Referati mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekiston toponimiyasidagi o’zgarishlar Reja: Kirish



Download 36,49 Kb.
bet1/4
Sana12.08.2021
Hajmi36,49 Kb.
#145679
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Toponimika




Namangan davlat universiteti 101-guruh talabasi Fayzullayeva Oydinning

Mustaqillik yillarida O’zbekiston toponimiyasidagi o’zgarishlar”mavzusida yozgan



REFERATI
Mavzu:Mustaqillik yillarida O’zbekiston toponimiyasidagi o’zgarishlar
Reja:

1.Kirish.

2.Toponomikaning boshqa fanlar bilan aloqalari.

3.Toponimlarning paydo bo’lishi.

4.Toponomika va geografiya

5.Toponomika tarixidan.

6. O’zbekiston toponimlarining o’rganilish tarixi.

7. Xulosa


Toponimika (lotincha topos — joy, onoma— ism) — jo’g’rofiy nomlarning paydo Bo’lishi, rivojlanishi, o’zgarishi va to’g’ri

yozilishini o’rganuvchi fan.



Toponimika (yun. topos — joy va onyma— ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning

paydo bo’lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o’zgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik

xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o’rganuvchi bo’limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so’zlar singari til qonuniyatlariga

bo’ysunadi, lekin o’zining paydo bo’lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo’lib, ma’lum darajada boshqa guruh so’zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo’lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko’proq saklangan bo’ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg’uloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. T. geogr., tarix, etn. bilan chambarchas

aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va boshqalar)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki ba’zi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o’zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, ko’pincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. T. xalklarning tarixiy o’tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o’tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo’llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga ko’ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi T.ning amaliy jihati hisoblanadi.

Toponimlar yirik yoki mayda obyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta obyektlar (materiklar,okeanlar, tog’lar, cho’llar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik obyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko’chalar, qo’rg’onlar va shu kabi) ning atoli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko’pincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.

Turli xil geografik obyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda T.ning quyidagi bo’limlari ajratiladi: gidronimika — suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko’l kabilarning nomlarini o’rganuvchi soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, ko’cha, ovul, qo’rg’on nomlarini o’rganuvchi soha; oronimika — yer yuzasining relyef shakllari: tof, cho’qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday ob’yektlar nomlarini o’rganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi ob’yektlar (osmon jismlari) nomlarini o’rganuvchi soha va boshqa So’nggi 40—45 y. ichida T.ning nazariy va amaliy asoslari ishlab chikdldi, T. sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P.Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O.N. Trubachev, oʻzbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. Begmatov, T. Nafasov, S.Qorayev, 3. Doʻsimov va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Oʻzbekiston toponimiyasi 20-asrning 60-yillaridan ilmiy asosda organila boshlandi:Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Margilon,Qoqon, Buxoro, Boysun, Mirzachol, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, T.ga oid bir necha lugatlar, risola va monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar manosi" (1978), 3. Do’simovning "Xorazm toponimlari" (1985), T. Nafasovning "O’zbekiston toponimlarining izohli Lug’ati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari ta’biri" (1994) va boshqa shular jumlasidandir.

Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg'ani boshqa bir jilg'adan, bir ko'chani yonidagi ko'chadan, tog'ladirlarni, shahar va qishloqlarni bir-biridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o'ylab chiqargan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi Toponimlarni toponimika fani o'rganadi.

Toponimika yunoncha topos - joy va onoma (yoki onima) - nom so'zlaridan tarkib topgan.

Joy nomlari, ya'ni toponimiya bir necha turga bo'linadi. Bular, gidronomiya (yunoncha gidro - suv), ya'ni daryolar, ko'llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo'ltiqlar, bo'g'ozlar, sharsharalar nomlari: oronimiya (yunoncha oros – tog), ya'ni yer yuzasining relef shakllari – tog'lar, cho'qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oykonimiya (yunoncha oykos – uy), polinimiya (yunoncha polis – shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos – shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros - kichik), ya'ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o'tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hitto atoqli otga ega bo'lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug'-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos – xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antropotoponimlar (yunoncha antropos – odam) deb atash mumkin.

Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko'llar, tog'lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o'rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi.

Geografik nomlar, ya'ni toponimlar til lug'at tarkibining bir qismi bolib, til qonuniyatlariga bo'ysunadi. Albatta, so'zni tilshunoslik - lingvistika fani o'rganishi kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o'rganadigan onomastika fanining bir qismi bo'lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi.




Download 36,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish