Reja: 1 Alisher Navoiy ruboiylarining didaktik xususiatlari



Download 67 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi67 Kb.
#239267
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Bulbulg‘a tikandek oshiyon bo‘lmas emush.

Inglizcha tarjimasi:



A poor is said to be not happy in a strange land,

People are said not to treat him friendly and kindly,

Should there grows a red rose in the cage,

Is said not to make a company like a prickle for a nightingale.

Bu ruboiy tarjimasida asliyatdagi ma’no va mazmun to‘la saqlab qolingan ammo ruboiyning betakror ohangini hosil qiluvchi o tovushli aliteratsion qofiyalanish (shodumon, mehribon, oshiyon kabi) ingliz tilida qayta yaratilmagan.Til imkoniyatlaridan kelib chiqib, “bo‘lmas emush” radifi ham misra oxirida emas, balki boshida “Is said not to” tarzida keltiriladi. Natijada asliyat ohangi tarjimada biroz sezilmay qolgan. Ammo didaktik aforistik ruhiyat to‘liq saqlangan.

Qachonki o‘xshatish faqat mushabbih va mushabbihun bihdan tashkil topsa bunday usul tashbihi muyaqqad deb ataladi. Tashbihning bu turi Alisher Navoiyning ayrim ruboiylarida ayniqsa, katta mahorat bilan qo‘llangan:

Ey sharbati la’ling obi hayvondin alaz,

Hayvon suyini qo‘yki, chuchuk jondin alaz.

Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz,

Kim har neki yo‘q ondin alaz, ondin alaz.

Inglizcha tarjimasi:



Oh, the juice of your lips is sweeter than alive water,

Don’t say alive water, it is sweeter than soul,

Is not better than soul, better than alive water,

If there is nothing better than that it is much dearest than alive water.

So‘zma-so‘z:

Labing sharbati tiriklik suvidanda shirin,

Tiriklik suvi emas jondanda shirin

Jondan emas tiriklik suvidan shirin,

Agar undan azizroq bir narsa bo‘lmasa tiriklik suvidan azizroq.

“Chuchuk jon”- iborasi shirin jon ma’nosida qo‘llanmoqda ammo jon – muqoyasada tiriklik suvi ya’ni “obi hayvon”dan ortiqroq ekanligi aytilmoqda. Lekin shoir qilinayotgan muqoyasalar suyuqlik ya’ni “lab sharbati” atrofida borayotganligi uchun jonni “chuchuk” deb ataydi. “Chuchuk” suvga nisbatan qo‘llaniladigan sifat ya’ni ichsa bo‘ladigan suv, keyinchalik bu so‘z “shirin suv” deb qo‘llab kelingan. Tarjimon qo‘llagan “sweeter than soul” qalbdan ko‘ra shirinroq iborasi ingliz badiiy tilida uchramadi. Agar suvga nisbatan ishlatiladigan va Navoiy jonga nisbatan qo‘llagan “chuchuk” so‘zining inglizcha ma’nodoshi “pure”- tiniq, shaffof, toza (suvga nisbatan) so‘zi qo‘llanganda nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi. Binobarin “pure than soul” – qalbdan ko‘ra tiniqroq, tozaroq iborasi ingliz she’riyatida uchraydi:

I represent a word that has no definition

Authentic, genuine pure than a soul of a chrsitian….

Navoiy g‘azaliyoti misli bir ummon bu ummondagi durni olib chiqish uchun katta mahorat talab etiladi. Ruboiydagi “chuchuk” suvga nisbatan qo‘llanganmi yoki jongami muallif dahosigagina ayon. Ammo ingliz tilida “pure than a soul” iborasi qo‘llanganda misradagi ikki ma’noni ham ochib bera oladi. Zulqofiyatayn san’ati Navoiy she’rlarida eng ko‘p qo‘llanilgan badiiy usulardan hisoblanadi. Bunda she’r misralarida juft ohangdosh so‘zlar qofiya bo‘ladi. She’r misralaridagi so‘zlar ikki yoki undan ortiq marotaba takrorlanib kelsa takrir san’atini hosil qiladi. Agar bayt misralarida yondosh juft so‘zlar takrorlanib kelsa, mukarrar badiiy san’ati qo‘llanilgan bo‘ladi. E’tibor berilsa yuqorida keltirilgan barcha ruboiylarda keltirib o‘tilayotgan badiiy san’atlar ishlatilgan.

Is not better than soul, better than alive water,

If there is nothing better than that it is much dearest than alive water.

So‘zma-so‘z tarjimasi:

Jondan emas tiriklik suvidan shirin,

Agar undan azizroq bir narsa bo‘lmasa tiriklik suvidan azizroq.

Ko‘rib turganimizdek, shoir aytmoqchi bo‘lgan labing sharbati oldida “jon nima”, “tiriklik suvi nima” degan kuchli xis-hayajonga yo‘g‘irilgan o‘z fikridan qaytish ……. san’ati o‘rniga, tarjimada yana orttirma nisbat berish ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.

Shu misrani quyidagicha tarjima qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:

No compare better or not than soul and alive water

If there is the dearest its more better.

Tiriklik suvi yoki jondan yaxshiroq ekanligini muqoyasa qilib bo‘lmaydi

Nimaki eng aziz bo‘lsa o‘shandanda azizroq.


Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish