Efir moylari va boshqa suyuqliklardan tayyorlangan emulsiyalar
Efir moyli emulsiyalar. Suv/efir moyining fazalararo yuza taranglik chegarasini tortish kuchi suv/yogning chegara tortish kuchiga karaganda ko’p bo’lgani sababli emulgatorlar (efir moyiga qarab, 100 dan 200% gacha) ko’p olinadi. Birlamchi emulsiyani hosil kilish uchun suvni ham tegishlicha ko’p qo’shiladi. Sulfanilamid moddalari chikkunga kadar emulsiyada santal yog’i yozilgan (tropik daraxt (Santalin albun) dan olingan efir moyi). U so’zak va siydik yo’llarini zararsizlantirishda ishlatilgan. Skipidarli (oliy nav) emulsiya ham uchragan. Kapay balzami eski dorilar tarkibida berilgan bo’lib, ishlatilishi xuddi santal yog’iga o’xshashdir. Santal yog’i bilan tayyorlangan emulsiyalar uchun yuqorida aytilgan so’zlar balzamdan tayyorlangan emulsiyalarga ham tegishlidir.
Erkak paporotnik ekstraktining emulsiyasi
Erkak paporotnik ekstrakti suv bilan aralashmaydi. Emulgirlash uchun o’rik elimidan teng miqdorda olinadi.
Rp.: Ext. Filicis maris spissi
Gummi Arabici aa 5,0
Natrii hydrocarbonatis 0,5
Ag. purificatae 5,0
Mf. Emulsum
D. S. (Duodenal yuborish uchun)
To’rtxlorli karbon emulsiyasi
To’rtxlorli karbon gijja xaydovchi sifatida ichish uchun tayinlanadi. Bu modda og’ir suyuqlik bo’lgani uchun emulgator miqdori 2-2,5 marta oshiriladi. Retsept uchun 15 g emulgator olinadi (10 g yog’ uchun va 5,0 to’rtxlorli karbon uchun).
Rp.: Carbonae tetrochlorati 2,0
Emulsi oleosi 200,0
M. D. S. Gijjaga qarshi.
Emulsiyalardagi nomutanosibliklar
Emulsiyalar tarkibiga koagulyantli omillar (elektrolit, o’ziga suv shimuvchi moddalar va boshk. ) qo’shish mumkin emas. Ishqoriy xususiyatga ega moddalar emulsiyada koagulyasiya holatini paydo kilishi mumkin.
Rp.: Emulsi seminis Amygdalarum dulcis 200,0
Barbitali natrii 1,5
M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Barbital natriyni tayyorlangan emulsiyada eritmokchi bo’lsak, koagulessensiya yuzaga keladi. Ivigan massa suzib yuradi.8
Rp.: Emulsi seminis Amygdalarum dulcis 200,0
Magnesii sulfatis 8,0
Extr. Belladonnae 0,15
M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Magniy sulfat elektroliti ta’sirida emulsiya turg’unligini yo’kotib cho’kmaga tushadi.
Rp.: Emulsi Olei Ricini 100,0
Sirupi Cerasi 10,0
M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 2 marta ichilsin.
Yog’li emulsiyalarga mevali sharbatlar (malina, olcha) nordon ta’sir etuvchi preparatlar qo’shilishi natijasida ivib qoladi. Oddiy sharbat ham emulsiyani buzadi. (konsentrlangan shakar sharbatini degidratlash xususiyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |