TOSHKENT STOMOTOLOGIYA INSTITUTI
204-B GURUH TALABASI NORBOYEV DIYORBEKNING PEREKLINIK RESTAVRATSION STOMOTOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI.
FАNTOMLАRDА I SINF KАRIOZ BOʼSHLIQLАRINI CHАRXLАSH VА PLOMBАLАSH
Reja :
1.Fantomlarda 1 sinf karioz
2.Charxlash va plombalash usullari
Tish kariesi - tish yorib chikkandan sung yuzaga chikuvchi, turli faktorlar (maxalliy va umumiy) taʼsiri bilan shartlangan, bushlik kurinishidagi defektning xosil bulishi bilan kattik tukimalarning demineralizatsiyasi va destruktsiyasida namoyon buluvchi patologik jarayon.
Kariozli bushlikning asosiy davolash usuli bulib, tishni operativ davolash, yaʼni charxlash xisoblanadi, bunda yashashga nokobil tishning qattik tukimalari kesiladi va keyinchalik plombalanadi.
Kariozli bushliklarni charxlashda, zararlangan uchokning lokalizatsiya yuzasini xisobga oluvchi Blekninganatomik klassifikatsiyasiga amal kilinadi.
Karies lokalizatsiyasining 5 sinf farklanadi.
1sinf - tabiiy fissur molyarlar va premolyarlar soxasi, kesuvchilar va molyarlar kur chukurchalari.
2sinf - molyarlar va premolyarlar kontakt (yon) yuzalari.
3 sinf - kesuvchi qirralarni buzmasdan kesuvchi va qozik tishlar kontakt yuzalari.
4sinf - burchak va kesuvchi qirralar butunligini buzish bilan kesuvchi va qozik tishlar kontakt yuzalari.
Vsinf - vestibulyar va oral yuzadagi barcha tishlar buyin oldi soxalari.
Charxlashda printsiplarga amal kilish zarur, ularga rioya qilinmasa, nafaqat plomba quyish uchun zarur bulgan bushlikni yaratish, balki uning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi charxlash maksadiga erishish mumkin emas.
Shakllangan bushlik tushunchasiga kuyidagi elementlar kiradi: qirralar, devorlar, burchaklar, tub. Bushlik devorlari koronkaning yuzasiga boglik xolda nomga ega. Parallel osilib turuvchi devorlar orasidagi burchaklar plombirovkalash materialining asosiy fiksatsiya elementlari xisoblanadi. Bushlikning tubi deb, kariozli bushlikning lokalizatsiyasidan katьiy nazar tishning pulьpaga karatilgan yuzasini xisoblash kabul kilingan.
Kariozli bushlikni charxlashning asosiy printsiplari XX asrning boshlarida amerikalik tish shifokori J.Blek tomonidan formulirovka kilingan bulib, uning asosida kayta tiklanuvchi materialning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi va ikkilamchi kariozli jarayonning oldinioluvchi ikki asosiy xolat «Retentsiya» va «Rezistentsiya» yotadi.
Blek buyicha 1 sinf kariozli boʼshliklarni charxlash printsiplari:
Karioz dentinni puxta tulik olib tashlash.
Oldini olish maksadida kengaytirish - karies retsidivi tarakkiy etishini oldini olish maksadida bushlikni tish immun zonalarigacha profilaktik kengaytirish. Immun zonalar - bu tishlarning burtiklari va kavarik yuzalari.
Bushlikni «yashiksimon» formada, plomba va tishlarning chaynaganda yuzaga chikuvchi kuchlar uchun chidamliligini, taʼminlovchi priparovkalar.
Osilib turuvchi, tayanchga ega bulmagan emal kirralarini, ularning sinishi va karies retsidivini oldini olish maksadida olib tashlash.
Plomba kuyish uchun kulay bulgan bushlikni shakllantirish.
Blek tavsiyalarini kullashda karioz bushliklarga ishlov berish boskichlarini kurib chikamiz: charxlash karioz bushliklarni ochishdan boshlanadi. Bu etapning maksadi bulib, shikastlangan tukimaga kirish imkoniyatini yaratish va karioz jarayonining xajmini aniklash xisoblanadi. Ochish kopik yoki alangasimon olmos borning yukori tezlikda aylanishi yordamida amalga oshadi. Borni bushlik kirralari buylab, emal osilmani kesib olib boriladi. Keyinchalik, borni karioz bushlikning kirish yorigi ulchamiga mos bulgan, unga katta bulmagan shar kurinishidagi bordan kullaniladi va extiyotkor xarakatlar bilan bushlikni to u koʼzdan kechirish uchun tayyor bulguncha kengaytiriladi.Karioz boʼshliqni kengaytirish oʼrta oʼlchamdagi konussimon, alangasimon va fissur borlar bilan amalga oshiriladi.
Biologik maqsadga muvofiklik printsipi (Lukomskiy, 1955) boʼyicha emal va dentin toʼqimalari tishning sogʼlom toʼqimalari koʼringunicha tejamli kesiladi.
Nekroektomiya nekrozlangan yumshab kolgan dentinni olib tashlashni kuzda tutadi. Odatda ekskavator va turli ulchamdagi sharsimon borlarning uncha katta bulmagan tezlikda aylanishi bilan amalga oshiriladi. Eng yumshagan tukimalarni ekskavator bilan olib tashlanadi. Sharsimon bor bilan boshida devorlarni, sungra tubni preparovka kilinadi. Tish pulьpasini shikastlanishidan saklash uchun bor xarakatlari bushlik markazidan tishning tashki yuzasiga yunaltirilgan bulishi kerak.
Karioz bushlikni shakllatirish plombaning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi asosiy boskichlardan biri xisoblanadi. Yuza va urta kariesda, ishlov berish jarayonida bushlik «yashiksimon» shaklga Kirishi kerak. Devorlar bir-biriga parallel va tubga perpendikulyar bulishi kerak. Chukur kariesda pulьpa shoxlariga yakin soxalarda tubniburtik xolda koldiradilar. Boʼshliqqa talab etilgan shaklni berish uchun maxsus suv sovutgichli silindrik (devorlarning shakllanishi), teskari konussimon (tekis tubni shakllanishi) va noksimon borlarni kullagan yaxshirok, chunki bushlikning shakllanishi tish pulьpasi bilan tugridan-tugri yakinlikda amalga oshiriladi. Bu xolatda kattik tukimalarning kizib ketishi yalliglanishning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Chukur kariesda tub kata sharsimon borlar bilan shakllantiriladi. Boʼshliq devorlari chaynash vaktidagi yuklamalarda sinib tushmasligi uchun imkon boricha kalinrok koldirilishi kerak. Deformatsion zoʼrikishni pasaytirish maqsadida plombirovka materialida bushlik chegaralari orasida burchaklarni yumaloqrok shakllantirish zarur. Gʼildiraksimon borlar yordamida dentinda boʼshliqni shakllantirishda egatlar koʼrinishidagi, plombaning kushimcha fiksatsiyasini taʼminlovchi retentsion punktlarni yaratadilar.
Emalь kirralariga ishlov berish (fikirovkalash) bushlik shakllanishining yakuniy boskichi xisoblanadi. Bu ishonchli kirrali yopishni taʼminlash va ikkilamchi karies rivojlanishini oldini olish maksadida utkaziladi. Emali prizmalarning yuza kismi karioz bushlikka kirish teshigi oldida dentin tomonidan tayanchga ega emas va chaynov bosimiga eng karshiligi kam bulgan soxa xisoblanadi. Ularning sinishi ikkilamchi kariesni xosil boʼlishiga olib keladi. Priparovkalashda bushlik kirrasi buyicha 45°S burchak ostida kiyshiklik (falьts) yaratish kuzda tutiladi. Bundan tashkari, xosil kilingan kiyshiklik plombirovka materialini kontakt yuzasini kattalashtiradi va plombani chaynov bosimi taʼsiri vaktida ukidan siljishdan ximoya kiladi. Emalь kirralarini tekislash va kiyshiklikni yaratish ignasimon, alangasimon yoki konussimon shaklli olmos borlar yordamida, suv sovutgichni kullash bilan yukori tezlikda xarakatlanishda oʼtkaziladi.
Karies bilan jaroxatlangan tishlarni charxlash texnikasi doimiy, keng diskussiyali predmet xisoblanadi.
I sinf karioz boʼshligʼini fantomlarda charxlash.
Maqsad:fantomda Blek boʼyicha 1sinf karioz boʼshliqlarini shakillantirishni oʼrganish.
Koʼrsatma:Blek buyicha 1sinf karioz boʼshliqlarini shakillantirish.
Kerakli jixozlar:fantomlar,bormashina,stomatologik borlar, plombalash uchun stomatologik asboblar majmuasi.
Bajariladigan bosqichlar qadamlari:
1.Karioz bushligini sinfini tugri aniklanadi
2.Charxlashning xar bir boskichini bajarish uchun aloxida bor tanlanadi.
3.Karioz kovakni ochiladi, kengaytiriladi
Karioz bushlikning joylashishi va chukurligiga karab bushlikni shakillantirish zarur bulgan shakl tanlanadi.
5.Bushlik tugri shakillantiriladi.(Devorlari parrallel, burchaklari tugri, tubi yassi bulishi kerak).
6.Karioz bushlik kirralari 45o ostida tekislanadi
7.Nekrozlangan tukima kolganligi zond yordamida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |