Qobiq dasturlar –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan kompyuter bilan qulayroq va korgazmali muloqot ornatish imkoniyatini beradi.MS DOS operatsion tizimi bir vaqtlar inson bilan kompyuter ortasida vositachi rolini oynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin ozi rivojlanish natijasida haddan ziyod kop buyruqlar bilan toshib ketdiki,bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib foydalanuvchi bilan kompyuter oʻrtasida yangi vositachi ishlab chiqish extiyoji tug’ildi va
natijada operatsion tizimning qobiq dasturlari yuzaga keldi.Qobiq dastur operatsion tizim boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion tizim bilan ishlashga koʻmaklashadigan dasturdir. Eng birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq dastur mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far Manager qobiq dasturlari Norton Commander dasturining asosiy ishlash tamoyillarini saqlab qolgan.
Qobiq dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi: diskdan kataloglar roʻyhatini toʻliq ekranga chiqarish, faylllarni qayata nomlash,fayllarni oʻchirish, katalog (papka)larning pogʻonalik strukturasini ko ʻrish,bir kataloglardan boshqa kataloglarga oʻtish, kataloglar hosil qilish, katalogni qayta nomlash va oʻchirish, matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.Microsoft kompaniyasi, foydalanuvchilarga grafik interfeys va bir nechta ilovalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini berdi. Windowsning birinchi tizimlari, MS DOS OT bilan ishlaydigan qobiq dasturdan iborat edi. U MS DOS tizimidan ishga tushirilar va shundan MS DOS markaziy prosessorni himoyalangan rejimga oʻtkazar hamda bir nechta masalani parallel bajarilishini tashkil etar edi. Grafik interfeys mavjudligi va uni Microsoft tomonidan keng koʻlamda quvvatlanish shunga olib keldiki, koʻpgina yangi dastur mahsulotlari shu yangi imkoniyatlarga moʻljallab ishlab chiqildi. Vaqt oʻtishi bilan Microsoft kompaniyasi, hisoblashlar ishonchliligi va uning samaradorligini taʻminlashga eʻtiborini qaratdi, ammo foydalanuvchiga tushunarli va umuman qulay interfeys bilan taʻminlash asosiy masala boʻlib qoldi.UNIX OT oilasi. UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va koʻp foydalanuvchili oddiy opеratsion tizimdir. Oʻz vaqtida, u dasturiy taʻminotni ishlab chiquvchii instrumental tizim sifatida loyihalashtirilgan edi.UNIXning har xil xususiyatlarga ega boʻlgan versiyalari, uning qiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi juda kichik operativ xotiraga ega boʻlgan kompyuterlarda foydalanish mumkin boʻlgan boʻlsa, uning ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar assembler tizimidan voz kechib, nafaqat tizimli,balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin boʻlgan, yuqori darajali tilni ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil koʻchirib oʻtkaziluvchi (mobil) xususiyatiga ega boʻldi. C tilidan oʻtkazuvchi kompilyator hamma dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni beradi.
Free BSD operatsion tizimi. Linux OTdan tashqari erkin tarzda tarqatiladigan operatsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSDni ham aytish mumkin. Bu С lar orasidagi prinsipial va eng muhim farq shundaki, kelishuvga koʻra, Linux tizimiga har kim oʻz oʻzgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u oʻzini kodini ochiq holda qoldirishi kerak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Koʻpchilik, berilgan matnlar va tayyor echimlardan foydalanishni xohlaydilar, ammo oʻz dasturiy taʻminot sirlarini ochiq keltirmaydi. Shuning uchun ham, bu operatsion tizim uchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. Har bir kompaniya oʻz operatsion tizimidan tashqari unga oʻz installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar paketini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar paketining katta toʻplamini qoʻshadi. Bunda u, oʻz tizimiga oʻzining oʻzgarishlarini boshqalar bilan kelishmasdan kiritishi mumkin.Linux ga qarama-qarshi ravishda, Free BSD OT oʻz koordinatoriga egadir, bu Koliforniya Berkli universitetidir. Xohlagan odam bu operatsion
tizim kod matnlarini oʻrganishi va unga oʻz oʻzgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu oʻzgarishlar kiritiladigan soʻz emas, hatto oʻzgarishlar foydali boʻlsa ham. Bunga faqat kordinator huquqi bor.Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga oʻxshash operatsion tizim, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro prinsipida qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |