MAVZU:BOSHLANĢICH SINF ÒQUVCHILARI ONGIGA TARBIYA FANI ORQALI UMUMINSONIY QADRYATLARNI SINGDIRISH .
REJA:
1 Boshlanģich sinf òquvchilari ongida umuminsoniy qadryatlarni singdirishda oilani roli.
2 Boshlanģich sinf òquvchilari ongida umuminsoniy qadriyatlarni singdirishdaòqituvchining roli
3 Boshlanģich sinf òquvchilari ongida umuminsoniy qadryatlarni singdirishda ,,Tarbiya" fanining ahamiyati.
Milliy ma’naviy qadriyatlarning yoshlar ongida tarkib topishida oiladagi munosabatlar eng asosiy òrinlardan birini egallaydi. Bunda oilada oila a’zolari tomonidan bir biri bilan bòlayotgan muloqat jarayonida yoshlar ularni òzlarida aks ettirishga harakat qiladi. Qachonki oilada sharqona munosabatlar tòģri yòlga qòyilgan bòlsa bola tarbiyasiga jiddiy qarab ularni sharqona nafosat doirasida tarbiyalashga harakat qilinsa òz òzidan bolalarda milliy ma’naviy qadriyatlar shakllanadi .
Ota onalar bolalarini psixologik nuqtayi nazaridan maktabga tòģri yunaltira olsa bolalar maktabga òziga xos bir olam qadam qòyadilar.
Ona tarbiyasidan ilk bora maktabga kelgan bola òz qarshisida turgan ustozini hamma narsani bilar ekan deb òylaydi .Shuning uchun ham boshlanģich sinf òqituvchisi bolalar bilan ishlash jarayonida xatoga yo‘l qòymasdan òquvchilari ishonchini tòliq oqlashi kerak bòladi.
Boshlanģich sinf òqituvchisi òquvchilarga milliy ma’naviy qadryatlarni singdirishda bugungi kunning eng ilģor zamonaviy pedagogik texnolagiyalardan foydalanish kerak.
Pedagogika tarbiya va ta’lim sohasiga tegishli bilimlar yiģindisi.
Pedagogik - tarbiyaning mohiyati maqsadi vazifalari uning jamiyat hayot va shaxs taraqqiyotidagi rolini ta’lim jarayoni aniqlab beradi .
Tarbiya darslari òquvchiga amaliy mashģulot mustaqil ishlash uchun muammoli topshiriqlar berish orqali ijodiy ishlash ham nazarda tutiladi .
Tarbiyaning maqsadi òtgan ulģayib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash .
Tarbiyaning vazifalari zamonaviy pedagogikaning yutuqlaridan foydalangan holda komil insonni tarbiyalashdagi eng muhim muammolar ustida bosh qotiradi va uni bajarishga erishadi.
Bu fanni òqitishdan maqsad bolalarni soģlom turmush tarziga tayyorlash ularda ota onadan mamnun bòlishi hissini uyģotishdan iboratdir .
Muddoimiz òquvchiga hayotimizdagi yaxshilik va yomonlik tushunchalari mazmunini anglatishdan iborat ekan biz bunga erishmoģimiz kelajagi buyuk yurtning har tomonlama yetuk barkamol shaxslarni yetkazmoģimiz,bu yulda ,,Tarbiya “ fani mavqeini oshirmoģimiz lozim .