Abu Ali ibn Sino (980-1037) Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biri. U axloq togrisidagi fikrlarida axloqiy fazilatlarni ulugladi va axloqiy illatlarni, yomonlikni keskin qoraladi. Olim ta'lim-tarbiya masalalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Uning bolani tarbiyalash va oqitish borasidagi kop fikrlari ozining chuqur mazmunga egaligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratga qoldiradi.
Ibn Sino oqitish jarayoniga katta ahamiyat bergan va uni tubandagi tarzda tashkil qilishni zarur, deb hisoblaydi:
Oquvchini birdan kitobga jalb qilib qoymaslik kerak.
Oqitish asta-sekin, osondan qiyinga otish yoli bilan olib borilishi lozim.
Oquvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bolishi shart.
Oqitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor.
Oqitish oquvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi zarur.
Oqitish jismoniy mashqlar bilan qoshilib olib borilishi shart.
Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida oqituvchining roliga katta e'tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6 yoshga tolishi bilan uni ustoz tarbiyasiga berishni tavsiya qiladi. Tarbiyachi rostgoy, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala bolishi zarurligini uqtirib, yosh avlodni oqitadigan hamda tarbiyalaydigan kishilar oldiga bir qancha talablar qoygan. Uning fikricha:
Tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bolishi kerak.
Muamllim oquvchilar ta'limni qanday ozlashtirayotganini kuzatib borishi kerak.
Oqitish jarayonida muallim har xil usullarni qollashi darkor.
Tarbiyachi oquvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatlarini bilishi lozim.
Tarbiyachi bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qollashi, otilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirishi lozim.
Tarbiyachi oz fikrini oquvchiga bayon qilishdan oldin undan masalaning mohiyatiga ozi tushunib olmogi, keyin uni qisqa adabiy tilda tushuntirishi, ortiqcha gapirishdan qochishi kerak.
Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uygotadigan bolishi lozim.
Ibn Sinoning fan va ta'lim-tarbiya, oqituvchilar haqidagi fikrlari uning anna shu masalalar boyicha chuqur bilim va katta tajribaga ega bolganidan dalolat beradi.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) buyuk olim, zabardast dostonnavis, tadbirkor davlat arbobidir. Uning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bolish, adolatparvarlik goyalari asosiy orin tutadi. Olimning fikricha, insonning ulugligi, aql-idroki, sozlash qobiliyati, bilimi, uquvi hunarga egaligidir.
Oquv qayda bolsa, uluglik bolur,
Bilik kimda bolsa, beduglu alur.
Oqishlug oqar-ul biliglig bilir,
Biligli, oqigli tilikka tegir.
Yusu Xos Hoibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bolib kamol topmogi kerak. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmogi shart. Shundagina ularning noorin xatti-harakatlariga berilishningg oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorlangan puxta zaminga bolgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Shundagina bolalarimiz togri tarbiya oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |