Katak modelini uchinchi darajali tarkibi-formulani tashkil qiladi. Demak, kataklarning
uchinchi darajasida formulalar saqlanadi. Kataklarda formulalarning bo’lishi, uni joriy ish
sahifasidagi boshqa kataklardagi ma’lumotlarga, yoki boshqa sahifalarga tegishli kataklarga
bog’liqligini keltirib chiqaradi.
Katak modelini to’rtinchi darajali tarkibi - kataklarga nom berilishini anglatadi.
Katak modelini beshinchi darajali tarkibi - kataklarga izoh-ko’psatmalar berilishini
ifodalaydi. Kataklarga berilgan izoh – ko’psatmalar, katakdagi ma’lumotlarga bevosita aloqasi
yo’q bo’lib, u foydalanuvchiga kerak bo’lgan axborotlarni kiritish uchun beriladi.
Microsoft Excel dasturida matn kiritish har bir yacheykada alohida bajariladi. Buning
uchun hohlagan yacheyka ustiga sichqoncha kursorini olib borib chap tugmachani bir marta
bosamiz. Shunda yacheyka belgilanadi va dastur shu yacheyka bilan ishlaydi.
2.6-rasm. Joriy Yacheyka.
Matn kiritishda belgilangan yacheyka ustiga ikki marta bosiladi va kursor paydo bo’lgan
joydan matn kiritiladi. Yoki ramka turgan holda ham to’g’ridan to’g’ri kiritish mumkin.
2.7-rasm. Joriy yacheykaga ma’lumot kiritish.
Matn kiritilgandan keyin navbatdagi yacheykaga o’tish uchun “tab” tugmasi bosiladi yoki
matn kiritib bo’lgandan keyin “Enter” tugmasi bosiladi va yacheyka ustida paydo bo’lgan ramkani
klaviaturadagi strelkalar bilan harakatlantirish mumkin.
Yacheykanining o’lchamini o’zgartirish mumkin. Buning uchun ustun yoki satr
chegarasiga sichqoncha kursorini olib boramiz va sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda
yacheyka o’zlchamini ustun yoki satr bo’yicha o’zgartiramiz (4.8– rasm).
2.8 – rasm. Yacheyka o’lchamin o’zgartirish
Endi yacheykaga kiritilgan matnga shrift bo’limi orqali ishlov berish mumkin. Buning
uchun yacheyka belgilangan (yani ramkaga olingan) holda bo’lishi kerak. Yacheykaning shrift
temasini, o’lchami, fon rangi, matn rangi va yozuv formati mos ravishda rasmda ko’rsatilgan
tugmalar orqali amalga oshiriladi. Yacheykalarga granitsa berish esa quyidagicha bo’ladi:
Yacheykalar belgilanadi (sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda belgilaymiz)
2.9-rasm. Belgilagan diapazon.
Shrift bo’limidagi “Границы” menyusiga kirib granitsa turi tanlanadi
2.10-rasm. Chegaralarni chizish turlari
natija esa quyidagicha bo’ladi
2.11-rasm. Chegaralari chizilgan diapazon.
Tekislash (Выравнивание) – yacheyka ichidagi matnni yacheyka bo’ylab joylashtirish
uchun ishlatiladi va mos holda yacheykalarni chegaralash va bir biriga qo’shish uchun ishlatiladi
(2.12 – rasm).
2.12– rasm. Tekislash bo’limi menyusi
Matnni yacheyka bo’ylab joylashtirish 2.13 – rasmda ajratib ko’rsatilgan tugmalar
yordamida amalga oshiriladi.
Orientrlash – yacheykadagi matnni burchak ostida yozish uchun
ishlatiladi (2.13 – rasm).
2.13– rasm. Orientrlash menyusi
2.14 – rasmda ko’rsatilganidek matnni burchak ostida yozish uchun standart tugmalar
mavjud. Masalan “Текст по часовой стрелке”, “Вертикалный текст” va hakozolar. Lekin
rasmda belgilanib ko’rsatilgan “Формат вsравнивания ячейки” tugmasi orqali burchakni o’zimiz
berishimiz mumkin (2.14– rasm).
2.14 – rasm. Yacheyka formatni o’zgartirish oynasi
(Tekislash bo’limi)
Yacheykani chegaralash – yacheykaga matn kiritilayotganda matn yacheyka chegarasidan
chiqib ketishi mumkin. Buning uchun Tekislash bo’limidagi “Перенос текста” tugmasidan
foydalanamiz. Ya’ni kerakli yacheykalar belgilanadi va “Перенос текста” tugmasi bosiladi. Bu
holda yacheyka chegarasi matnni avtomatik keyingi qatorga tuShurib yuborish imkoniyatiga ega
bo’ladi (2.15– rasm).
2.15 – rasm. Yacheykani chegaralash
Yacheykani birlashtirish–ikki yoki undan ortiq yacheykani birlashtirish uchun “Tekislash”
bo’limidagi “Объединить и поместить в центре” tugmasidan foydalaniladi. Buning uchun matn
kiritilmagan yacheykalar belgilanadi va “Объединить и поместить в центре” tugmasi bosiladi
va quyidagi ko’rinishga ega bo’lamiz (2.16– rasm).
2.16– rasm. Yacheykani birlashtirish
Avto to’ldirish (Автозаполнение)
Microsoft Excel dasturida yacheykalarni avtomatik to’ldirish mumkin. Buning uchun
quyidagi ketma – ketliklar bajariladi.
S4 yacheykaga “1” kiritiladi
S5 yacheykaga esa “2” kiritiladi
S4 va S5 yacheykalari belgilanadi
Belgilangan ramkaningo’ng pastki burchakdagi to’rtburchak tugmasi bosib turilgan holda
pastga tortiladi (2.17 – rasm).
2.17 – rasm. Raqamli avtoto’ldirish
Bu holni hohlagan ketma – ketlikda keladigan sonlar uchun amalga oshirsa bo’ladi.
Masalan 2001, 2002 kiritiladi va avtoto’ldirish amalga oshirilsa 2003, 2004, 2005 va hakozo
natijaga ega bo’lamiz.
Boshqa holda esa hafta kunlarini ham avtoatik davom ettirish mumkin. Buning uchun
“Понедельник” so’zini kiritamiz va avtomatik to’ldirish tugmasini bosib turgan holda pastga
harakatlantiramiz (2.18– rasm).
2.18 – rasm. Hafta kunlarini avtomatik to’ldirish
Fayl menyusi. Microsoft Excel dasturida hujjatlarni saqlash, ochish va yaratish.
Fayl menyusi asosan quyidagilardan tashkil topgan
Yangi fayl yaratish (Создать)
Faylni saqlash (Сохранить как)
O’zgartirish kiritilgan faylni saqlash (Сохранить)
Qattiq disqda joylashgan faylni ochish (Открыть)
Faylni yopish (Закрыть)
Microsoft Excel dasturida da hujjatni saqlash quyidagi ketma – ketlik yordamida amalga
oshiriladi:
Fayl menyusiga kiriladi. “Сохранить как ” tugmasi bosiladi, paydo bo’lgan oynachadan
“Имя файл” maydoniga fayl nomini kiritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |