Suvda va quruqlikda yashovchilarning axamiyati.
Umuman olganda amfibiyalarni inson uchun axamiyati katta. Avvalo ular turli-tuman yerlarda
yashab, zararkunandalarni qiradi va bog‗larga poliz va dalalarga, o‗rmon va o‗tloqlarga katta
foyda yetkazadi. O‗t baqasi bir sutkada o‗rtacha 6 ta umurtqasiz xayvonni yeydi 6 oy davomida
esa 1200 dona xashorat va molyuskalarni qiradi.
Ikralari, itbalig‗i va voyaga yetgan amfibiyalar ko‗pchilik ovlanadigan baliqlar, o‗rdaklar
va boshqa qushlar uchun yem bo‗ladi. Ba‘zi mamlakatlarda (Fransiya, AQSh, Sharqiy Osiyo)
baqa va salamandralarning go‗shtini odamlar istemol qiladilar. Baqa va triton biologiya va
meditsina izlanishlarida juda xam ko‗p miqdorda labaratoriya xayvonlari sifatida ishlatiladi.
Xamdo‗stlik mamlakatlari faunasida amfibiyalarni 8 turi qizil kitobga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |