Ekologik prinsipning qo‘llanilishi tirik organizmlar, jumladan insonning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalari, ta’siri va munosabatda bo‘lishi nazarda tutilganligi bilan bog‘liq. Ekologik muammoning mantiqiy ma’nosi ham aslida tirik organizm bilan jonsiz tabiat orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning buzilishidan iboratdir. Ushbu munosabatning ziddiyatlashuvi muayyan geotizimlarda ro‘y berib, hududiy xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham mazkur muammoni geoekologik muam mo sifatida tadqiq etish zarur.
Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda, avvalo, dastlabki tabiiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Tabiiy muvozanat (ekologik muvozanat)ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar va geotizimlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik va harakatni dastlabki holatiga yaqinlashtirishdir, lekin uni asl holiga qaytarib bo‘lmaydi. Buzilgan tabiiy muvozanatni qayta tiklash tadbirlarida aho lining yashash sharoiti va sog‘ligini ham avvalgi holatiga olib kelish lozim. Masalan: Orol va Orolbo‘yi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan regional geoekologik muammo bo‘lib, ularning yechimi o‘zaro bog‘liq kompleks tadbirlarni baravariga qo‘llagan holdagina hal qilish mumkin. Bunda, eng birinchi navbatda, tashqaridan kelayotgan suvning toza va miqdorining ko‘p bo‘lishiga erishish lozim. Chunki, muammoni tezlatuv chi kuch qurg‘oqchil iqlim sharoitida cho‘llashish hodisasidir. Lokal geoekologik muammolar yechimi eng sodda muammolar bo‘lib, ularni bartaraf etishda, eng avvalo, geoekologik muammoli hududning tabiiy geograf sharoiti va tabiiy qonuniyatlari chuqur o‘rganilishi lozim. Har bir geotizimning xususiyatlariga mos xo‘jalik tarmoqlari va tabiatdan foydalanish chora-tadbirlarini qo‘llash orqali bunday muammolarning oldi olinadi. Masalan, yerlardan sug‘orma dehqonchilikda foydalanilishda har bir geotizimning xususiyati o‘rganilib, so‘ngra shunga mos ekin turlari, sug‘orish usuli va me’yorlari, agrotexnika tadbirlarini qo‘llash, ya’ni tabiat bilan munosabatda uning qonunlarini buzmaslik kutilgan natijalarga erishish kafolatidir.
2 Ekologik muvozanat — inson, oʻsimlik va hayvonlar uchun zarur boʻlgan tabiiy sharoitlar muvozanati. Maʼlumki, tabiat komponentlari birbirlari bilan uzviy bogʻlangan, doim oʻzaro aloqada va taʼsirdadir. Ular komponentlar oʻrtasida muttasil ravishda roʻy berib turadigan modda va energiya almashinuvi oqibatida hosil boʻladi va tabiatning bir butunligini taʼminlaydi. Tabiat komponentlari oʻrtasidagi bunday oʻzaro taʼsir va aloqalar uzoq geologik davrlar mobaynida rivojlanib, turli joylarda turli ekosistemalarni shakllanishiga olib kelgan. Ekosistemalarda modda va energiyaning kirib kelishi bilan chiqib ketishi oʻrtasida dinamik tenglik (balans) yuzaga kelgan. Bunday tenglik yoki muvozanat ekosistemani sifat jihatdan maʼlum bir holatda uzoq muddat mavjud boʻlib turishini taʼminlaydi.
Ekologik muvozanat 2 xil boʻlishi mumkin: komponentlararo Ekologik muvozanat — ekosistema komponentlari oʻrtasidagi tenglikka asoslanadi; hududiy Ekologik muvozanat — biror hududda intensiv va ekstensiv tarzda foydalaniladigan joylarning ayrim nisbatlari asosida yuzaga kelib, shu hududning Ekologik muvozanatning buzilmasligini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |