Referati mavzu: milliy xafsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohatlar reja



Download 280,42 Kb.
bet4/4
Sana12.01.2022
Hajmi280,42 Kb.
#336948
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy xavfsizlik

Qonunga asoslangan nazorat

“O‘zining 26 yillik faoliyati davomida MXX qonunchilikka tayanib emas, balki 1991-yildagi qisqagina hukumat qarori asosida ish yuritib kelgan”, deydi toshkentlik huquqshunos Muslima Hakimova Karvonsaroyga. “Shu paytgacha uning faoliyatini tartibga soluvchi hech qanday hujjat qabul qilinmagandi.”

29-mart kuni Senat “DXX ustidan nazorat o‘rnatuvchi” qonunni qabul qildi, dedi qonun matni bilan tanishib chiqqan Senatdagi manba Javohir Mavlonov Karvonsaroyga.

“DXX bevosita prezidentga bo‘ysunadi, shu bilan birga, o‘z faoliyati haqida Senatga hisobot berib turadi. Uning ish faoliyatining qonunga muvofiqligini esa Bosh prokuratura nazorat qilib boradi”, dedi u.

Qonun qabul qilinganidan ko‘p o‘tmay, MXX davridagi yuqori lavozimga ega bo‘lgan bir qator rasmiylar xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanib, hibsga olingan.

Jumladan, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi 2-aprel kuni MXXning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent viloyati boshqarmasining sobiq rahbari Mansur Mirzayev, bir kun o‘tib, MXX generali Hayot Sharifxo‘jayev hibsga olingani haqida xabar berdi.

“Bunday yangiliklar kishiga umib bag‘ishlaydi”, deydi siyosatshunos olim Valeriy Xan. “O‘z saflarini tozalab olganidan so‘ng, DXX yanada samaraliroq ishlashi va barcha e‘tiborini haqiqatan ham muhim tahdidlarga qaratishini kutsa bo‘ladi”, dedi u.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida).

2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova).

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek, chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini, xonalar, texnik qurilmalar, transportda yurish hujjatlarini taqdim etsinlar va xizmat vazifalarini bajarish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasinlar.

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir.


«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova).
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»


O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.

1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.

1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.

Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.


1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.

1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.


Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.

Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:

Quriqlikdagi qo‘shinlar.

Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.

Maxsus qo‘shinlar.

Milliy gvardiya brigadasi.

Chegara va ichki qo‘shinlar.

Milliy xavfsizlik xizmati.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.

1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.

Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.


Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.



Hai bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi. Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat 1 Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. — Т.: O'zbekiston. 1995. ~ 57 58-betlar. XXIX bob. Mudofaa va xavfsizlik 533 www.ziyouz.com kutubxonasi davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi, suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi. Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir” 1 - degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi. Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Prezident tomonidan ko'rsatib o'tildi. M a’ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsadi bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo'lida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof etildi. Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan. O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan. O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsiyaviy normada o'z ifodasini topgan- (125-modda). Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan.

О’zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” 1, - deb qayd qilgan edi. Bundan ко rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik faqat davlat va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta’minlash uchun ham zarur. “Mudofaa to‘g ‘risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo‘lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida tashkil qilinadi. Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat: - boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi tajovuzlarning oldini olish; - xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok etish; - harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga mosligini ta’minlash; - yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; - Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi; - mudofaani yetarli darajada bo'lishi; - harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash. Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak. Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirayotgan narsa — bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar berildi. 1 Karimov I A. O'zbekistonda demokratik o*zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari

Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan1. Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi. O'zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to'g'risida” 2 maxsus qonun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo'lajak xavf-xatarlarni o'rganish, tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, shunga mas’uldir. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatning Milliy xavfsizlik xizmati alohida rol o'ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Prezident raisligida O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi




O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2018-yil 31-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarga bag'ishlandi.

Yig'ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a'zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda alohida ta'kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlash bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

Aynan shuning uchun ham O'zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgilandi.

Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog' vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e'tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O'tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O'zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo'shgani qayd etildi.

Bu, ayniqsa, bizning yaqin va uzoq yon-atrofimizda ro'y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg'unchi kuchlar tomonidan mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og'ir yillarda yaqqol namoyon bo'ldi.

Shu bilan birga, yig'ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda,  uning ayrim bo'linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko'rsatib o'tildi.

Davlatimiz rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko'rib chiqish kerakligini ta'kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug'ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo'linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo'nalishlarini ta'minlaydigan bo'linmalarni mustahkamlash zarurligi ko'rsatib  o'tildi.

O'zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko'lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo'ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Prezidentimiz Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o'zining kundalik faoliyatini mamlakatimizning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta'kidladi.

Joriy yilda O'zbekiston Respublikasining "Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida"gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funktsiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakatimiz huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

Har qanday jamoa, jumladan, MXX ish faoliyatining samarasi ham kadrlar, birinchi navbatda, uning rahbar xodimlariga, ularning o'z burchiga sadoqati, professional darajasi, mehnatsevarligi va yuksak mas'uliyatiga bog'liq, deb alohida qayd etdi Prezidentimiz.

MXX bo'linmalari o'zining vakolati doirasida xalqimizning muammolarini hal qilishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish ishlariga yaqindan yordam berishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti MXX o'quv yurtlarining rahbarlari va professor-o'qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og'ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo'lish, o'z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratishni qat'iy vazifa qilib qo'ydi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori  lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.



Milliy xavfsizlik xizmati va uning bo'linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo'yicha mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. https://xs.uz/

  2. https://lex.uz/

  3. https://hozir.org/

  4. https://www.uzavtoyul.uz/

  5. https://central.asia-news.com/



TOSHKENT-2021

Download 280,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish