3-son AFCHO’IMINING
8-B sinf o’quvchisi
Baxtiyorov Jahongirning
,,Abu Rayhon Beruniy’’ haqida
yozgan
REFERATI
O’QITUVCHI: RAJABOV SHODIYOR
Reja:
1.Abu Rayhon Beruniy haqida.
2.Uning bizning hayotimizdagi o’rni.
3.Uning matematika faniga
qo’shgan hissasi.
Abu Rayhon Beruniy Xorazmlik buyuk olim, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, minerologiya, farmakologiya, geologiya va boshqa fanlarga oid juda qimmatbaho va nodir asarlar yozib qoldirgan allomadir.
Uning to’liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy bo’lib, 973-yil 4-sentabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug’ilgan. Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. U sevgan fanlar astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va minerologiya edi.Beruniy Kat, Ray, Gurganch, G’azna kabi joylarda yashagan. U Matematika va filosofiyadan juda kuchli bilim olgan.Uning birinchi ustozi dunyoga mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Irak al-Jadiy bo’lib, u o’z davrining mashhur astronomi, matematigi va trigonometriya fani olimi hamda faylasuf bo’lgan.
Amerikalik tarixchi Dj.Sarton Beruniy haqida shunday degan:
,,Tarix, astronomiya va matematika, astrologiya va geografiya, antropologiya va etnografiya, filosofiya, arxelogiya, botanika va minerologiya fanlari Abu Rayhon Beruniy bo’lmasa, egasiz va yetim bolib qolar edi.”
U 50 yoshida qadimiy sansskrit
tilini o’rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yaxudiy, grek tillarini ham bilar edi. Abu Rayhon Beruniy 1048-yilning 13-dekabrida vafot etgan(75 yoshida). Uni xozirgi Afg’oniston hududidagi G’azna viloyatiga dafn qilganlar.
Beruniy tabiatning o’z qonunlari borligi va hamma narsa mavjudligini yozgan. Uning fikricha tabiatga faqat ilmiy yo’l bilangina yondashi lozim.Uning asosiy qilgan ulug’vor ishlari matematika va astronomiyaga bag’ishlangan bo’lib, Xorazm diyorining suv xo’jaligi va savdo-sotiqing rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan. Uning buyuk kashfiyotlaridan biri deyarli yuqori darajadagi aniqlikda Yer sharining radiusini aniqlagan(qariyb 6000km ).Beruniy Yer shari quyosh atrofida aylanishini isbotlab bergan.Yer sharining og’irligi hamda diametrining (eni, bo’yining uzunligi) hajmini aniqlagan. Beruniy ushbu ilmiy ishlarini o’zi ixtiro qilgan ,,Usturlob’’ , ,,Kvadrant’’, ,,Sekstant’’ nomli asboblar yordamida amalga oshirgan. Beruniy 7,5 metr radius kattalikdagi quyosh va planetalarning xolatini o’rganadigan inshoot barpo qilgan. Beruniy ilk kitobi 1000-yilda
,,Qadimgi xalqlarning urf odatlari’’ mavzusia yozgan.Panjobdagi Nandna qal’asi yonida yer shari meridiani bir gradusining uzunligini o’lchadi va u 110,895km ekanini aniqladi. Beruniyning 150 dan ortiq asari malum bo’lib, bizgacha uning faqat faqat 30 tasi yetib kelgan. Sharqshunoslikning eng so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: Astronomiyaga oid asari-70ta; Matematikaga oid-20ta; Geografiya-Geodeziyaga oidi-12ta; Kartografiyaga oidi-4ta; Mineralogiyaga oidi-3 ta; Iqlim va ob-havoga oidi-3ta; Falsafaga oidi -4ta; Fizikaga oidi-1ta; Dorishunoslikka oidi-2ta; Etnografiyaga oidi-15ta; Adabiyotga oid asari 28tadir. P.G.Bulgakovning taxminicha, Beruniy jami 10000 qo’lyozma varaq asar yozgan. Abu Rayhon Reruniy to’rtburchaklarni turlari bo’yicha ko’plab izlanishlar olib borgan. U o’zining “Astronomiya san’atidan boshlang’ich ma’lumot beruvchi kitob’’ nomli asarida “To’rtburchaklarning turi qanday?’’ deb savol qo’yadi va unga quidagicha javob beradi: “Ulardan birinchisi – kvadrat, uning barcha tomonlari teng, barcha burchaklari to’g’ri, dioganallari, ya’ni qarama-qarshi burchaklari tutashtiruvchi chiziqlari o’zaro teng. Ikkinchisi- to’g’ri to’rtburchak, u kvaratga nisbatan uzunroq, barcha burchaklari to’g’ri, turli tomanlari turlicha,uning faqat qarama-qarshitomanlari va dioganallari teng. Uchinchisi-romb, uning to’rtta tomoni teng, ammo dioganallari turlicha, burchaklari esa to’g’ri burchak emas. To’rtinchisi-rombaid, uning diogonallari turlicha, faqat ikkitadan qarama-qarshi tomanlari teng. Bu shakllardan farqli to’rtburchaklar trapetsiyalar deyiladi’’. Beruniy asarlarida “trapetsiya’’ – “muxarrif’’ deb nomlanib, bu atama yunoncha “trapedzion’’ sozining arab tilidagi tarjimasidir.
Beruniy “Qonuni Mas’udiy” asarini 1030-yilda yozgan va shox Mas’udga bag’ishlangan. Asar 11 bo’limdan iborat bo’lib, 1-2-bo’lim xronologiya va kalendar masalalariga bag’ishlangan.
3-5- bo’limida trigonometrik masalalar bayon etilgan bo’lib, bu bo’lim 11 bobdan iboratdir.
1-bobda bir-biriga mos ravishda vatar (geometrik atama)lar yasash orqali, ichki chizilgan muntazam uchburchak va o’nburchakning tomonlari hisoblash masalalarini yechish uslublari bayon qilingan.
2-bob ichbi burchak yig’indisi va ayirmasining sinusi, ikkilangan va yarimburchak sinusining ifodalovchi teoremalarning ifodalanishiga bag’ishlangan.
3-bobda muntazam ichki chizilgan to’qqizburchakning tomonini yasash uslublari, 4-bobda burchakni teng uchga bo’lish masalalari, 5-bobda aylana uzunligining o’z diametriga nisbati, 6-bobda sinuslar jadvali, 7- bobda sinuslar jadvalidan foydalanish qoida va usullari bayon qilingan.
8-bob tangenslar jadvaliga oiddir.
11-12-boblar sferik trigonometriya masalalariga bag’ishlangan.
6-10-bo’lim geodeziya va maxsus astronomik o’lchov masalalari o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy haqida shunday bir ajoyib fikrlarni o’z asarida keltirib o’tgan edi.
“Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan,amerikalik tarixchi Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb ta’rifladi. V.Snelliusidan 600 yil avval masofada trigonometrik o’lcham usulini taklif qilgan. Kat va Qo’rg’on shaharlarida mahalliy boshqaruvchilar saroylarida, keyinroq shoh Ma’mun saroyida Xorazmda yashagan, taniqli olimlar jamlangan akademiyani boshqargan.Tabiat hodisalarini tekshiruvchi olim o’rnida u raqamlar tushunchasi kengashi, kubik tenglamalar nazariyasi, sferik trigonometriyaga o’z hissasini qo’shgan, trigonometrik jadvalini tuzgan”.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Saviya.uz, arboblar.uz
Geometriya 8-sinf darsligi 2019
A.A.Rahimqoriyev
M.A.To’xtaxodjayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |