Reja : Qurilish konstruksyilari. Qurilish konstruksiyalarida kuchlanish. Defarmatsiyanish holatlarini hisoblash



Download 31,49 Kb.
bet2/2
Sana13.01.2022
Hajmi31,49 Kb.
#354446
1   2
Bog'liq
referat

Deformatsiya (lot. deformatio — buzilish) — 1) fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab D. turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin D. yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik D., saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik D. yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism D.siga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik D.lanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik D.lanadi. Plastik D. temperatura, tashki kuch va D. tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, D. vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi D. aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi D. passiv (sust) D. deyiladi. D.ning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq D.ning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy D. deyiladi. D. qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2)geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. D.ga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi.

Nuqson – bu konstruksiyaning ma’lum bir parametrlarga, me’yoriy yoki loyiha talablariga mos kelmasligidir. Masalan, konstruksiyada armaturaning loyihada belgilanganidan past sinfini qullanilishi nuqson bo‘lib, buning natijasida elementning egilib, unda darzlar hosil bo‘lishi hodisasi – shikastlanishdir.


    Demak, odatda konstruksiyaning nuqsonli holati uni shikastlanishga olib keladi va bu holat oxir-oqibat konstruksiyaning buzilishi yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin. Loyiha-qidiruv ishlaridagi nuqsonlarga–qurilish maydonchasini noto‘g‘ri tanlanishi, gruntni noto‘g‘ri baholash, matyerialni, konstruksiyani va kesim yuzalarni noto‘g‘ri tanlash, tashqi yuklarni aniqlashdagi xatoliklar va h.k. kiradi. Ba’zi nuqsonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish jarayonida loyiha chizmalarida noaniqliklar yoki chizmaning to‘liqsizligi, ba’zi ishlar bo‘yicha loyihada zaruriy ko‘rsatmalarning yo‘qligi sababli quruvchi tomonidan echim qabul qilinib, mavjud imkoniyatdan foydalangan holda vaziyatdan chiqiladi.
    Ahamiyati (xavfliligi) bo‘yicha nuqsonlar uch turga bo‘linadi:
  • avariyaga olib keluvchi nuqsonlar. Bunday nuqsonlar aniqlanganda ularni darhol bartaraf etish zarur;
  • buzilish xavfini tug‘dirmaydigan, biroq, konstruksiyani kuchsizlanishiga olib keladigan yoki binoning ekspluatatsion sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan nuqsonlar, shuning uchun ular ham bartaraf qilinishi zarur;
  • buzilishga olib kelmaydigan, biroq, binoning ekspluatatsion sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan va ekspluatatsiya jarayonida qo‘shimcha harajatlar talab qiladigan nuqsonlar. Binodagi nuqsonlarni o‘rganish va klassifikatsiyalash ular tug‘diradigan xavfni oldindan bilish qilish va zaruriy chora tadbirlar qullash imkoniyatini byeradi hamda loyiha va qurilish jarayonida bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishini oldini oladi. G‘ishtli devorlarda uchraydigan ko‘zga tashlanuvchi nuqsonlarga quyidagilar kiradi: gorizontal tekislikdan og‘gan va qalin choklar, ustunlar va oraliq devorlarni armaturalash hamda devorlarning vertikaldan og‘ish holatlari.
   Bunday nuqsonlar ishning olib borilishi jarayoni etarlicha nazorat qilinmaganlikdan kelib chiqadi. Bevosita ko‘zga tashlanmaydigan nuqsonlarga past markali g‘isht yoki qorishma ishlatishni misol qilish mumkin. YUqorida keltirilgan nuqsonlar birinchi holatda cho‘kish va buzilishga olib kelsa, ikkinchi holatda devorning muzlashi, zaxlanishi va h.k. ga olib keladi. Gorizontal choklarning o‘rtacha qalinligi 12 mm (8 dan 15 mm gacha) ni, vertikal choklarniki esa 10 mm ni tashkil etadi. Devorning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish maqsadida devor armaturalanadi. Qo‘llanilayotgan armatura to‘rining qaliniligi 3-8 mmni tashkil etishi zarur. Sim to‘r albatta payvandlangan, bog‘langan yoki egilgan bo‘lishi lozim. Ustun va oraliq devorlarda sim to‘rlarning mavjudligini tekshirish uchun ularning uchlari gorizontal choklardan 2-3 mm chiqqan holda bo‘lishi lozim. Darzlar (yoriqlar) – konstruksiya matyerialining kristall panjarasi uzilishi oqibatida yuzaga keladigan tolasimon nuqson.
   Darzlar (yoriqlar) konstruksiyaning yuklanishi va deformatsiyasining tashqi belgisidir. Konstruksiyada darzlar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lib, turlicha darajadagi asoratlar qoldiradi. SHuning uchun ular ahamiyatiga ko‘ra xavfli va xavfsiz turlarga bo‘linadi. Konstruksiyada darzlar aniqlanganda, ularning kelib chiqishi sababi va tavsiloti, rivojlanishi yoki turg‘unligi haqida bilish zarurdir.
    Bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tolasimon darzlar sementning sifatsizligi yoki betonning qotishida harorat-namlik rejimining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday darzlar armaturalarning ochilib, agressiv muhit ta’sirida qolishiga olib keladi. Armotosh va g‘ishtli, temirbeton egiluvchi konstruksiyalarda bikirlik qovurg‘asiga pyerependikulyar ravishda joylashgan darzlar, odatda, ortiqcha yuklanish natijasida paydo bo‘ladi. Darzlarni tekshirishda ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni, tavsilotini, paydo bo‘lish vaqtini aniqlash zarur. Poydevorlar va boshqa konstruksiyalarning cho‘kishi natijasida paydo bo‘lgan darzlarning kengligi pastga qarab, zaminning ko‘pchishi (nabuxanie) natijasida esa tepaga qarab kattalashadi. Paydo bo‘lgan yoriqlarning yo‘nalishi va tarqalish xaraktyeriga qarab binoning qaysi joyida cho‘kish hosil bo‘layotganligini aniqlash mumkin.
     Masalan, yoriqlar qiya yo‘nalishda binoning chetidan markaziga qarab tepadan pastga tarqalgan bo‘lsa, unda binoning ushbu chet qismida cho‘kish hosil bo‘lgan bo‘ladi. Agar yoriqlar binoning o‘rta qismidan chetiga qarab tepadan pastga qiya tarqalgan bo‘lsa, unda binoning o‘rta qismi cho‘kkan bo‘ladi. Bunday yoriqlar “archasimon” bo‘lib tarqaladi. Temirbeton konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishining sababi – ta’sir etuvchi yuklarni me’yoridan oshib ketishi, texnogen faktorlar ta’siri ko‘payib ketishi, hamda konstruksiyani loyixaviy holatdan chetga chiqishi oqibatidir. Temirbeton konstruksiyalarda yoriqlar odatda uning cho‘zilish zonasida paydo bo‘ladi. Ular normal va qiya ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Normal yoriqlar egiluvchi elementlarning o‘rta qismida paydo bo‘ladi. Qiya yoriqlar esa ularning tayanch zonalarida yuzaga keladi.
     Temirbeton konstruksiyalarida yoriqlar paydo bo‘lishining salbiy tomoni - bu konstruksiya yaxlitligining yo‘qolishi, armaturaning ochilib qolishi va unga bevosita havo ta’sir etishi natijasida uning karroziyasi tezlashib ketishi, yoriqlar atrofida kuchlanishlar konsentratsiyasi hosil bo‘lishi va uning deformatsiyasi tezlashib yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib borishidadir. Konstruksiyani maxalliy emirilishi - temirbeton konstruksiyalarda uchraydigan shikastlanish holati. Bunda konstruksiyani ma’lum qismida beton bo‘laklanib, uqalanib ketib, asosiy konstruksiya tanasidan ajrab qoladi. Natijada armatura ko‘p qismida ochilib qoladi va bu holat konstruksiyani ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
     Bunday shikastlanish aksariyat hollarda texnogen faktorlar, agressiv kimyoviy ta’sirlar hamda texnogen jarayonda yo‘l qo‘yilgan nuksonlar natijasida yuzaga keladi. Konstruksiyalarni ezilishi –asosan metall konstruksiyalarda uchraydi. Bunday shikast mexanik ta’sir natijasida hosil bo‘ladi. Uning xavfi konstruksiya asosiy o‘qidan og‘ishi va ezilgan joyida kuchlanishlar konsentratsiyasi paydo bo‘lishidadir. Konstruksiyani normal holatdan og‘ishi va deformatsiyalanishi.
      Ushbu shikastlanish turi seysmik ta’sirlar, zaminni bo‘shashib qolishi va ayrim hollarda texnogen, texnologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Bunday shikastlanish to‘sin, orayopma konstruksiyalarni haddan tashqari egilishi hamda ustunlarni vertikal holatidan og‘ishida kuzatiladi. Ushbu shikastning asosiy xavfi bino yoki inshootning umumiy turg‘unligi buzilishidadir. Binodagi bir nechta konstruksiyaning haddan tashqari deformatsiyalanishi binoning butunlay ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bino va inshootlarning geometrik holatlari va parametrlari o‘zgarishi yoki loyihaviy holatidan og‘ishi. Bunday shikastlanish asosan binoning zamini yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib, ishdan chiqishi va natijada bino cho‘kishi, zilzila ta’siri hamda boshqa kuchli ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Bunday shikastlanish ta’sir etgan kuch yoki sababga qarab yengil, o‘rta va og‘ir bo‘lishi mumkin. Yengil holatlarda bino yoki inshootni qayta tiklash va uni ta’mirlash choralari ko‘riladi.
       O‘rta holatlarda har bir holat uchun alohida qaror qabul qilinadi. Og‘ir holatlarda ko‘pincha binoni buzib tashlash qarori qabul qilinadi. Ko‘pincha tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan bunday shikastlanish konstruksiyalarning boshqa turdagi shikastlanish holatlariga sabab bo‘ladi. Bunda yoriqlar paydo bo‘lishi (temir beton va tosh-g‘isht konstruksiyalarida), mahalliy emirilish, konstruksiyani buralishi, geometrik o‘qlaridan chetga chiqib ketishi, temirbeton konstruksiyalarining siqiluvchi zonasining yemirilishiga olib kelishi mumkin.

Inshootga ta’sir etadigan har qanday tashqi kuchlar yuklar (nagruzkalar) deb ataladi. Yuklar ta’sir etish xarakteri, ta’sir etish ko'rinishi, ta’sir etish usuli, ta’sir etish joyiga qarab turli xillarga bo'linadi (klassifikatsiyalanadi). 1. Yuklar qo'yilish vaqtining davomiyligiga qarab statik va dinamik yuklarga bo'linadi. Statik yuklar inshoot yoki uning elementlariga shunchalik ohista qo'yiladiki, natijada elementlarda hosil bo'ladigan tezlanishlarning qiymatini hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, statik yuklar ta’sirida inshootda tebranish yo uyg'onmaydi, yoki uyg'onsa ham juda kichik bo'ladi.

Qurilish konstmksiyalari m e’morchilik konstruksiyalaridan (bino qismlaridan) shu bilan farq qiladiki, bularning kesimlari hisoblash yo'li bilan aniqlanadi. Ular o'zlariga qo‘yilgan talablarga, mahalliy qurilish sharoitlariga, iqtisodiy va boshqa mulohazalarga ko'ra turli xil materiallardan tayyorlanadi. Qurilish konstniksivalarining asosiy turi temir-beton konstruksiyalar bo'lib, ular hozirgi kapital qurilishning asosini tashkil etadi. Metall, ayniqsa, metall konstruksiyalar ham keng miqyosida ishlatilmoqda. Aluminiy qotishmalaridan, yog'och va plastmassadan tayyorlangan qurilish konstmksiyalari ham qo'llanadi. Juda ko'p obyektlar, ayniqsa, binolaming ko'pginasi g'isht-tosh va armotosh konstmksiyalaridan ko'tariladi. Foydalanish va texnik talablar shundan iboratki, qurilish konstmksiyalari bino va inshootlardan foydalanish qulay, yetarlicha mustahkam, ustivor, chidamli, bikr. yorilish-bardoshliligi, bino va inshootlarning uzoqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Asosiy talablardan biri ularning tejamliligidir. Qurilish koustruksiyalariga qo'yiladigan texnik talablar. Bino va inshootlar konstuksiyalariga bir necha texnik talablar qo'yilib, ularning ijrosi tegishli qurilish me'yoiiari va qoidalari hujjati — QMQ da alohida keltirilgan. Asosiy texnik talablardan bo'lgan mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik, zilzilabaidoshlik va chidamlilik talablari eng dolzarb shartlar bo'lib, konstruksion sifatni ta'minlaydi. A) Mustahkamlik sharti. Aksariyat konstm ksiyaning ko'tarish qobiliyatini ta’minlovchi talab bo'lib. konstruksiyani I chegaraviy holati hisoblanadi va uni mustahkamlik sharti deb yuritiladi. Bu talab konstmksiyaning har birini (poydevor. devor, ustun, to'siq va hokazo) ko'tarish qobiliyatini ifodalovchi shart bo'lib, koristruksiyaga ta’sir qilayotgan kuchga nisbatan ko'tarish qobiliyatini belgilaydi va u konstmksiyalami material turlariga, o'lchamlariga, fizik va mexanik xarakteristikalariga bog'liqdir. B) Bikrlik sharti konstruksiyani II chegaraviy holati hisoblanib, uning deformatsiya holatini aniqlashga va deformatsiya chegarasini tekshirishga qaratilgan. Bu shartda tashqi kuch ta’sirida hosil bo'Iadigan burilish, salqilik va boshqa defonnatsiyalar, mxsat etilgan deformatsiyalardan ko'p bo'lmasligi talab qilinadi. D) Ustivorlik sharti. Ustivorlik sharti deb, konstruksiyalami siqilish jarayonida muvozanatni saqlab qolishga doir chegaraviy talablarga bo'ysunishiga aytiladi. Bu shartda konstmksiyaga ta’sir etuvchi bo'ylama kuch kritik kuch Fki dan kam bo'lishi ta’minlanadi.

3.4. QURILISH KONSTRUKSIYALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR E) Zilzilabardoshlik sharti. O'zbekiston Respublikasi sharoitida inshoot va binolar konstruksiyalari zil/ilabardosh bo'lishi lozim. Bu shart ma'lum zilzilabardoshlik nazariyasi va amaliyoti asosida ta’minlanadi. Bu ko'rsatkich binoning turiga, qaysi maydonda joylashganiga va, albatta, tashqi va ichki muhitga bog'liq. Zilzilabardoshlik sharti bino va inshoot konstruksiyalarini yer tebranishida o'zining vazifasini to'liq bajara olishini va hayot xavfsizligini ta’minlaydi. F) Chidamlilik va umrboqiylik talabi. Bino konstruksiyalari chidamli boiishlari lozim, buning uchun konstruksiyalar ehtimollik nazariyasi asosida aniq muhitga nisbatan hisoblanadi, shu bilan birga uning umrboqiyligi aniqlanadi. Bu talab mas’uliyati yuqori va qimmatbaho binolar konstruksiyalariga tegishlidir. G) Iqtisodiy talab. Bino va inshootlar konstruksiyalari yuqoridagi shartlar asosida mustahkam, bikr, ustivor, zilzilabardosh boiishlari bilan bir qatorda iqtisodiy talablami ham qondirishlari lozim



Qurilish konstruksiyaiarining sifati ularning ishlatilishida qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi, zaruriy ishonchlilik darajasi, texnik shartlarda va buyumlarning ish chizmalarida ko'rsatilgan talablariga muvofiq kelishi bilan tavsiflanadi. Qurilish konstruksiyaiarining sifati oldindan boshiang'ich materiallarning sifatiga, buyumlar tayyorlashning barcha bosqichlarida texnologik talablariga qat’iy rioya qilinishiga bog'liq bo'ladi. Sifatni nazorat qilish dastlabki nazorat, texnologik nazorat va qabul qilish nazoratiga bo'linadi. Dastlabki nazorat boshiang'ich materiallarning (qum, chaqiqtosh, sement, po'lat va boshq.) me'yoriy hujjatlarga va boshqa talablarga muvofiqligini tekshirish uchun amalga oshiriladi. Texnologik nazoratdan maqsad buyumlar tayyorlash jarayonining rejimlariga va boshqa ko'rsatkichlariga rioya qilinishini tekshirishdir. Masalan, beton qorishmani tayyorlash, uni joylash va zichlashtirish sifatini tekshirish yoki po'lat qoliplarining o'lcham larini va yig'ish sifatini, buyumlarda armaturalaming loyihada ko'rsatilganidek joylashganligini, po'lat konstruksiyalarda payvand choklarining sifatini va b. tekshirishlar talab qilinadi. Qizdirib ishlov berishning berilgan rejimlarini, oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarda armaturaning taranglik darajasini nazorat qilib turish ham muhimdir. < 3 9 Operatsiyalar bo'yicha nazorat qilish ehtimoli bor nuqsonning sabablarini o'z vaqtida aniqlash va sifatsiz qurilish konstruksiyalari chiqishining oldini olishga imkon beradi. Qabul qilish nazorati tayyor qurilish konstruksiyalari asosiy ko'rsatkichlarining shu buyumga taalluqli texnik shartlarga yoki GO STlarga muvofiqligini tekshirib ko'rishdan iborat. Tayyor buyum ko'zdan kechiriladi, geometrik parametrlari o'lchanadi, buyumdagi betonning mustahkamligini aniqlash uchun nazorat namunalar-kublar sinab ko'riladi (buyumdagi betonning mustahkamligini buyumni buzmaydigan usullar bilan aniqlashga ruxsat etiladi). Teplotexnik talablar qo'yiladigan to'suvchi konstmksiyalarda yengil va g'ovak betonning zichlik hamda namlik qiymatlari normalanadi, shu sababli bunday hollarda mustahkamligidan tashqari ana shu ko'rsatkichlarini ham nazorat qilish zamr bo'ladi. Maxsus mustahkamlik stendlarida qurilish konstmksivalarining darz ketmaslik va bikrligini tayyor buyumlarni sinash yo'li bilan vaqti-vaqtida nazorat qilib turishning muhim ahamiyati bor. Har bir tipdan, standartlar talablariga muvofiq ravishda, tanlab olinadigan buyumlar yemirilgunga qadar shunday sinovdan o'tkaziladi. Bunday sinovlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga to'g'ri baho berishga imkon beradi. Buyumlaming mavjud konstruksiyasiga biror o'zgarish kiritishda yoki yangi boshlang'ich materiallardan foydalanishda, tayyorlanish sharoiti o'zgarganda va boshq. hollarda bunday sinovlar ayniqsa zarurdir. Yassi buyumlarda (plitalar, to'shamalar. devor panellari va h.k.) shaklining to'g'ri to'rtburchakligini nazorat qilish zamr bo'ladi. U diagonallarining uzunligi bir-biridan farq qilishga qarab baholanadi. Buyumlaming yassiligi va to'g'ri chiziqli ekanligini ham tekshirish lozim. Buyumning yassilik darajasi buyumni to'rtta tayanchga yotqizish yo'li bilan tekshiriladi. Agar panel uchta tayanchga zich joylashib, to'rtinchisiga tegmay qolsa, tayanch bilan panel sirtigacha bo'lgan masofa buyumning yassimaslik darajasini ko'rsatadi. Buyumning yassi emasligi montaj aniqligini pasaytiradi va hatto mustahkamligini kamaytiradi, chunki tayanib turish sharoiti yomonlashadi. Buyumlar sirtining to'g'ri chiziqli emasligi sirtning egri-bugri bo'lishiga olib keladi. Temir-beton buyumlaming sifatiga armaturaning va qo'yiladigan detallarning joylashish aniqligi katta ta’sir ko'rsatadi, muhofaza qatlamining qalinligiga qat’iy rioya qilish ayniqsa muhimdir. Armaturalaming joylashuvi magnit asboblar yordamida yoki boshqa usullar bilan nazorat qilinadi. Qurilish materiallari va konstruksiyalarining sifatini nazorat qilish usullarini uchta gumhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga tekshirishning buyumni buzmaydigan usullari kiradi, bu usullar material va konstmksiyalarning ishlatishga yaroqliligini saqlab 40 > qolishga imkon beradi. Bunday sinovlarda bilvosita xarakteristikalar aniqlanadi, ularga qarab buyumning holati va uning fizik-mexanik ko'rsatkichlan haqida fikrvuritiladi. Buyum buzilmaydigan usullarda, odatda, sarf-xarajat eng kam bo‘ladi, ularni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash mumkin. Ikkinclii guru]) material va konstmksiyalarni, asosan, yemirilgunga qadar yuklash yo‘li bilan mexanik-statik usullarda sinashdan iborat. Bunday sinovlarda material va buyumlarning haqiqiy xossalari mustahkamligi, deformatsiyalanuvchanligi, darz ketmasligi va boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Uchinchi guruh konstruksiyani, ya’ni imoratni hozirgi davrdagi foydalanish jarayonidagi sifatini aniqlash uchun matematik modellashtirish usulidir. Bu yo'nalish juda yangi, samarali va tezkor bo'Iib, imoratga hozir ta’sir etayotgan yuklar asosida, hozirgi muhitda paydo bo'lgan o‘zgarish va yemirilishlarni inobatga olgan holda, konstruksiyalarning kuchlanish va deformatsiya holatini aniqlaydi. Yemirilmaydigan sinash usullari juda turli-tum an bo'Iib, ularga quyidagilar kiradi: mexanik usullar (yuklash qurilmalari kiritish, rezonansli usullar); polarizatsion-optik usullar; akustik usullar (elastik tebranishlar parametrlarini ultratovush asboblari bilan aniqlash); magnitli usullar (induksion va magnit kukunli); radiatsion (radioizotoplardan, neytronlardan va tormozli nurlanishdan foydalaniladigan) usullar; elektr usullar (elektr sig'imini, elektr induktivligini va elektr qarshiligini aniqlash) va boshq. Mexanik sinash usullari mahalliy yemirilish, detormatsiyalanish va elastik urilib qaytish usullariga asoslangan. Bu usullardan eng ishonchlisi konstruksiyadan qirqib olingan po'lat yoki beton namunalarini bevosita sinashdan iboratdir. Betonning mustahkamligini aniqlashning kamroq mehnat sarflanadigan, lekin bilvosita usuli sindirib ajratib olish usulidir. Bunday usuUarning mohiyati beton tanasidan oldindan betonlangan po'lat ankerlarni tortib olish uchun zarur bo'lgan kuchni aniqlashdan iboratdir. Ana shu kuchning qanchaligiga qarab, darajalash egri chizig'i asosida betonning mustahkamligi aniqlanadi. Qurilish konstruksiyalarining turli xarakteristikalarini nazorat qilishda buzmaydigan boshqa usullar ham qo'llaniladi. Konstruksiyalarning sifati bir necha o'nlab ko'rsatkichlarga qarab baholanadi, shuning uchun zavod sharoitida mexanizatsiyalashgan maxsus stendlar yordamida nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday stendlarda buyumlarning sifati avtomatlashtirilgan usulda kompleks nazorat qilinadi. Qurilish konstruksiyalarini yuklash usuli bilan sinash. Qurilish konstruksiyalarini yuklash usuli bilan sinab ko'rish mustahkamlik, bikrlik, darz ketmaslik kabi ko'rstakichlarini aniqlasliga imkon beradi, ular integral xarakteristikalar hisoblanib, materialdan foydalanish sifatiga ham, ul-ami tayyorlashdagi barcha texnologik jarayonga ham bog'liq. Bunday sinovlar konstmksiyalami yalpi tayyorlashni boshlashdan oldin, yangi materiallarga yoki yangi tayyorlash texnologiyasiga o'tilganda, shuningdek, buyumlarning haqiqiy ko'rsatkichlari GOST lar talablariga va texnik shartlarga mos kelishkelmasligini aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan o'tkazib turiladi. Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, qurilish konstmksiyalarini montaj qilishdan oldin qurilish obyektida ularning sifatini tekshirish maqsadida o'tkaziladigan yuqoridagi sinashlardan tashqari, zamr hollarda konstmksiyalar «ishda», ya’ni montaj qilingandan keyin va, hatto, binodan foydalanish boshlangandan keyin ham sinab ko'riladi. Konstmksiyalami ana shunday o'z holicha sinashga inshootlar avariyasiga uchraydigan darajada zararlanganda, rekonstmksiya qilishda, yangi yoki qo'shimcha uskunalar o'matishda va boshqa hollarda ehtiyoj tug'ilishi mumkin. Tem ir-beton buyumlarni yuklash yo'li bilan sinashning usul va vositalarini ko'rib chiqamiz. Ular GOST 8829-85 bilan belgilab berilgan. Davriy ravishda o'tkaziladigan nazorat sinovlar uchun konstmksiyalar quyidagi hisobdan tanlab olinadi: sinovlar orasidagi davrda tayyorlangan 250 dona hajmdan 1 tadan konstruksiya; 251—1000 dona hajmdan 2 dona; 1001—3000 dona hajmdan 3 donadan; 3000 donadan ortiq hajmdan 0,1% dan. Konstruksiyalaming yuklanish va tayanish sxemalari ishlatiiish bosqichidagi ish sharoitlariga muvofiq qabul qilinadi. Erkin tayanadigan bir oraliqli hisoblangan to'sin va plitalar sinash vaqtida ikkita sharnirli tayanchga tayanishi kerak, ulardan biri qo'zg'aluvchan bo'lishi lozim. To'plangan yukni taqsimlash to'sinlari orqali uzatishda to'sinlar ko'pi bilan ikkita tayanchga tayangan bo'lishi kerak (aks holda yuk bir m e’yorda taqsimlanmasligi mumkin). Konstmksiyalami sinashda yukni bosqichma-bosqich (oz-ozdan) qo'yib borish kerak, konstruksiyaning mustahkamligi va darz ketishga chidamliligini sinashda har bir bosqichda umumiy mo'ljallangan yukning ko'pi bilan 10% ini va bikrligini sinashda ko'pi bilan 20% ini qo'yish kerak. Har qaysi bosqichda yuk qo'yilgandan keyin konstruksiyani shu holatda kamida 10 minut, bikrlikka sinashda esa kamida 30 minut tutib turish kerak. Har bir bosqichda yuk qo'yilgandan keyin tutib turish vaqtida sinalayotgan buyumning tashqi yuzasi ko'zdan kechiriladi, paydo bo'lgan darzlar belgilab qo'yiladi, oraliq o'rtasidagi salqilik va tayanchning cho'kkanligi, darzlarning ochilish kengligi va tayanchlaming cho'kkanligi va h.k. o'lchanadi. Konstmksiya holatini matematik modellashtirib aniqlash eng zamonaviy yondoshish bo'lib, tez va kamxarajat usul hisoblanadi. Mutaxassislarda, loyiha institutlarida turli konstruksiyalami turli sharoitlarga hisoblash bo'yicha kompyuter dasturlari mavjud. Bu dasturlardan yangi imorat loyihalanayotgan davrda foydalaniladi, ulardan imorat baholanayotganda yoki uning texnik ahvoli va sifati aniqlanayotganda foydalanish mumkin. Kompyuter dasturlari imorat konstruksiyalarini matematik modelini ifodalab, real holdagi ko'rsatkichlami, ya’ni uning elementlaridagi kuchlanishiar, deformatsiya va og'ishlarni siniq sifatida aniqlaydi hamda shu natijalar asosida sifat va iqtosidiy ko'rsatkichlar aniqlanadi. Imorat konstruksiyalarini sifat, iqtisodiy va texnik ko'rsatkichlarini aniqlashgabag'ishlangan kompyuter dasturlaridan biri — bu KROOUS kompleksi bo'lib, uning mohiyati so'nggi boblarda keng yoritilgan. Sinov natijalariga qarab konstmksiyaning sifati haqidagi uzil-kesil xulosalar: mustahkamligi, bikrligi va darz ketishga chidamligiga oid ma'lumotlar to'plamidan chiqariladi. Agar konstruksiya tanlangan sinovlarga bardosh bergan bo'lsa, u yaroqli deb hisoblanadi. Agar u biror ko'rsatkichga ko'ra yaroqsiz bo'lsa, u holda bunday buyumlami kam yuklanishli inshootlarda foydalanish uchun tavsiya etiladi.

Kuchlanishlarni optik usulda tadqiq etishning mohiyati shundan iboratki, bunda optik aktiv materialdan (masalan, organik oynadan) yasalgan shaffof (прозрачный) model yuklanganda qutblangan yorug'lik uni yoritadi. Modelning ekrandagi tasvirida tasmalar sistemasi paydo bo'ladi, tasmalaming shakli va joylanishi modelning kuchlanish holatiga bog'liq. Olingan suratlami tahlil qilish asosida hosil bo'lgan kuchlanishning qiymati aniqlanadi. Qalinligi o'zgarmas boMgan modellarda optik usul yordamida tekis kuchlanish holatini ? 9.4. Kuchlanishlarni optik usulda aniqlash ham, olingan natijalarni qayta i osongina tahlil qilsa bo'ladi. Ayni chog'da hajmiy kuchlanish holatini tahlil qiladigan usullar ham mavjud. Ammo bu masala eksperiment texnikasi jihatidan ishlash jihatidan ham ancha murakkab masala sanaladi. 9.15-rasm. 140 Tekis modelni monoxromatik nurda yoritish holatini ko'rib o'tamiz. Uskunaning sxemasi 9.15-rasmda keltirilgan. Ushbu uskunadaS — yorug'lik manbai, 1 — kondensator, 2 — yorug'lik filtri, 6 — obyektiv, 7 — ekran. Model (4) ikkita qutblantiruvchi element (3 va 5) orasiga joylanadi. Ularning birinchisi — polyarizator, ikkinchisi — analizator deb ataladi. Polyarizator va analizatorlarning optik o'qlari orasidagi burchak 900 ni tashkil etadi. Bunda polyarizator (3) dan o'tgan yorug'lik tutami gorizontal tekislikda qutblanadi (qutblanish vektori gorizontal holatda joylashadi, yorug'lik tebranishlari esa vertiKal tekisiik bo'yicha sodir bo'ladi). Qutblangan yorug'lik tutami analizatordan o'tmaydi va ekran yorishmaydi Polyarizator va analizator, aytisnlancha. qorong'ulikka o'matiladi. Model yuklanganida qutblanish tekisligi aylanadi. natijada analizatordan qisman yorug'lik o'tadi va ekranda yorug' va qora tasmalar paydo bo'ladi. Bu hodisani batafsilroq ko'rib o'tamiz Qutblangan yorugiikning o'xshash! (analogi) ko'ndalang mexanik tebranishlar bo'lib, ularning ko'chishlari U garmonik qonun bo'yicha o'zgaradi U = f sin cot, Bu yerda: со— ko'ndalang tebranishlar chastotasi bo'lib, qiymati yorug'lik to'lqini chastotasiga teng, a — tebranishlar amplitudasi, s natyorug'lik tutamining yorqinligiga (яркость) teng. Gonzonta! tekislikda qutblangan yorug'lik tutami zo'riqqan shaffo' rnodeidan o'tadi, deylik (9.1b-rasm). Vertikal tekislikdagi OA ko'chishni oosii o'qlar x va у bo'yicha tashkil etuvchilarga ajratamiz.
Download 31,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish