Olinish usullari.
1. Spirtlarni oksidlash. Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar, ikkilamchi spirtlar oksidlanganda ea ketonlar hosil bo`ladi.
2. Karbon kislota tuzlarining pirolizi. Karbon kislota larning Ba, Ca va Mn tuzlarini quruq haydash (piroliz) orqali aldegid va ketonlar olinadi.
Reakciya uchun olingan tuzlarning tuzilishiga qarab simmetrik (agarda R-R° bo`lsa) yoki nosimmetrik (R-R°) ketonlar olish mumkin. Agarda kislota larning biri chumoli kislota R°=H bo`lsa, aldegidlar hosil bo`ladi.
3. Digaloidlarni gidrolizlash. Ikkita galoid atomi bir uglerod atomida joylashgan R-CHCl2 turdagi galoidlarni gidroliz qilib aldegidlar; R-CCl2-R° dan esa ketonlar olinadi:
4. Alkinlarning gidrotlanishi. Atsitelen gomologlarini tuzlar ishtirokida gidratlanishidan ketonlar, acetilenning o`zidan esa sirka aldegid hosil bo`ladi (Kucherov reakciyasi).
Fizik xossalari. aldegid va ketonlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning molekulalaridagi karbonil gruppaning xususiyati bilan belgilanadi. Karbonil gruppa >C=O dagi kislorod uglerodga nisbatan katta elektromanfiylikka ega bo`lgani uchun elektron bulutlarni kuchli tortadi va uning atrofidaelektron bulut zichligi ortadi. Natijada uglerod atomida zichlik kamayadi. Kislorod qisman manfiy, uglerod esa qisman musbat zaryadlanadi:
Demak, aldegid va ketonlardagi uglerod va kislorod o`rtasidagi bog` kuchli qutblangan bo`lib, ular polyar moddalardir, ularning dipol momentlari 2,5 D orasida bo`ladi.
Aldegid va ketonlarda molekulalararo vodorod bog`lanish bo`lmaganligi sababli, ularning qaynash temperaturasi tegishli spirtlar va karbon kislota larning qaynsh temperaturasidan ancha past (8-jadval) bo`ladi.
aldegid va ketonlarning quyi vakillari suvda yaxshi eriydi vao`ziga xos yoqimsiz hidga ega bo`ladi.
Kimyoviy xossalari. aldegid va ketonlarning reakciyaga kirishish qobiliyati kuchli bo`lib, ular uchun birikish, o`rin olish, kondensatlanish va oksidlanish reakciyalari xarakterlidir.
Birikish reakciyalari. 1. aldegid va ketonlar Ni katalizatori ishtirokida vodorodni birktirib olish mumkin. Bunda aldegidlardan birlamchi, ketonlardan ikkilamchi spirtlar hosil bo`ladi
2. aldegidlar va metil gruppasi karbonil gruppa bilan bog`langan ( )ketonlar natriy bisul fitni biriktirib bisul fitlarni hosil qiladi:
Bisul fit birikmalar kristall moddalar bo`lib, aldegid va ketonlarni turli aralashmalardan toza holda ajratib olishda ishlatiladi.
3. aldegid va ketonlar tsianid kislota ni biriktirib oksinitrilga aylanadi:
Oksinitrildan oksikislota va aminokislotalar sintez qilinishi mumkin. aldegid va ketonlarga magniy-organik birikmalar ham birikishi mumkin. Bu haqda spirtlarni olish usullari bilan tanishganimizda to`xtalib o`tgan edik.
4. aldegidlar katalizator (masalan, suvsiz CuSO4) ishtirokida spirtlar bilan ta`sir etib acetallar hosil qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |