Kirish
Asosan raqamli tasvir – bu ustun va qatorlardan iborat sonlar massivi hisoblanadi. Tasvirning kontrastliligini oshirish, geometric to’g’irlash, uni turli kategoriyalar bo’yicha klassifikatsiyalash kabi ishlov berish jarayonlarining ma’nosi deganda raqamlarga matematik va statistik algoritmlar orqali ishlov berish tushuniladi. Multispektral sun’iy yo’ldosh sensorlari orqali masofadan seziladigan tasvirlarni tahlil qilishda qo’llaniladigan bir xildagi tasvirlarga ishlov berish texnikalari kichik formatdagi aerofotosuratlarga murojaat qiladi. (SFAP).(Olimlar). Ba’zi hozirgi UAS masofadan sezuvchi turli ilovalardagi tasvirni tahlil qilish yondashuvlari Pajare (2015) Smith et al: (2016) va Manfreda et al (2018) da namuna uchun qayta ko’rib chiqilgan.
Ushbu bob to’liq yoki maxsus darsliklar va dasturiy ta’minotni almashtirish uchun mo’ljallanmagan, ammo u mualliflar SFAPning raqamli tahlili uchun o’ziga xos yoki ayniqsa foydali deb hisoblagan tanlangan jihatlarni qamrab olishni nazarda tutadi. U geometric korreksiya va regsitratsiya aspektlaridan boshlanadi, hamda tasvirning sifatini oshirish texnikalari, tasvirni transformatsiya va klassifikatsiya qilish, yer modellari va raqamli yuzaning tahlili va fotogrametrik tahlil bilan davom etadi. So’nggi qism ko’plab SFAP ilovalari uchun kerakli masalan, maydonlar va masofalarning miqdoriy tahlili, monitoring loyihalari yoki geografik axborot tizimlari (GIS) dagi turli ma’lumotlar manbaalarining integratsiyasi va tasvir manipulyatsiyasi muammolari, va SFAP ga ishlov berish uchun mos keluvchi dasturiy ta’minot haqida qisqacha ta’rif berib o’tadi. Qabul qilinadigan birinchi qaror foydalaniladigan mos yozuvlar koordinata tizimiga tegishli, ikkinchisi tasvirni tuzatish usullariga tegishli bo’lishi kerak. So’ngida yuqori aniqlikdagi SFAP bilan katta sohalarni qamrab olish bir nechta tasvirlarni birgalikda mozaikalashni talab qilishi mumkin.
Reference Coordinate Systems
Koordinata tizimlarning geografik ma’lumotlar uchun ikki turi mavjud: xarita proyeksiyalariga asoslangan geodetic koordinata tizimlari va kenglik va uzunlikka asoslangan geografik koordinata tizimlari (Hake et.al.2002; Longley et.al. 2015; Bill 2016). Asosiy farq bu, proyeksiyalangan, geodetic koordinatalar ikkita teng masshtabli orthogonal burchakli Cartesian koordinatalari. Masofalar va maydonlar globusni qiyosiy kesib o’tuvchi yozuv birliklarida(reference units) hisoblaniladi. Geografik(proyeksiyalanmagan) kordinatalar, bir tomondan, masofa (Yer radiusi) va ikki burchagi( bosh meridian va ushbu joylashuv o’rtasidagi hamda bu joylashuv va ekvator orasidagi) tomonidan ifodalanuvchi qutb koordinalaridir. Chunki, uzunlik chiziqlari o’rtasidagi oraliq ekvatordan qutb tomon kamaytiradi, ular globusni kesuvchi masofa yoki maydonlarni taqqoslash uchun foydali emas. Biroq, xarita proyeksiyalari bilan bog’liq buzilish muammolari tomonidan ta’sirlanmagan keng qamrovli global tizim sifatida foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |