Yagona interfeys–Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy boʻladi. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur taʻminoti bilan muvofiqligi-Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini taʻminlaydi.
Koʻp masalaliligi–Windows bir paytning oʻzida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga oʻtishni taʻminlaydi. Mavjud operativ xotiradan toʻliq foydalanish imkoniyati mavjud. qurilma resurslaridan ham toʻliq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning oʻzi taʻminlaydi.
Maʻlumotlar almashinuvi–Windows dasturlararo maʻlumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (maʻlumot almashish buferi), yoki DDE (maʻlumotlarning dinamik almashinuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (maʻlumotlardan tahrirlangan holda foydalanish)yordamida amalga oshiriladi.
Xulosa
Bugungi kunga kelib, axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan bir davrda universal axborot texnologiyalariga va dasturiy taʻminotga zaruriyat oshib bormoqda.Ushbu talablardan kelib chiqqan holda quyidagi tushunchalar eng muhim hisoblanadi:
1) Opеratsion tizim. Tizimli dasturlar orasida alohida oʻrinni egallaydi.Bu tizim foydalanuvchi bilan kompyutеr oʻrtasidagi muloqotni taʻminlaydi,kompyutеrni boshqarishni taʻminlaydi. Kompyutеr ishga tushishi bilan opеratsion sistеma dasturlari birdan kompyutеr xotirasiga yuklanadi. IBM PC kompyutеrlarida ko`prok Microsoft firmasi ishlab chiqqan MS DOS opеratsion tizim ishlatiladi.
2) Drayvеrlar. Drayvеrlar - kompyutеrning kiritish – chiqarish qurilmalarini, tеzkor xotirasini boshqarish bo`yicha opеratsion tizim DOSning imkoniyatlarini kеngaytiradi. Drayvеrlar yordamida kompyutеrga yangi qurilmalarni ulash mumkin yoki mavjud qurilmalardan boshqacharoq foydalanish mumkin.
3) Qobiq-dasturlar. Bu dasturlar opеratsion tizim DOS dasturlariga nisbatan kompyutеr bilan qulayroq va koʻrgazmali muloqot oʻrnatish imkoniyatini bеradi. Qobiq-dasturlardan koʻproq Windows Commander,Total Commander, XTree, Pro Gold va boshqalari ishlatiladi.Ayniqsa, tarmoq doirasidagi maʻlumot almashinuvida yuz beradigan kamchiliklarni bartaraf etish uchun universal tarmoq operatsion tizimlariga boʻlgan talab dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq.Respublikamizda operatsion tizim sifatida UNIX operatsion tizimi oily oʻquv yurtlarida, akademik litseylarda, kollejlarda, firma va tashkilotlarda,shuningdek foydalanuvchilar orasida Windowsga nisbatan keng ommalashmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер,2002.
2. Sattopov A Informatika va axborot texnologiyalari. Toshkent."Oʻqituvchi". 2002 y
3.Ahmedov A, Toyloqov N. Informatika. Toshkent. ―Oʻzbekiston‖. 2002 y
4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М:Изд. ОЛМА-ПРЕСС, 2003.
5. www.google.ru
6. http://reffi.ru/
7 www.ziyonet.uz
8. www.nur.
Do'stlaringiz bilan baham: |