Allotropiya (yun. allos – boshqa va tropos – burilish, yo‘nalish) – kimyo-viy elementning tuzilishi va xossalari turlicha bo‘lgan ikki yoki undan ortiq od-diy modda holida mavjud bo‘la olishi. Bu allotropik modifikatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki ko‘mir holida uchraydi. Umuman hozir ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl o‘zgarishlari bo‘lgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. A. hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 – kislorod, O3 – ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha bo‘lishi sabab bo‘ladi (masalan, oq va kulrang qalay).
_______________https//t.me/buyuk_biolog_______________
Do'stlaringiz bilan baham: |