O`zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Sotsiologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi
Isamurodova Komilaning
Sotsial psixalogiya fanidan bajargan
REFERATI
MAVZU: Shaxsning ijtimoiy psixologik tavsifi xarakteristikasi
REJA:
1.Ijtimoiy psixologiya haqida umumiy ma`lumotlar.
2.Shaxsning psixologik xarakteristikasi.
3.Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari I.p. da voqelik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. I.p. faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida I.p. ni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boʻlgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan I.p. 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va b. mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi. Ayniq-sa, AQShda Kotorning oʻtkazgan tajribasi, E. Meyoning izlanishlari I.p. tarixida muhim rol oʻynadi. Bu tadqi-qotlarga kichik guruhlar asosiy obʼyekt kyugab olingan, tajribalar esa lab. sharoitida oʻtkazilgan. I.p. fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va gu-ruhiy oʻzaro taʼsir, guruxlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong , mentalitet, milliy qiyofa, harakter, taʼb, anʼana, odat, marosim va b. ni tekshiradi. I.p. bir necha sohalarni oʻz ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiya-si, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok kilish psixologiyasi, amaliy I.p. kabilar. Oʻzbekistonda I. p. yoʻnalishidagi tadqiqotlar asosan mustaqillik davrida yoʻlga qoʻyila boshlandi. Bu ishlar zaminida I. p. sohalaridan biri — "Oila psixologiyasi" ilmiy maktabi vujudga keldi. Oʻzbek oilasining ijtimoiy psixologik, etnopsixologik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan "Oila psixologiyasi" darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsatadi.
Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta Yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, Shaxs bo`lib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiyotdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
Shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli-tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur.
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo’layotganligi tufayli unga qiziqishning kjsakligidan dalolat bermoqda.
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o’rin egalladi. Psixologiya olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog’liqlikka ega. Bu kontekstda xulq motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta’sir o’tkazishning samarali yo’lyo’rinushrini qidirishni eslatib o’tishning o’zi kifoya.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqpi ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, xilma-xil shaxs strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada B.G.Ananьyevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) va irodaga ajratilishi inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning xaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir. B.G.Ananьyev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi-psixik aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar bilan uyg’unligini ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar sistemasi o’zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari ontogenetik, evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va takomillashuv jarayonida o’z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitutsion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya’ni yakkahollik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft retseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Jahon psixologiyasi to’plagan nazariy va amaliy ma’lumotlarga ko’ra, yosh, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik (xotira), verbal (so’z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi hamda organiq ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikqilamchi deb atab, ularning integratsiyasi temperament xususiyatlarida va tug’ma mayllarda ifodalanishini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. Chunki yuqoridagi sifatlar ontogenetik evolyutsiya jarayondan iborat bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh davrga oid va individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy muhitda vujudga kelgan sifatlari ta’sir etib, uning individual o’zgaruvchiligi omilini yanada kuchytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |