Referati mavzu: Fan o`qituvchisi:­­­­



Download 29,78 Kb.
bet5/8
Sana15.01.2022
Hajmi29,78 Kb.
#370165
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
doston referat

avtomatik va noavtomatik o‘q otar qurollar farqlanadi. Avtomatik qurollarda o‘qlanish porox gazlari hisobiga amalga oshiriladi. Sport qurollari tuzilishi bo‘yicha jangovor qurollardan deyarli farqlanmaydi. Odatda ularning stvoli mayda kalibrli (5,6 mm.), o‘yiqli bo‘ladi. Ov qurollari silliq stvolli yoki o‘yiqli stvolli bo‘ladi. Silliq stvolli ov qurollari sochmalar bilan otishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular bittadan to‘rttagacha stvolli А Б Ўйиқ Ўйиқлараро юза Калибр Калибр 82 bo‘lishi mumkin. Ularning kalibri 10 dan 32 gacha bo‘lishi mumkin. Lekin 12 va 16 kalibrli ov qurollari kengroq tarqalgan. Ba’zi ov qurollari ham silliq, ham o‘yiqli stvol bo‘lib, ular o‘q va sochmalar bilan otishga mo‘ljallangan. Maxsus o‘q otar qurollarda ham porox gazlarining energiyasidan foydalaniladi va ular qatoriga start pistoletlari, signal pistoletlari, qurilish-montaj pistoletlari kiradi. Qurol aslahalari Jangovor o‘q otar qurollarda unitar patronlardan foydalaniladi. Standart patronlarda snaryad (o‘q), porox zaryadi va uni yondiruvchi moslama (kapsyul) bir butun holda gilza ichiga jamlangan bo‘ladi

Odatdagi o‘q maxsus qotishma bilan ishlov berilgan po‘lat va qo‘rg‘oshinli qobiqli po‘lat asosga ega bo‘ladi. Uzun stvolli qurollarda o‘qning uchi biroz o‘tkir, pastki kesik konussimon ingichkalashgan, uzunligi kengligidan 3-5 barobar katta bo‘ladi. Kalta stvolli qurollarning o‘qlarida uchi dumaloq yoki kesik konus shaklida bo‘ladi. Ayrim ov, sport qurollarida qo‘rg‘oshindan tayyorlangan qobiqsiz o‘qlardan foydalaniladi. Bulardan tashqari, maxsus o‘qlar ham bo‘lishi mumkin. Zirxteshar o‘qlarning asosi maxsus po‘latdan tayyorlanadi. YOndiruvchi o‘qlarning tarkibida fosfor, iz qoldiruvchi o‘qlarda esa bariy, magniy birikmalari bo‘ladi. YOrma o‘qlar nishonga tekkanda, mayda qismlarga bo‘linadi. Binobarin, xalqaro bitimlarga muvofiq jangovor harakatlarda yorma o‘qlardan foydalanish taqiqlangan. Standart patronlarning gilzasi maxsus ishlov berilgan po‘lat, latun yoki temirdan tayyorlanadi. Gilzaning tubida latun qobiqli kapsyul joylashtirilib, uning ichida qurol tepkisining mexanik ta’sirida patrondagi poroxni yondiruvchi murakkab tarkib, jumladan boshlovchi portlovchi modda (qo‘rg‘oshin stifnat), yonilg‘i (antimoniy), oksidlovchi (bertole tuzi) bo‘ladi.



Jangovor va sport qurollarida snaryadni harakatga keltiruvchi energiya manbai sifatida tutunsiz porox ishlatiladi. U nitrotsellyulozadan tayyorlanadi. Hozirgi davrda tutunli yoki qora porox asosan ov qurollari, signal pistoletlari, ayrim gaz 83 qurollarining patronlarida ishlatiladi. Qora porox tarkibida kaliy selitrasi, pista ko‘mir va oltingugurt bo‘lib, uning 1 gr.yonganda taxminan 300 kub. sm. hajmdagi gazsimon moddalar hosil bo‘ladi. Tutunsiz poroxda esa bu ko‘rsatkich uch barobar ko‘p bo‘lganligi sababli, o‘qqa beriladigan energiya kattaroq va o‘qning uzoq nishonlarni shikastlash imkoniyati yaxshiroq bo‘ladi. O‘yiq stvolli ov qurollari patronining tuzilishi jangovor qurol patroniga o‘xshash bo‘ladi. Bunday patronlarda qobiqli va yarim qobiqli o‘qlar bo‘ladi. Silliq stvolli ov qurollarida patronlar o‘qli yoki sochmali bo‘lishi mumkin. Ov qurollarining o‘qli patronlarida diametri 10 mmdan katta sharsimon qo‘rg‘oshin o‘qlar, YAkan, Brenneke o‘qlari bo‘lishi mumkin. Sochmali patronning tuzilishi boshqacharoq bo‘ladi (rasm 4.3.). Patronning gilzasi latun, plastmassa yoki kartondan tayorlanadi. Zaryad sifatida qora porox ishlatilishi mumkin. Germetiklikni ta’minlash uchun porox kigiz, karton yoki plastmassadan tayyorlangan tiqin bilan yopiladi va uning ustida sochmalar bo‘ladi. Sochmalar ham tiqin bilan yopiladi. Sochmalar deb diametri 1 mm.dan 5,5 mm.gacha bo‘lgan mayda sharchalar nomlanadi. Bundan katta sharchalar katta sochma (kartech) deb nomlanadi.

Ov qurollari patronlaridagi kapsyulning tuzilishi jangovor qurollar patronlaridagidan farqlanmaydi. O‘q otishning shikastlovchi omillari va ularning ta’sir turlar; Asosiy snaryad, o‘q otishning qo‘shimcha omillari, o‘q otar qurol va ikkilamchi snaryadlar o‘q otishning shikastlovchi omillaridir (jadval 4.1.). O‘q, sochmalar va ularning qismlari asosiy, birlamchi snaryad hisoblanadi. Poroxning yonishi natijasida juda qisqa vaqtda (0,01-0,001 sek.) patronning cheklangan bo‘shlig‘ida hosil bo‘layotgan gazlar hisobiga katta bosim vujudga keladi. Silliq stvolli qurollarda bosim 400-700 atm., o‘yiqli stvolli qurollarda esa - 2000-3000 atm. teng bo‘ladi va u snaryadning stvoldan katta tezlikda (silliq stvolli qurollarda - 500 m/sek.gacha, o‘yiqli stvolli qurollarda – bir necha ming m /sek. 84 gacha) chiqishiga olib keladi. Jumladan, Makarov pistoletidan otilganda o‘qning stvoldan chiqishdagi tezligi 315 m/sek., AKM avtomatidan otilganda esa 710 m/sek.ga teng bo‘ladi. Ayni paytda snaryad o‘zining vertikal o‘qi atrofida bir sekundda 3000 martagacha aylanadi. O‘q otishning qo‘shimcha omillariga stvoldagi o‘qoldi havo, o‘q otish alangasi, porox gazlari, qurum, yonib ulgurmagan porox zarrachalari, metall zarrachalari, moy tomchilari kiradi. Qo‘shimcha omillarning ta’siri o‘q otar qurol va patronning tuzilish xususiyatlari, stvol va snaryad kalibrlarning o‘zaro nisbati, ushbu quroldan avvalgi o‘q otishlar, tashqi muhit shart-sharoiti, parvoz traektoriyasida to‘siqlarning mavjudligi, shikastlanayotgan yuzaning xususiyatlariga bog‘liqdir. Porox gazlari bosimi o‘qni harakatlantirish bilan bir qatorda, stvol kanali devorining barcha taraflariga ta’sir etadi va natijada qurol biroz orqaga harakatlanadi, ba’zan stvol, ayniqsa qo‘lbola qurollarda, yorilib ketishi mumkin. Ushbu holatda qurol ushlagan va boshqa shaxslarga shikast etkazilishi mumkin. O‘qning parvozi traektoriyasida bo‘lgan va shikast etkazilgan turli to‘siq, kiyim - bosh, suyaklarning ajralgan alohida bo‘laklari, zarralari ikkilamchi snaryad vazifasini bajargani holda, har xil jarohatlarni vujudga keltirishi mumkin. O‘q otishning shikastlovchi omillari mexanik, termik, kimyoviy va murakkab ta’sir ko‘rsatishi mumkin (jadval 4.2.). Asosiy snaryad va uning qismlari, ikkilamchi snaryadlar, o‘q otar qurol va uning qismlari, qo‘shimcha omillarning aksariyati mexanik ta’sir etadi. Asosiy snaryadning mexanik ta’sirida vujudga keladigan jarohatlarning xususiyatlari o‘qning nishonga tegish vaqtidagi energiyasining katta-kichikligiga bog‘liq. O‘Q OTISHNING SHIKASTLOVCHI OMILLARI
Download 29,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish