Dasturli ta’minolar tizimli va amaliy dasturli ta’minotlarga bo’linadi.
Tizimli dasturli ta’minotlardan (TDT) komp’yuterda axborotlarga ishlov berish jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlarni ishlashi uchun meyordagi ish muhitini ta’minlaydi. TDT aparatlar bilan yaqinligidan uni komp’yuterning bir qismi dep ham hisoblashadi. TDTga operatsion tizimlar, servis dasturlar, qobiqlar, dasturlashtirish tillari translyatorlari, test dasturlari va xokozolar kiradi. Amaliy dasturiy ta’minotlar (ADT) foydalanuvchining aniq vazifani xal etish yoki axborot tizimining xisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljallangan.
Texnika xavsizligi
1.1. Kompyuter bilan ishlovchi asboblar tavsifi
Kompyuter tizimlarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat yuritadigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish ishlarining ko‘pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo‘yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. Elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan foydalanish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini e’tiborga olsak, eng ma’qul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi ma’lum bo‘ladi.
Bu ishlarda eng ko‘p tarqalgan xatolik – asbobning ko‘p vazifali bo‘lishiga ortiqcha intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o‘zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko‘p maqsadlarda qo‘llaniladigan qilib yaratishga harakat qiladilar. Odatda, bunday asbob o‘zining asosiy vazifalaridan tashqari yana bir nechta qo‘shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo‘llab ham bajarish mumkin.
Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda xafsalaning pir bo‘lishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari e’tibordan chetda qoladi. Ko‘pchilik hollarda tushunmovchilik xaridorlarda axborotning etarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo‘ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko‘rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo‘shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko‘rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So‘ngra elektr asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajaradigan vazifalar to‘plami va tavsifini batafsil tahlil qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana shularga bog‘liqdir.
Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo‘lmagan ro‘yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning maxsus vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan:
1.2. Asboblar turlari
1. Buragichlar (otvyortkalar) to‘plami.
2. Yassi jag‘li omburlar va h.k.
3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko‘chiruvchi) qaychilar.
4. Qirquvchi omburlar.
5. Elektr o‘lchov asboblari.
6. Siquvchi asbob.
7. Kabel testeri.
8. Izolyatsiyalovchi material.
9. Shurup burovchi asbob.
Omburlar
1--rasm
2.-rasm
ISO 2380 standartli yarim yumaloq jag‘li qayrilgan omburlar
3.-rasm
ISO 8764PH stantardli yassi uchli buragich
4-rasm.
(PH) krestli buragich, ya’ni + shaklli buragich.
5-rasm.
TX profilli buragich, ya’ni olti yulduzli buragich
6-rasm.
Asboblar to‘plami
Shurup buragichlar ko‘p miqdordagi shuruplar va vintlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Qanday manbadan foydalanishiga qarab, ular akkumulyatorli va tarmoqli turlarga bo‘linadi. Tarmoqdan, asosan, gipsokarton va quruq qorishmalar bo‘yicha ishlar uchun foydalaniladigan shurup buragichlar quvvat oladi. Do‘konlarda sotiladigan shuruplarni va o‘zi kesuvchi moslamalarni tasmada yetkazib beradigan shurup buragichlar katta hajmdagi ishlarni va gipsokarton bo‘yicha seriyali ishlarni bajarishda qo‘llashga mo‘ljallangan. Akkumulyatorli drel-shurup buragichlar akkumulyatorlarining quvvati (soatiga 1,4 A dan 2,0 A gacha), reduktori va tutgichining tuzilishiga (to‘pponchasimon, T-simon) qarab farqlanadilar. To‘pponchasimon tutgich kuchning o‘q momentini maksimal ravishda o‘tkazishga imkon berishi tufayli eng universal hisoblanadi. T-simon tuzilish, aylanish momenti muhimroq bo‘lgan turli xil shurup va boltlar bilan ishlaganda juda qulay.
Tizimlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda akkumulyator tipli, oddiy ixcham shurup buragich emas, o‘tish rejimli drel-shurup buragich qulay. Chunki ba’zan kabel yotqizilayotganda va boshqa hollarda drelga ehtiyoj sezilishi mumkin.
7-rasm
Foydalanish qulay bo‘lishi uchun elektr asbobini ko‘pchilik hollarda uni asrash va tashishga ham mo‘ljallangan maxsus jomadon shaklida ishlab chiqariladi(1.11-rasm). Odatda, jomadon chidamli, zarbalarga bardoshli materiallardan tayyorlanadi hamda uning ichida moslamalar va almashtiriladigan vositalar uchun maxsus joylar ajratilgan(1.12-rasm).
8-rasm
1-Bobga doir nazorat savollari.
1.Kompyutеrni sozlashda qаnаqа аsbоblаr ishlаtilаdi?
Аsbоb sotib оlаyotgаndа nimаlаrgа e’tibоr bеrish kеrаk?
Burаgichlаrning qаndаy turlаri mаvjud?
Kompyutеr аsbоblаri bilаn ishlаshdа, ishni еngillаshtirish uchun qаndаy аsbоblаrdаn fоydаlаnilаdi?
Аsbоblаr nаbоri nimа?
XULOSA
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadorlikning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi, deb ko’rsatib o’tilgan edi. Shuning bilan bir qatorda, axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish orqali ilmiy- tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, komp`yuterlashtirish va komp`yuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan.
Bu muammolarni yechimini topish axborot texnologiyalarini ta`lim tizimiga qo’llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda AT asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi.Buning uchu bu malakaviy ishmizda ona platalarning turlari haqida yangi urganuvchilar uchun qullanmas sifatida kamisiy raislariga taqdim etaman
Do'stlaringiz bilan baham: |