oʼlchamga ega va har xil 
materiallarda tayyorlangan idish. Vazifasiga qarab bu idishlar neftni 
va rangli qora neft mahsulotlarni saqlash uchun moʼljallangan 
rezervuarlarga ajratiladi. Rezervuarlar metall yoki nometall 
materiallardan tayyorlanadi. Metall rezervuarlar- asosan poʼlatdan 
tayyorlanadi. Nometall rezervuarlarga asosan temir-beton 
rezervuarlar kiradi. Har bir guruh rezervuarlari shakliga qarab 
ajratiladi: vertikal silindrli, gorizantal silindrli, tomchi turli va b.
Rezervuarlarning oʼrnatish shakliga qarab yer usti, yer osti va 
boshqalarga ajratiladi. Rezervuarlarning hajmi 100 m
3
dan 120000 m
3
gacha yetishi mumkin. Odatda, rangli neft mahsulotlarni saqlash 
uchun poʼlat rezervuarlar qoʼllaniladi. Аyrim hollarda neft 


mahsulotlar taʼsiriga chidamli ichki tomoni poʼlat listlar bilan 
qoplangan yoki nometall materiallar bilan izolyatsiyalangan temir 
beton rezervuarlar ham qoʼllaniladi. Katta miqdordagi neft va qora 
neft mahsulotlarini saqlash uchun asosan temir beton 
rezervuarlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Odatda, yogʼlash moylari poʼlat rezervuarlarda saqlanadi. Trubo 
provod kommunikatsiyalari bilan umumlashtirilgan bir turdagi 
rezervuarlar guruhiga – rezervuar parki deb ataladi. Har bir yer osti 
rezervuarlari balandligi 0,2 m boʼlgan devorlar bilan chegaralanadi.
Neftning neft haydash stantsiyasidan oʼtish harakteriga qarab, 
haydashning quyidagi tizimi mavjud.
- bekatli;
- rezervuar statsiyasi orqali;
- ulangan rezervuarlar bilan;
- nasosdan nasosga.
Nasosdan nososga haydash tizimida neftning yoʼqolishi kam 
boʼladi. Bunday hollarda oraliq stantsiyalardagi rezervuarlar 
magistraldan uzib qoʼyiladi va u faqat falokat yoki taʼmirlash 
jarayonida neftni qabul qilish uchun foydalaniladi.
Odatda uzoq masofaga moʼljallangan neft provodlarda bir 
vaqtda bir necha haydash tizimi qoʼllaniladi. Hozirgi vaqtda 
podstantsion haydash tizimi kichik neft provodlarda foydalaniladi va 
bitta bosh neft haydash stantsiyasiga ega. 
Gruntlarga yotqizilgan neftprovodlar tuproq korroziyasiga 
uchraydi. Shuning uchun yerga yotqizilgan quvurlarni korroziyadan 
saqlash uchun ularga bitum maskasi suriladi. Koʼpincha, quvur 
ustidan maxsus material oʼraladi. 
Аgar neft provodlarni kimyoviy yemiruvchi joylardan 
utkazishga toʼgʼri kelsa, elektr himoya tadbirlari ham koʼriladi. 
Haydalayotgan mahsulotlarga maxsus modda (passivator) qoʼshib, 
quvurlarining ichki sirti korroziyadan saqlanadi. Undan tashqari 
trubo provodlarni katodli, proyektorli, elektrodrenajli himoya qilish 
usullari ham qoʼllaniladi.


a) Izolyatsion qoplamalar.
Yer osti magistral trubo provodlarda qoʼllaniladigan izolyatsion 
qoplamalar quyidagi talablarni qondirishi kerak:
- yuqori dielektrik xossalarga ega boʼlishi;
- yaxlit boʼlishi;
- trubo provod metaliga yaxshi yopishish qobilyatiga ega 
boʼlishi;
- suv o’tkazmaslik, mexanik mustahkam, elastik va 
termoturgʼun boʼlishi.
b) trubo provodlarni korroziyadan elektrokimyoviy himoyalash.
Аmalda maʼlumki, foydalanish jarayonida yaxshi tayyorlangan 
izolyatsion qoplamalar oʼzining ayrim xossalarini yoʼqotadi. Ularga 
dielektrik xossalar, suvga turgʼunlik, adgeziyalar kiradi. Undash 
tashqari, trubo provodlarni transheyaga koʼmishda, oʼsimlik tomirlari 
taʼsirida, haroratlarning oʼzgarishi natijasida izolyatsion qoplamalar 
shikastlanishi mumkin. Shuning uchun izolyatsion qoplamalar yer 
osti trubo provodlarni korroziyadan saqlashga har doim ham kafolat 
beravermaydi. Shuning uchun izolyatsion qoplamalar bilan birga 
elektrokimyoviy himoyalash vositalari ham qoʼllaniladi. 
Elektrokimyoviy himoyalash – katod va protektor usulida amalga 
oshiriladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish