Referati gerontopsixologiya reja: Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha. Biologik keksayish

Download 0,56 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#812333
TuriReferat
Bog'liq
Odilxonova Dildoraxon. referat

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLAN'ICH TA'LIMI 21/3 GURUHI TALABASI ODILXONOVA DILDORAXON "UMUMIY PSIXOLOGIYA" FANIDAN TAYYORLAGAN
Referati

GERONTOPSIXOLOGIYA

Reja:

  1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.

  2. Biologik keksayish.

  3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.

  4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.

  5. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari.

GERONTOPSIXOLOGIYA • Gerontopsixologiya (yun. geron —qari, keksa va psixologiya) — gerontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Inson organizmining qarish jarayonini anglatadigan tibbiy va biologik fanlarning bir bo`limi hisoblanadi.

Fanning rivojlanish tarixi Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va feʼlining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi. Garchi olimlar kishilarda keksayish tufayli paydo boʻladigan ruhiy xususiyat va oʻzgarishlarga avvaldan qiziqib kelsalarda, gerontopsixologiya alohida fan sohasi sifatida XX asrning II yarmidagina shakllana boshladi.
• Gerontopsixologiya fani asoschisi Stenli Xoll hisoblanadi. XX asrning II yarmida jamiyatda keksalar soni ko`p bo`lib, ularning ijtimoiy hayotdagi roli ortib borgan. Bu esa “aholining qarishi” deyiladi. Aynan keksalik davrida inson organizmining jismoniy zaifligi va sog`liqning yomonlashuvi natijasida ruhiyatda ham o`zgarishlar kuzatiladi.
Uning vujudga kelishiga ijtimoiy omillar: keksalar sonining koʻpayishi, ularning ish layoqati va turmush sharoiti masalalari sabab boʻldi. Gerontopsixologiya qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning xatti-harakatlari, feʼlining psixologik xususiyatlari oʻrtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va boshqa omillar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni oʻrganadi. Gerontopsixologiyaning umumiy vazifasi —kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir.
55 -75 yosh Qariyalik Keksalik • 75 -90 yosh • 90 dan yuqori Uzoq umr ko`ruvchilar.
Bromley bo`yicha gerontogenez bosqichlari Ishdan ajralish bosqichi • 55 -70 yosh. Yaqinlarga nisbatan bog`liqlik hissining ortishi, roller almashinishiga moslashish, muloqot ehtiyojining ortishi Shaxsiy keksayish • 70 -80 yosh. Salomatlik bilan bog`liq muammolar, psixik funksiyalarning susayishi, muloqot doirasining kamayishi Uzoq umr ko`rish • 80 yoshdan keyin. Alohida e`tibor talab etiladi.
Bromley bo`yicha keksalikka moslashish tipi Konstruktiv ustanovka Tobelik ustanovkasi Himoyalanish ustanovkasi Dushmanlik ustanovkasi O`ziga nisbatan dushmanlik ustanovkasi.
Kon bo`yicha keksalarning faoliyat bilan shug`ullanish darajasiga ko`ra turlari Faol ijodkor qariya Ishlamaydi, lekin faol qariya Uy bekasi Agressiv qarilar Hammaning aybini topib o`tiradigan, negative munosabati ustun qarilar.
KEKSALIKNI O`RGANADIGAN FAN SOHALARI • Geroatriya - klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarini o`rganadigan hamda ularning oldini olish va davolash usullarini o`rganadigan fan sohasi. • Gerofarmokologiya - dori-darmonlar va ularning tarkibini keksaygan organizm uchun moslashtirish. • Gerogigiyena - katta yoshli kishilar gigiyenasi haqidagi soha. • Invalutsiya - o`sishdan orqaga qaytish. • Geteroxronlik - bir xil yoshdagilarda ruhiy jarayonlarning turlicha namoyon bo`lishi.
Keksayish davri 61 yoshdan 74 yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu yoshdagi kishilar shaxslararo munosabatlarda boshqa yoshdagi kishilardan ajralib turadi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin: • 1) mutlaqo istefoga chiqqan, ijtimoiy faol bo`lmagan erkak va ayollar; • 2) nafaqaga chiqqan erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko`rsatayotgan keksalar.
Keksalik davri 75 -90 davrlarni o`z ichiga oladi. Keksalar jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko`nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkin. Biologik qarish, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Sezgi organlari zaiflashadi, asab tizimi kuchsizlanadi. Ma`lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash hamda ongni biror bir obyektda uzoq muddat ushlab turish qiyinlashadi.
v. Grekov so`z metodi assotsiyasi asosida xotira jarayonining xususiyatlarini o`rgangan. Uning ma`lumotlari quyidagicha: Ø 1. 70 dan 80 gacha bo`lgan keksalarda xotira ( mexanik xotira) zaiflashadi; Ø 2. 70 dan 80 gacha bo`lgan keksalarda mantiqiy-ma`noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi; Ø 3. obrazli xotira zaiflashadi; Ø 4. 70 -89 gacha yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma`noning ichki aloqadorligi yotadi; Ø 5. uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; Ø 6. 90 yoshda nutqning ichki bog`lanishi buziladi; Ø 7. xotiraning obrazli-hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo`ysunmay qoladi.
Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz har tomonlama taraqqiy etib rivojlanib borayotgan ekan, xalqimizning azaliy orzu-umidlari, istak va xohishlari ham royobga chiqib xalq ruhiyatida tub ozgarishlar yuz berdi, hamda shaxs kamoloti, qadr-qimmatiga katta etibor qaratildi.
Biologik hayot davomiyligi — ko‘plab insonlar yashay olish ehtimoli bo‘lgan yosh bilan belgilanadi va olimlarning fikricha bu 100 — 120 yil bo‘lishi mumkin. Amerikalik mutaxassislar esa 180 yosh ham hayot davomiyligida chegara emasligini ta’kidlaydilar.
Inson qarishi bilan shug‘illanuvchi xalqaro tashkilot tavsiyasiga ko‘ra yoshi ulg‘aygan kishilarni quyidagi uch guruhga ajratish tavsiya etilgan:

Keksa yoshlilar — erkaklar 60 — 74 yosh, ayollar 55 — 74 yosh;

Qarilik yoshi 75 — 90 yosh;
Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 va undan yuqori yosh.
Qarilikni tezlashtiruvchi omillarga noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, giyohvand moddalarni qabul qilish va boshqalar kiradi. Semizlik, qon tomirlar aterosklerozi bilan bog‘liq bo‘lgan yurak qon — tomir xastaliklari, nafas olishni buzilishi bilan kechadigan va endokrin kasalliklari hamda organizmida surunkali intoksikatsiya mavjud bo‘lgan shaxslar erta qariydilar.

Noto‘g‘ri ovqatlanish — keksalarda ko‘plab a’zo va tizimlar faoliyati buzilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, qarish tabiiy jarayon va biologik qonuniyat. Uning natijasida — bir qator fiziologik — biokimyoviy reaksiyalarning sustlashishi, tashqi ta’surot omillariga chidamlilikning pasayishi kuzatiladi. Organizmning barcha tizimlarida kuchsizlanish yuz beradi.

Birinchi navbatda qariyalarda yurak qon — tomir tizimining faoliyati yomonlashadi. Ateroskleroz, ya’ni qon — tomir devorlari dag‘allashadi, elastikligi yo‘qoladi va mo‘rtligi oshadi. Gipertoniya kasalligi, ya’ni qon bosimini ko‘tarilishi kuzatiladi.

Qarilikda ovqat xazm qilish tizimi. Oshqozonning asosiy vazifasi – ovqatni bo‘tqasimon ko‘rinishga olib keladi, mikroblarga qarshi kurashadi, oqsillarni parchalaydi, sutni kazeinga aylantiradi (tvorog holatiga keltiradi), temir moddasini parchalab qon hosil bo‘lishiga yordam beradi, yog‘ va nuklein kislotalarini parchalanishida asosiy rol o‘ynovchi B guruhi vitaminlarining so‘rilishiga ko‘maklashadi. Yosh ulg‘ayib borgan sari uning sanab o‘tilgan faoliyatlarida sustlashish yuz beradi va bu holat 50 yoshdan katta kishilarning 80 % da kuzatiladi. Oshqozon shirasining kislotaligi va hazm qilish xususiyati kamayadi, buning natijasida ichaklarda chirituvchi mikroblar paydo bo‘lib hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ingichka ichakda oziq — ovqat mahsulotlarini so‘rilish tezligi 2 — 3 martaga pasayadi. Yog‘lar va uglevodlar o‘zlashtirilishida qiyinchiliklar kuzatiladi. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar oshqozon osti bezida, so‘lak bezlarida va jigarda ham uchraydi. Boshqacha qilib aytganda organizmni fiziologik qarishi ovqat hazm qilish tizimi a’zolarini jiddiy funksional va organik qayta qurilishi bilan kechadi. Avval kuzatiladigan funksional o‘zgarishlar keyinroq borib, qaytmas organik xarakterga ega bo‘ladi.

Qarilikda tez — tez uchraydigan hazm qilishning boshqa buzilish jarayoni qabziyat hisoblanadi. Uning sabablaridan biri – ichaklarni qisqarish faoliyatini pasayishi, suyuqlikning kam iste’mol qilinishi va jismoniy faollikning kamligidir. Ayrim hollarda bu xolat umumiy qabul qilinayotgan ovqat miqdorini kamayishi, meva va sabzavotlarni yetarli darajada iste’mol qilinmasligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu xol organizmga ovqat tolalari kam tushishiga olib keladi. Ba’zida qabziyat tushkunlik va ruhiy zo‘riqish kabi omillar oqibatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari tarkibida temir, alyuminiy, kaliy saqlovchi ba’zi dori — darmonlar ham qabziyatni chaqirishini esda tutish lozim. Uni oldini olish uchun ba’zan qariyalar surgi dorilar ichishga majbur bo‘ladidar. Lekin uzoq vaqt qabul qilish natijasida ularning samaradorligi kamayadi, natijada dorilarning miqdori ko‘paytiriladi. Oqibatda organizmda bir qator muhim

mineral moddalar va suyuqlik kamayib ketishi va kaliy, kalsiy hamda yog‘da eruvchi vitaminlarning (D, K, E, A va B12) yetishmovchiligi yuzaga keladi. Surgi dorilarini uzoq qabul qilishning boshqa salbiy oqibati, ingichka ichakni ichki yuzasini qoplab turuvchi epiteliya qatlamining jarohatlanishi natijasida uning o‘tkazuvchanligi oshib, turli mikrorganizmlar (bakteriyalar) ta’sirida kasalliklarga moyillik oshadi. Qabziyat muammosini ovqat tolalari va suyuqlikga boy bo‘lgan parhez bilan hal qilsa bo‘ladi. Sabzavot va mevalar, ko‘katlar, turli dukkakliklar, qora bug‘doy unidan va kepakdan qilingan non va pishiriqlar, turli xil jo‘xori yormalari, yong‘oq, turshak va boshqa shularga o‘xshashlar o‘z tarkibida ko‘p miqdorda tolalar saqlaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i: keksalarda yillar o‘tishi bilan og‘iz bo‘shlig‘i hajmi kamayadi. Jag‘larni kichrayishi tishlamni birmuncha buzilishi va ovqatni chaynashni qiyinlashishi kuzatiladi. So‘lak bezlarini hajmi kamayadi va og‘izda sezilarli darajada quruqlik paydo bo‘ladi. Keksalarning tishlaridagi o‘zgarishlar bevosita ovqatlanishga ta’sir qiladi. Zararlangan tishlar yoki yomon tanlangan protezlar chaynash samaradorligini pasaytirib, iste’mol qilinayotgan ovqat miqdorini ozayishiga (xususan go‘sht, meva va sabzavotlar), natijada quvvatning kamayishi, bir qator vitamin va miroelementlarning yetishmovchiligiga olib keladi.

Menyu
Avitsenna.uz
Bosh sahifa»Barcha maqolalar
Keksalik o‘zi nima
3.7 (6)

Ushbu maqolani ham o‘qing: Tadqiqot: Saraton rivojlanayotganligi haqida xabar beruvchi omil aniqlandi

Ushbu maqolani ham o‘qing: Ozishga to‘sqinlik qiluvchi o‘n mahsulot

Yosh o‘tgan sari keksa odamlarda hid va ta’m sezish o‘zgaradi. Bu jarayon shirin, sho‘r, nordon va achchiq taomlarni bir – biridan farqlay olmaslik bilan namoyon bo‘ladi. Oqibatda ishtahaning pasayishi va shirinliklarni meyoridan ortiq iste’mol qilish kuzatiladi. Bu esa ayrim hollarda tana vaznini ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli keksalar uchun parhezni rejalashtirganda, ularning ta’m va hid sezishdagi o‘zgarishlarini hisobga olish kerak.

Butun hayot davomida insonlarda immun to‘qimani asta — sekin pasayib borishi kuzatiladi. Qarilikda immun yetishmaslik holati yuzaga keladi va yosh o‘tgan sari ayrim hujayralarning faoliyati tez susayadi. Bu xol

keksalarda qator surunkali kasalliklar — artritlar, yurak qon – tomir, oshqozon – ichak va boshqa qator tizimlarning xastaliklari majmuasi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lekin, ovqatlanish xususiyatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan organizmni moddalar almashinuvi jarayoniga, moslashuv (adaptatsion) va kompensator imkoniyatlariga, hamda qarish jarayonlari sur’atlari va yo‘nalishlariga ta’sir etish mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 75 % keksa odamlar noto‘g‘ri, ularning 20 % ortig‘i meyoridan ortiq taom iste’mol qiladilar. Bu ularni taomnomasida yuqori darajada yog‘ saqlagan go‘sht va unli mahsulotlar, shirinliklar hamda pishiriqlar ko‘p miqdorda bo‘lib, sut va baliq maxsulotlari hamda meva — sabzavotlar esa yetarlicha emasligidan dalolat beradi.

Mustaqillikka erishganimizdan buyon har bir yangi yilni alohida nom bilan atalayotganligi va uning asosida inson baxt-saodati uchun muhim ishlar amalga oshirilib dolzarb muammolar hal qilinib, inson shaxsi va qadr-qimmati uluglanayotganligining guvohi bolib turibmiz.
Xalqimizda yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan o‘zgacha hurmat bilan qaraladi. Keksalarimiz bizning milliy madaniyatimizga xos bo‘lgan har bir jihatni bilgan holda yoshlarga ularning hayot yo‘lida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib borish bilan bir qatorda madaniyatimizning ayrim elementlari yo‘qolib, boshqa bir madaniyatning salbiy xususiyatlari kirib kelishi va yoshlarimiz ongiga salbiy tasir ko‘rsatishini oldini olishda ahamiyatli o‘rin egallaydilar, yosh oilalarda yuzaga kelgan oilaviy muammolarni yechishlarida ulkan tajribalarga tayangan holda yordam beradilar.
Qarish va qarilik muammosi azal-azaldan insonlarni o‘ylantirib kelgan. Gippokrat (er.av. V-IV asr) fikricha, qarilik tabiiy issiqlikning chiqib ketishi va organizmning qurishi oqibatidir. Platon takidlashicha, qarilikka, asosan, yetuklik davridagi turmush tarzi tasir etadi. Sharq allomalaridan Bedil yoshi ulug‘ insonlar eng qimmatli xislatlarga ega bo‘ladilar, bu faqat qariyalarga xos donishmandlikdir, deb hisoblaydi. Asad Tusiy va Nosir Xisravlar fikricha, qarilik eng go‘zal va shu bilan birga nihoyatda murakkab davr bo‘lib, yoshlarga qariyalarni ezozlash va ularga yordam berish zarurligi uqtiriladi. Ibn Sino izohlashicha, Yoshlik hayotga manan tayyorgarlik, qarilik hayotning mazmunan nihoyasi va mohiyatan xotimasidir.
Keksalik davrida madaniy meyorlarni ozlashtirish jarayoni oz choqqisiga yetib, milliy manaviy barkamollik vositasida shaxs oz vatani taqdiri oldida javobgarlik masuliyatini anglaydi va jamiyat hayoti xususiyatlarini ijobiy tomonga ozgarishiga ishonadi. Shuningdek, oz vatani tarixiy madaniyatiga mansub ekanligini his etib, uni mustahkamlash va rivojlantirishga oz hissasini qoshadi.
Psixolog olim E. Goziyevning Psixologiya (Yosh davrlar psixologiyasi) nomli kitobida keksalarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkinligi, yani:
a) mutlaqo istefoga chiqqan, ijtimoiy faol bolmagan erkak va ayollar;
b) ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat korsatayotgan nafaqaxor erkak va ayollar. Ularning his-tuygulari vujudga kelishi jihatidan ikki xildir:
1) barqaror kayfiyat, xotirjamlik tuygusiga ega bolgan, oz qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuztalab erkak va ayollar:
2) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat gozalliklaridan bahramand bolayotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar.
Keksalik davri yosh psixologiyasida boshqa davrlardan keskin farq qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib, inson mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydi. Keksalik davrida oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashash maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofdagilarga yangicha mezon bilan qaray boshlaydi. Bu yoshda keksalar ijtimoiy hodisalar, kundalik turmush muammolarini tajribaviy vazminlik, sabr-toqatlilik, uzoqni kora olishlik va yana boshqa pozitsiyalaridan turib ijobiy hal qiladilar. Keksalar har bir voqea-hodisa va narsalarning yaxshi oqibatidan oldin, avvalo, uning yomon oqibatlari haqida oz mulohazalarini shakllantirish qobiliyatiga ega. Hayotda qoldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar ularning Yetti olchab, bir kes xalqona tamoyiliga asosan hayot faoliyatini olib borishlarini taqozo etadi. Inson keksaygan sari umrining biror daqiqasi behuda otishiga achinadi, yoshlik yillarida yoqotganlarini aql-zakovat va donishmandlik bilan toldirishga intiladi.
Shu bilan birga keksalik davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham ozgarishiga olib keladi. Bu esa bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur...), axloq (hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik...) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka...) kabi ruhiy holatlarda oz aksini topadi. Bu davrda sezgi organlarining zaiflashuvi, asab sistemasining kuchsizlanishi, xotira, tafakkur, diqqatni toplashning qiyinlashuvi, unutish jarayonining kuchayishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, keksalarda manaviy-ruhiy jihatdan ozligini anglashning yanada takomillashuvi, oz-ozini baholash, nazorat qilish, oz-oziga buyruq berish kabi mezonlar, masuliyat hissining ortishi, kelajakka intilish, ishchanlik qobiliyatining saqlanishiga olib keladi. Istiqbol reja va maqsadlar, soglom ruhiyat uzoq umr korishga hamda keksalik gashtini havas qilgudek otkazishga olib boradi. Bu borada yosh psixologiyasi qonuniyatlariga suyanmoq darkor. Passiv turmush tarziga konikkan qariyalarda esa foniy dunyodan umidsizlik tuygusi paydo boladi va bu hol faollikni, rejalar tuzishga intilishni susaytiradi. Bunday qariyalar betoblikdayoq vasiyat qilish, qarindoshlardan rozi-rizochilik tilashga otib oladilar. Nafaqaga chiqish arafasida ham insonda xotirjam dam olish istagi va ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish tuygusi ortasida inqiroz paydo boladi.
Hozirgi zamon kishilarining ortacha umr korishi qariyb bir yarim-ikki marta uzayganligi, bu davrda jismoniy baquvvatlilik, manaviyat va ruhiyatning tetikligi ijtimoiy faoliyatni susaytirish haqida soz bolishi mumkin emasligini korsatmoqda. Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobiliyati, kasbiy mahorati, turmush tajribasi, ongning yuksakligi, manaviyatning boyligi, ruhiyatning sofligi yangi zafar, mehnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga tola kafolat beradi.
Somatik sihatlilik keksa odamning psixolofiziologik funksiyalari, psixik jarayonlar va shaxsiy xususiyatlarining takomillashishiga olib keladi. Bu esa aqliy zoriqish, asabiy taranglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi va ularni yosh avlod oldida ibrat bolgudek imkoniyatlarini yaratadi.
Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bolgan qariyalar mehnat qilishga intiladilar. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qiladilar.
Barqaror kayfiyat, xotirjamlik tuygusiga ega bolgan, oz qadr-qimmatini saqlayotgan, oila muhitining sardoriga aylangan, ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashsa-da, qarilik gashtini surayotgan keksalar ham talaygina.
Ortiqcha zoriqishsiz jismoniy mehnat bilan shugullangan odamlarda harakatning tezligi, qad-qomatning tikligi, manaviy tetiklik, ruhiy faollik uzoqroq saqlanadi. Bunday holat soglom keksayishdan dalolat beradi.
Aqliy mehnat bilan doimo shugullanuvchi keksa odamlarning xotirasi yaxshi boladi, aqlni peshlaydigan mashqlar bilan shugullanuvchi odamlarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib qoladi. Shaxslararo munosabat, shirin muomala, oilaviy totuvlik, asabni saqlash, psixik faollik umrni uzaytirish omillaridandir.
Soglom qariyalarda donishmandlik umrning oxirgi nafasiga qadar saqlanishi tajribalarda qayd etilgan. Bir-birini qomsash, hamdardlik, yuksak tuygular oilada totuvlikni yanada mustahkamlaydi. Xayrixohlik bildirish, insonparvarlik hissi tufayli jamiki inson zotiga yaxshilik tilanadi. Keksalarda rahmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik singari tuygularning ifodalanishi boshqa yosh davrdagi odamlar tuygusiga aslo oxshamaydi. Shuning uchun bolsa kerak, Qari bilganni pari bilmas degan naql bor.
Milliy psixologiyamizning yirik namoyandalaridan biri E.G. Goziyev erkaklarda keksalik davrini 60-74 yosh, ayollarda 55-74 yosh, qarilik davrini ayollar va erkaklar uchun 75-90 yosh, uzoq umr koruvchilar 90 va undan yuqori yosh bolishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, tadqiqot davomida insonning shaxs sifatida rivojlanish tendensiyasini ozida saqlab qolishi, qarish va qarilik davriga faol adaptatsiya inson subyektliligining rivojlanish darajasi bilan hamohanglikda kechishi, keksa va qari insonlarning subyektliligi asosida ozini ozi anglashi, kechinmalari, identivliligi, ozini nazorat qila bilishning saqlanganligi, Men timsolining variativligi va barqarorligi, oz ozini qabul qilishning darajasi bilan bevosita bogliqligi isbotlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. 2015-yilning 18-fevralida qabul qilingan Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturi togrisidagi qarori. Xalq sozi gazetasi. 2015-y.

2. Goziev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). Toshkent, Oqituvchi, 1994. 224 b.
3. PSIXOLOGIYA ilmiy jurnali//№1-20 sonlari. – Buxoro, 2011-2016.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish