Ilk uyg’onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari va omillari.
Yurtimiz arab xalifalifaligi tomonidan bosib olingach bu yerda ham arab alifbosi va uning imlosi joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning davlat tili edi. Shuningdek, Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII-asrlarda Movarounnaxr aholisi o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, totuvlik , yaqinlik va hamjihatlik vujudga keladi. Natijada, o’lkada moddiy ishlab chiqarish , madaniy rivojlanish jarayoni ancha tazlashadi. Shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o’sdi, aholi faolligi barqarorlashdi. San’at ayniqsa, devoriy tasvir ravnaqi yangi bosqichga ko’tarilgan edi. Xaykaltaroshlik , badiiy yog’och o’ymakorlik, ganchkorlik taraqqiy etdi. Musiqachilar , bastakorlar ko’payib bordi, naychilar, o’yinchi raqqoslar, surnaychilarning oilaviy chiqishlari bo’lib turar edi.
Bu davrda diniy e’tiqodlar o’zaro munosabatda bo’lganligi aholining hayotida va mamlakat osoyishtaligida muhim o’rin tutgan. Shu bilan birga tabiiy fanlarga, atrof-muhitni anglash, mavjudotni kengroq bilishga intilish kuchayadi. Xususan, o’sha paytlarda So’g’d taqvimlari tuzilganligi, hozirgi To’rtko’l hududida esa rasadxona bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Demak, O’rta Osiyoda qadimdan sivilizatsiya asoslari, moddiy va ma’naviy madaniyatning chuqur ildizlari bo’lgan.
Arablar bosqini natijasida o’lkamiz madaniyatiga jiddiy putur yetgan. Yillar o’tib bir muncha tiklandi va yangi sharoitda ilm-fan rivojlandi. Madaniy-ma’rifiy sohalarda jiddiy ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Arab xalifaligida ham IX asr boshlariga kelib ilm-fan, ma’rifat ahamiyatini yaxshiroq tushundi. Xalifalikning yangi poytaxti Bag’dodda 832-yili “Bayt ul-hikma” ( Donishmandlar uyi ) tashkil etilib, uning ehtiyoji uchun qayta mablag’ ajratildi. Bu o’z navbatida Movarounnaxrda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Akademiya “Donishmandlik uyi”da xalifalikning turli o’lkalaridan kelgan arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib bordilar. Uning faoliyatida O’rta Osiyodan borgan olimlar ham muhim ro’l o’ynadilar.
Bu davr madaniyati adabiyotlarda Yaqin Sharqda uyg’onish davri madaniyati sifatida talqin etiladi. Haqiqatdan ham bu davrdagi yaqin sharqda arab tilidagi madaniyat o’z mazmuni, yo’nalishi , yutuqlari bilan Uyg’onish davri madaniyati boshqa o’lkalardagi so’nggi madaniy yuksalishga ta’sir ko’rsatdi.
Ma’lumki, VIII asrlarda O’rta Osiyo yangi vujudga kelgan arab xalifaligi tomonidan istilo qilindi. Keskin kurashlar , qarshiliklar qaramay yerli xalq bosqinchilarga qaram bo’lib qoldi. Buyuk olim Beruniyning yozishicha, bosqinchilar yerli xalqlarga ham moddiy ham ma’naviy jihatsdan katta zarar keltirdi – yerli hokimyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat, mavjud yozuvlar yo’q qilindi, kitoblar yondirib yuborildi, arxitektura , san’at namunalari barbod bo’ldi. Ma’naviy norozilik kuchaya bordi. Xalq mustaqillikni tiklash uchun qo’zg’alonlar ko’tardi. Xalqning kurashi natijasida Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’avnaviylar va Xorazmshohlar davlatalari vujudga keldi. Qadimgi hind, eron, arab, yunon madaniy boylilari qorishib, adabiyotlarda “musulmon madanioyati” deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.
Qadimgi madaniyat an’analariga nihoyatda boy bo’lgan O’rta Osiyoda mustaqillikka erishgan xalq bu davr ichida o’z madaniyatini yuksaklikka ko’tara oldi. Shaharlar, shahar madaniyatining tez rivoji hamda madaniy aloqlarning kuchayishi samarasi bo’lgan Uyg’onish davri boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |