Referati navoi-2021 referat mavzu: Davlat standartlari Reja: O’zbekiston davlat standartlari



Download 54,96 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi54,96 Kb.
#287261
TuriReferat
Bog'liq
Axadova Bibixonning referat ishi.


O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta ta'lim vazirligi Navoiy Davlat Pedagokika instituti kunduzgi ta'lim shakli tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi “1-D”guruh talabasi Axadova Bibixonimning

Chizmachilik fanidan yozgan

REFERATI

Navoi-2021

REFERAT

Mavzu:Davlat standartlari


 
                  Reja:


  1. O’zbekiston davlat standartlari.

  2. DTS chizmalarning umumiy qoidalar.

Barcha mamlakatlarda, jumladan O`zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ma`lum sifatga ega bo`lishini ta`minlash maqsadida ularga davlat standartlari belgilanadi.

Standart (inglizcha-norma, namuna, qoida, o`lcham)-barcha ishlab chiqarish sohalariga qo`yiladigan va vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan norma, qoida va talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlash ishlab chiqarishning rivojlanish sur`ati va darajasiga, sifatiga hamda iqtisodiy tejamkorlikka muhim ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Mahsulotlarni standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayangan holda amalga oshiriladi.

Respublikamizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlash kabi buyumlarning konstruktorlik hujjatlarini tayyorlashga ham davlat standartlari belgilanadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin standartlar qaytadan ishlab chiqilib, yangilari bilan to`ldirilgan va 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi metrologiya va standartlashtirish davlat markazi tomonidan konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi –KHYAT (ESKD) degan umumiy,nom bilan tasdiqlangan. ESKD tarkibiga kiruvchi standartlar O`zRM va STD markazi tomonidan ma`lum tartibda belgilangan ro`yxat bo`yicha tasdiqlangan va 11.01.2002 yildan boshlab amalda joriy etila boshlangan.

ESKDning hamma standartlari 2-klassga kiritilgan va ixtisoslar bo`yicha guruhlarga bo`lingan hamda shifr guruhlari -0, 1, 2, …, 10 raqamlar bilan belgilangan va “Umumiy qoidalar” dan tashqari 9 ta guruhga bo`lingan.

0-Umumiy qoidalar. 1-Asosiy qoidalar. 2-Konstruktorlik hujjatlarda buyumlarning klassifikatsiyasi va belgisi. 3-Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari. 4-Mashinasozlik va asbobsozlik buyumlari chizmalarini bajarish qoidalari. 5-Konstruktorlik hujjatlarining qo`llanish qoidalari. 6-Ekspluatatsiya va remont hujjatlarini boshqarish qoidalari. 7-Sxemalarni bajarish qoidalari. 8-Qurilish hujjatlarini bajarish qoidalari. 9-Boshqa standartlar.

ESKD “Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari”ning barcha standartlari quyidagi tuzilishda belgilanadi. Masalan, “Chizma formatlari” DST (GOST)-2-301-97 standartlarini olib qaraylik.

GOST-davlat standarti.

2-ESKD standartlari klassi.

3-Standartning klassifikatsion guruhi nomeri.

01-Bu ikki raqam standartning guruhdagi tartib nomeri.

97-Standart tasdiqlangan yilning oxirgi ikki raqami.

Masalan, ESKDning “Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari” standartlarida masshtablar GOST2-302-97; chizma chiziqlari GOST2-3003-97; chizma shriftlari GOST2-304-96 deb belgilangan va hokazo.

Davlat standartlari rasmiy hujjat bo`lib, uning talabalrini buzuvchilar qonun oldida javobgardirlar. Buyum (mahsulot) ishlab chiqaruvchi va konstruktorlik hujjatlari tayyorlovchi barcha tashkilotlar davlat standartlariga rioya qilishga majburdirlar.

Shuningdek, chizmalar chizishda ESKD standartlariga amal qilish barcha o`quv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi.

.Chizma taxtasi. Chizma taxtasi ГОСТ 671-56-65 ga muofiq chizma qog’ozlarining uhc formati A4, A3, A2, A1 ga mo’ljallab yumshoq darajadan tayyorlanadi.

Qalamalr. Qattiq, o’rtacha yumshoqlikda va yumshoq qalamlar bo’ladi. Qattiq qalamlar T, o’rtacha qattiqlikdagi qalamlarga TM,yumshoq qalamlar M bilan belgilanadi. Shuningdek N qattiq, B yumshoq, NB o’rtacha qattiqlikdagi markali chet elda ishlab chiqilgan qalamlar xam ishlatiladi.

Gonyalr. Gonyalar GOST 5095-67ga muvofiq to’g’ri burchakli uchburchak shakilda yog’och, plasmasta tsellyullandan ishlab chiqilgan. Yog’ochlar o’tkir burchakli 900x450 x 450 va 900x300x700 li ikki xilda ishlab chiqariladi.

Reysheyno. Reysheynolar GOST 7286-54 ga asosan ishlab chiqiladi. Reysheyno uzun leneykadan va unga to’g’ri burchak ostida maxkamlangan kalta plenkadan.

Tronspoter. Tronspoter turli burchaklarni ishlash uchun ishlatiladi.

Lekololar. Lekololar Sirkul bilan chizib bo’lmaydigan egri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi. Lekolalar farerdan, plasmastalardan yasaladi.

Gotovolnik. Ular g’ilofga joylashtirilgan chizma asboblari to’lamidan iborat.

Chizma qog’ozi. Ular qalin, silliq oq qog’oz bo’lib, unda qalamda chizmalar qisimlarining bir necha bor o’chirg’ich bilan o’chirish mukin. Bunday qog’ozga tushda chizilgan chiziqlar yoyilib ketmaydi. Chizma qog’ozlari A4, A3, A2, A1 formatlarda B, O markada GOST 597-56 bo’yiga ishlab chiqariladi.

Mavzu:Chizma farmatining o’lchamlari.

Reja:


  1. Format nima?

  2. Formatning kelib chiqish tarixi.

Format (fransuzcha format-ko`rinish)-kitob yoki daftar varag’ining o`lchami degani. Chizmachilikda chizma chizish uchun ma`lum o`lchamdagi qog’oz varag’I (list) ya`ni formatdan foydalanadilar. Bu formatlarning o`lchamlari GOST 2-301-97 standartda belgilangan (1.1-jadval).

1.1-jadval.

Format belgisi

AO

A1



A2

AZ

A4



Format tomonlarining o`lchami, mm

1189x841


594x841

420x594


297x420

210x297


Mazkur standart barcha sanoat va qurilishdagi konstruktorlik hujjatlari: chizmalar va ularning boshqa hujjatlari listlarining formatlarini belgilaydi.

Listlar formati original, asl nusxa, ikkinchi nusxa ko`chirma nusxalarning tashqi hoshiya o`lchamlari bilan aniqlanadi.

AO format tomonlarining o`lchami 1189x841 mm, yuzasi 1m2 ga teng.

Har bir keyingi format oldingi formatning uzun tomonini teng

Ikkiga bo`lishdan hosil qilinadi va ular asosiy formatlar deyiladi. 1.23-shaklda AO formatdan A1, A2, A3, A4 formatlarni hosil qilish ko`rsatilgan. Sotuvda A4, A3, A2, A1 formatli chizmachilik qog’ozlari bo`ladi.

Zarurat paydo bo`lganda, A5 (148x210) formatdan foydalanishga ruxsat etiladi.

Ba`zi hollarda 1.1-jadvalda ko`rsatilgan formatlarning birortasida ham buyum chizmasini qulay joylashtirib bo`lmaydi. Masalan, tasvirlanadigan buyum ingichka va juda uzun shaklga ega bo`lsa, bunday holda asosiy formatlardan foydalanilsa, chizma qog’ozidan tejamli foydalana olmaymiz. Ana shunday hollarda istesno tariqasida qo`shimcha formatlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Masalan, 1.24-shaklda A3 formatning qisqa va uzun tomonlarini uzaytirish bilan qo`shimcha format hosil qilish ko`rsatilgan.

1.24-shakl, a da A3 formatni qisqa tomonini yarim marta (A3x), bir marta (A3x1), ikki marta (A3x2) va uch marta (A3x3) uzaytirish natijasida hosil qilingan karrali formatlar ko`rsatilgan.

1.24-shakl, b da A3 formatning uzun tomonini yarim va bir marta uzaytirish bilan hosil qilingan formatlar ko`rsatilgan.

1.2-jadvalda davlat standartlari bo`yicha ruxsat etilgan qo`shimcha formatlarning asosiy format belgilari, o`lchamlari va necha karraligi berilgan

Frantsuz tilidan format yoki italyan tilidan format, muddati format ga ishora qiladi shaklning o'lchami va o'lchovlari bitta fotografiya a rasm va boshqalar Masalan: "Iltimos, ushbu hujjatlarni A4 formatida chop eting, men ularni munitsipaliyada taqdim etaman", "Qo'llanma yuridik formatda, shuning uchun uni saqlash uchun kattaroq papka kerak bo'ladi", "Fabian menga 13 × 18 formatli taqqoslash qildi".

The formatlari ning qog'oz standart bo'lganlar eng mashhurlari 1922 tomonidan DIN 476 standarti nemis institutidan. Ushbu standart xalqaro ekvivalentning asosi bo'lib xizmat qildi (ISO 216 ) ga qaramay, ko'pgina davlatlar hali ham boshqa an'anaviy tizimlardan foydalanadilar.

Tomonidan tan olingan formatlar ISO 216 Ular uchta seriyaga bo'lingan (A , B va C ), o'lchamlari bilan 0 ga 10 . Dunyo bo'ylab eng mashhur qog'oz formati A4 (ya'ni A o'lchami 4 seriya , ga teng 210 x 297 mm ).



Ichida Amerika Qo'shma Shtatlari va ba'zi Lotin Amerikasi mamlakatlarida formatlar Maktub , Ofis (yoki Folio ) va Huquqiy .

To'plami texnik va rasmiy xarakteristikalari a dasturi televidenie yoki radio yoki davriy nashr U format sifatida ham tanilgan: "Aktrisa Meksika seriyasida strip formatida o'ynashini e'lon qildi", "Menga jurnal formatidagi radioeshittirishlar yoqadi", "Menimcha, biz ko'proq homiylarni jalb qilmoqchi bo'lsak, jurnal formatini o'zgartirishimiz kerak bo'ladi".
Download 54,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish