Referati mavzu: Populyatsiyalar tuzilishi. Bajardi: E. Mansurov Qabul qildi: G‘. Qudratov Qarshi 2016



Download 48,71 Kb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi48,71 Kb.
#233343
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
populyatsiyalar tuzilishi (1)

Koloniyalar o’troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikdagi yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki ko’payish oldidan birga yashashi mumkin.Koloniyani tashkil etuvchi individlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar nihoyatda xilma-xildir.Eng oddiy ko’rinishlardan biri xemotaksis asosidagi to’planish, murakkabroq shakldagisi esa bir-biri bilan kelishib (xabar berib), biror-bir hayotiy funksiyani bajarishdir. Bu o‘troq hayvonlarning guruh bo‘lib yashashidir.Ular uzoq vaqt ham davom etishi mumkin yoki ko‘payish vaqtida:m:ko‘pgina qushlarda – grach,chayka, Gagra va h.k.lar. Hayvonlar koloniya-sida individlarning o‘rtasida o‘zaro aloqa murakkabligi jihatidan xilma-xildir. Yakka holda hayot kechiruvchi formalarni oddiy territorial to‘planishidan tortib qaysiki alohida а’zolari butun bir organizmda bir organ sifatida turning hayotida har xil funksiyani bajaradi.

Bа’zi hayvonlarda koloniya bo‘lib yashashning elementar formalari uchraydi. Ular mа’lum vaqtdagina birgalikda hayot kechiradi. Koloniyalarning murakkab formasida hayvonlar bunday jamlanishda bir qancha funksiyalarni birgalikda bajaradi. Bularga dushmanidan himoyalanish, havfdan ogoh etish kabi bir qator funksiyalarni birgalikda bajaradi.Chaykalar, o‘rdaklar, qaldir-g‘ochlar va boshqa qushlar juda katta shovqin ko‘tarib yirtqichlarga birgalikda tashlanadi. Ular ko‘targan trevoga qolganlarini ham jalb qiladi.

Kolonial hayot tarzida individlarning uya territoriyasi har xil bo‘ladi. Uya, ular oraisdagi masofa ham har xil 3-5 m.ga boradi.Uchastkalarni tanlashda janglar ham chiqadi. Bа’zilarida bunda territoriya uchastka aniq bo‘ladi. Joy uchun uni tanlashda doimo janjal chiqib turadi. Bа’zi qushlarda territorial instinktlar ko‘zga tashlanadi. M:shahar qaldirg‘ochlari, Janubiy Amerika lichinkaxo‘r kakkulari umumiy in soladi va o‘nlab urg‘ochilari umumiy uyaga tuxumini qo‘yadi va navbatma – navbat bosadi.

Termitlar, chumolilar, asalarilar kalonial hayoti yana ham murakkab. Bir oila individlari turli funksiyalarni bajaradi.

Bunga misol qilib dushmandan saqlanish uchun zarur bo’lgan ogohlantiruvchi signallarni ko’rsatish mumkin. Sutemizuvchilar orasida kolonikya bo’lib hayot kechirish oilaviy guruhlarning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va dastlabki oila bilan bog’lanish saqlanib qoladi. Hasharotlarda(termitlar, chumolilar, arilar) kuzatiladigan koloniyalar ham murakkab hisoblanib, ularning asosida ham oilalarning kengayib ajralib chiqishi yotadi. Bunday koloniyalar birgalikda ko’payish, himoya qilish yosh avlodni va o’zini boqish, qurilish ishlarini bajarish kabi funksiyalarni bajaradilar. Mehnat taqsimoti ayrim individlar orasida yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan holda berilgan bo’ladi. Chumolilarning birgalikda yashashida turli xildagi signallar tizimidan foydalanish kata rol oynaydi.

Galalarbir turga kiruvchi ba’zi guruh hayvonlarning biron-bir biologik jihatdan foydali harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Bu hayvonlarning vaqtinchalik to‘planishi bo‘lib, harakatni tashkillashtirishda biologik jihatdan foydali bo‘ladi. To‘rning hayot-dagi funksiyalarning yengil, oson bajarilishida dushmandan himoya, ozuqa topish,migratsiya va h.k.larda gala bo‘lib yashashining ahamiyati katta .

Gala bo‘lib yashash qushlar, baliqlar hamda bа’zi yirtqichlar, sut emizuvchilarga xos. Gala bo‘lib yashashda harakat koordinat-siyasi ikki kategoriyaga bo‘linadi.

1.Ekvipotensial – alohida а’zolarning ustunligi sezilmaydi.

2.Bitta а’zosi – lider, sarqor bo‘lgan galalar .

Birinchi tip qushlar galalari, baliqlar galasi va mayda qushlar galasi uchun xos. Ikkinchi tip esa yirik qushlarda va sut emizuv-chilarga taaluqlidir.

Galalar formasi, miqdori, zichligi doimo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayniqsa buri galalari qishda ko‘paylashib ovlash uchun shakllanadi. Sut emizuvchilar galalarida gala boshlig‘i-sardorining roli katta bo‘ladi.

Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa topish, migratsiyalar kabi funksiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Gala bo’lib yashash baliqlar, qushlarda va sutemizuvchilardan itsimonlarda uchraydi. Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi.O’troq holda yashovchi qushlar o’rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko’rish bilan bog’liq signallar mavjud.

Bo’rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi. Bu hayvonlarning uzoq va doimiy birgalikda to‘da, poda bo‘lib hayot kechirish usulidir. Poda guruhlarida tur hayotining asosiy funksiyalari birgalikda bajariladi: oziq topish, migratsiya, ko‘payish, bolalarini tarbiyalash va h.k. Hayvonlar podasidagi xulq-atvor hukmronlik qiluvchi va itoat qiluvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bilan belgilanadi. Poda bir butun organizm sifatida harakat qiladi.Harkatlarga poda boshi, serka boshchilik qiladi.Podaning eng tajribali а’zosi podaga boshchilik qiladi. M: Shimol bug‘ulari podasini tajribali keksa individlar bajarib boradi. Ular boshqalarga nisbatan yo‘lini yaxshi oriyentr oladi. Dushman xavfini sezish qobiliyati ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun shimol bug‘ulari podalarida 18-20 % individlar potensial lider, sardorlar hisoblanadi va ular uzluksiz yo‘l davomida almashinib turadi. Boshqa hayvonlarda «serka» podaboshilari bo‘ladi.



Podada serkalar har xil funksiyalarini bajaradi.Yilqilar podasida «ayg‘ir» harakatni boshqaradi, havfdan olib chiqadi. Yirtqichlardan himoya qiladi, janjallarga barham beradi.Qulunlarga va kasal hayvonlarga gamxo‘rlik qiladi.

Iyerarxiya (yakka hukmdorlik yoki bir individga bo‘ysunish) sistemasi podaning asosiy tuzilishidan biridir. Hamma individlar eng kuchli, tajribali individlarga bo‘ysunadi. Vojaklar individ-larning o‘zaro janglari, kuchini aniqlash orqali tanlab olinadi va ular so‘zsiz podaga boshchilik qiladi.Bu tanho sardorlardan tashqari podada ikkinchi darajali sardorlar ham bo‘ladi. Qolganlari esa shularga bo‘ysunadi. Sardorlarni podada imkoniyati boshqalar-nikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu urg‘ochi tanlashda, yaxshi dam olish joyini tanlashda, o‘ljani bo‘lishda hamisha oldin sardorlar tа’minlanadi. Qolganlari esa ulardan ortgani bilan qanoatlanadi. Bunday sistemaning biologik jihatdan ahamiyati nihoyatda katta, ko‘p hollarda zaif individlar nobud bo‘lib ketadi.

Podaning o‘ziga xos qonuniyatlari mavjud, shunga bo‘ysun-ganlar, itoat qilganlarigina yashay oladi.

Podalar galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida birlashish shaklidir. Podalar odatda tur uchun xos bo’lgan barcha xususiyatlarni, ya’ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migratsiya, ko’payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli xulqiy xatti-harakatlari “hukmdor” va “itoatkor” asosidagi o’zaro munosabatlardan tashkil topadi.

Podalar tashkil bo’lishining bir ko’rinishi vaqtinchalik yoki doimiy biron-bir rahbar yoki boshliqning xatti-harakatlariga qarab boshqa individlarning o’z faoliyatini amalga oshirishda ko’rinadi. Podadagi har bir individ rahbarga itoat qilgan holda ahil bo’lib harakat qiladi. Buning uchun u ancha tajribali, tadbirkor, odil va kuchli bo’lishi kerak. Podada bir-biriga boysunuvchi ya’ni yetakchi individlar bo’lsa, ularda xulqiy munosabatlar yanada murakkab bo’ladi. Yetakchi individlar o’ta tajribali va tadbirkor podaga faol boshchilik qilishi bilan ajlralib turadi. Masalan, otlar podasidagi yetakchilar harakatni boshqaradi, yirtqichlardan himoya qiladi, janjallarni tinchitadi, kasal yoki yosh individlarga g’amxo’rlik qiladi.

Hamkorlikda hayot kechirish fiziologik jarayonlar samarador-ligini kuchaytiradi va hayotchanligini oshiradi. Bu esa «guruh bo‘lib yashash samaradorligi» deb ataladi. Bu individlarning o‘z turiga tegishli bo‘lgan boshqa individlarga nisbatan ko‘rsatilgan psixo-fiziologik reaksiyalaridir. M:podadan ajralgan qo‘ylarda nafas olish va yurak urishi tezlashadi, poda yaqinlashganda bu yana oldingi holga keladi. Yakka holda hayot kechiruvchi ko‘rshapa-laklarda kaloniya bo‘lib yashovchilariga nisbatan moddalar almashinuvi tez boradi. Bu energiyaning ortiqcha sarflanishiga olib keladi va hatto o‘lim bilan tugaydi.

Guruh samaradorligi turlarni ozuqa topishda, migratsiya, ko‘payish, urug‘lanish, dushmandan himoya qilish, qishlash va h.k.larda ahamiyati nihoyatda katta bo‘ladi.

Xulosa

Populyatsiya – bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib, ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funsiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a’zolarning hayotiy belgilari : Tur vakillari qalinligi, tug’ulishi, o’lishi, yosh boyicha taqsimlanishi, organizmning biotik potensiali, ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genitik xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu holati organizmning to’g’ridan – to’g’ri ekologik moslashishi, qayta ko’payishi va turg’unligiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobilyatini saqlab qolishdir.




Download 48,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish