O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH FAKULTETI 9-2BTUS-20 GURUH TALABASI SAIDOVA SHAXLONING FALSAFA FANIDAN ,,ESTETIK TARBIYANING TURLARI VA YO’NALISHLARI’’ MAVZUSIDA YOZGAN MUSTAQIL ISH
REFERATI
ESTETIK TARBIYANING TURLARI VA YO’NALISHLARI
1. Estetika (nafosatshunoslik) – falsafiy fan.
. 2. Estetikaning boshka gumanitar fanlar bilan alokasi.
3. San'at – estetikaning asosiy predmeti.
4. Estetikaning shaxs va jamiyat hayotini ma'naviy boyitishdagi o'rni.
Nafosatshunoslik yoxud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o'z ichiga oladi. Biroq u o'zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo'lmish go'zallik va san'at haqidagi mulohazalar har xil san'at turlariga bag'ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o'z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo'lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714— 1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Baumgartengacha aqlni o'rganadigan fan – mantiq, ixtiyorni o'rganuvchi fan esa-axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko'pdan buyon o'z o'rni bor edi. Biroq hissiyotni o'rganadigan fan falsafiy maqomdagi o'z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma'nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos– «oyestetikos» so'zidan «estetika» (olmoncha «yestetik»- «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo'shliqni to'ldirdi. A.Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko'p o'tmay, u goh «go'zallik falsafasi», goh «san'at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hyegel esa, o'z ma'ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo'llashga urinishlar bo'ldi. So'zning o'z-o'zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu - «san'at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda-«badiiy ijod falsafasi». Hegelning «estetika» atamasidan ko'ngli to'lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri – yuqorida uning o'zi aytib o'tgan fikrlari bo'lsa, ikkinchisi–mazkur so'zning barcha his-tuyg'ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his tuyg'ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko'ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san'at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz «nafosatshunoslik» atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo'lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so'zlari o'z qamrovi bilan fanimiz talabiga to'la javob bera oladi. «Nafis» so'zi «O'zbek tilining izohli lug'ati»da - go'zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma'nolarida izohlanadi. Bundan tashqari «estetika» («eshtetik») so'zi olmonlardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas. Endi fanimizning mohiyatini anglatadigan «san'at falsafasi» va «go'zallik falsafasi» iboralariga to'xtalamiz. Nafosatshunoslik tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o'tganimizdek, san'at fanimizning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika nafosatshunosligi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go'zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham bizning fanimiz shug'ullanadi. Shu bois uning qamrovini san'atning o'zi bilangina chegaralab qo'yishga haqqimiz yo'q. Zero bugungi kunda inson o'zini o'rab turgan barcha narsa-hodisalarning go'zal bo'lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog'lar– hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, demak, «go'zallik falsafasi» degan ibora fanimizga ko'proq mos keladi. Negaki, fanimiz faqat san'atdagi go'zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ham o'rganadi. Shuningdek, go'zallikdan boshqa ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo'jizaviylik, uyg'unlik, noziklik singari ko'pdan-ko'p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham nafosatshunoslik fanining zimmasida. Lekin, bu o'rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go'zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o'zi go'zallikka nisbatan unsur vazifasini o'taydi. Ana shu xususiyatlarning voqyelikda namoyon bo'lishini biz nafosat deb ataymiz. Go'zallik, ko'rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u nafosatshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go'zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi nafosatdorlik tabiatiga ega bo'lolmaydi. Masalan, ulug'vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqdorga asoslanadi. Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug'vorligi bilan kishini hayratga soladi, unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo'risidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag'irdan turib, toqqa tikilsangiz nafosat zavqini tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o'sib chiqqan axlat «tog'i»ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me'morlik san'ati asari sifatida go'zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog' esa tabiat yaratgan ulug'vor go'zallik. Zavod mo'risida ham, axlat «tog'»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa–go'zallik yetishmaydi. Minora bilan tog'dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu–go'zallik. Fojeaviylik xususiyatida ham go'zallikning ishtirokini ko'rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austerlisda bo'lib o'tgan rus va fransuz qo'shinlari to'qnashuvidan so'ng, jang maydonida yarador bo'lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo'lida bayroq dastasini ushlagancha ko'm-ko'k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit–bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o'lgan deb o'ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu–go'zal o'lim!», deydi. Bu o'rinda asar qahramonining o'limi- fojeaviylik, o'limning qahramonlikka aylanishi–ulug'vorlik; fojeaviylik bilan ulug'vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go'zal manzara, qayg'uli va ulug'vor go'zallik vujudga kelgan. San'at nafosatshunoslikning obyekti sifatida o'ziga xos olam. Unda nafosatning xususiyatlari bo'rtib ko'zga tashlanadi. Shunga ko'ra uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San'at hayotni in'ikos ettirar ekan, insonning o'zini o'ziga ko'rsatuvchi ulkan ko'zgu vazifasini o'taydi. U insonni o'rgatadi, da'vat etadi, go'zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda nafosatshunoslik san'atning ko'makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Nafosatshunoslik bir tomondan, san'atning paydo bo'lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san'at asarining ichki murvatlaridan tortib, san'atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo'lgan barcha jarayonlarni o'rganadi. Ikkinchi tomondan, san'at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san'at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o'zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Shunday qilib, nafosatshunoslik san'atni to'la qamrab oladi va uning ichichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi-idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo'lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zotan «San'at falsafasi» iborasining siri ana shunda. Nafosatshunoslik - falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi mahsus soha. Falsafani esa, o'zingizga ma'lumki, fanlar podshosi deb atashadi. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o'z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon yetaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning tadqiqot obyekti deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. Nafosatshunoslik - falsafiy fan sifatida, barcha san'atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go'zallik orqali haqiqatga yetishtirishga hizmat qiladi. Bundan tashqari nafosatshunoslik ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san'atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozisiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san'at turlariga taalluqli. Hyech bir alohida san'at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me'morlik san'atiga tadbiq etib bo'lmaydi. Ma'lumki, san'at asarining mavjud bo'lishi uchun to'rt shart-unsur albatta zarur. Bular: ijodkor-badiiy asar-badiiy asarni idrok etuvchi-vositachi. Yuqoridagi misol nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak: yozuvchi–roman–kitobxon–tanqidchi. Adabiyotshunoslik bularning har birini odatda alohida-alohida o'rganadi. Deylik, yozuvchi Odil Yoqubov ijodiy faoliyati haqida adabiy portret-alohida, uning «Ulug'bek xazinasi» romani to'g'risida tadqiqiy maqola alohida, zamonaviy kitobxonning didi, saviyasi va talablariga bag'ishlangan mulohaza-maqola alohida, «Ulug'bek xazinasi» romaniga taqriz esa alohida yozilishi mumkin. Nafosatshunoslik fani hammasini biryo'la, muayyan tizim sifatida tadqiq etadi va bu tadqiqot umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo'ladi. Shunday qilib, nafosatshunoslikning falsafiy mohiyatini ko'rib o'tdik. Endi uning boshqa fanlar bilan o'zaro munosabatlariga to'xtalamiz. Nafosatshunoslik qadim-qadimlardan ko'pgina fanlar bilan mustahkam aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri bo'lgan falsafa haqida, ular orasidagi bog'liqlik to'g'risida yuqorida aytib o'tdik. Nafosatshunoslik uchun yana bir aloqador, «qadrdon» fan axloqshunoslikdir. Bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba'zi davrlarda ular yetarli darajada o'zaro chegaralanmagan. Chunki insonning xatti-harakati va niyati ko'pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo'ladi, Ya'ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o'zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli «Avesto», «Bibliya» va «Qur'on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta'limotlarida axloqiylikni-ichki go'zallik, nafosatni-tashqi go'zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko'rib o'tganimizdek, san'at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir san'at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko'tariladi va ijodkor eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in'ikos ettiradi. Bu in'ikos bevosita ijobiy qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqyea-hodisalarga muallif nuqtai nazari orqali ro'y berishi mumkin. Ya'ni biror bir badiiy asarda ijobiy qahramonlar, umuman, bo'lmaydi, lekin undagi voqyea-hodisalarga ijodkor o'z zamonasi erishgan axloqiy yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois mutlaqo axloqsiz tarzdagi badiiy asarning bo'lishi mumkin emas. Demak, nafosatshunoslik o'rganayotgan har bir badiiy asar ma'lum ma'noda axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo'ladi. Biroq, bunday yaqinlik, yuqorida aytganimizdek, aslo aynanlikni anglatmaydi. Bu ikkala fanning tadqiqot obyektlari orasidagi farqni birinchi bo'lib buyuk Arastu nazariy jihatdan isbotlab bergan edi; u, ezgulik faqat harakatda, go'zallik esa, harakatsiz ham namoyon bo'ladi, degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning xatti-harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz; muayayn xatti-harakat sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. Go'zallik esa, o'zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko'kaldosh madrasasi. U hyech qachon harakat qilmaydi, lekin go'zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning go'zalligiga putur yetmaydi. Bundan tashqari, axloqning qonun-qoidalari, nasihatlar, hikmatlar umumiylikka, barchaga bir xilda taalluqlik xususiyatiga ega. Nafosat esa muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, axloqshunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasi hammaga–ayolga ham, erkakka ham, yoshu-qariga ham tegishli bo'lishi mumkin. Nafosatshunoslikda esa, «go'zal odam» tushunchasi yo'q; yo «go'zal yigit», yo «go'zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Chunki, erkak kishidagi chiroyli mo'ylov faqat erkakning yuzida, ayol kishidagi husnlardan biri-ko'krak faqat ayol kishi vujudida go'zallikka ega. Endi mo'ylov burab so'zlayotgan ayolni-yu, siynaband taqib yurgan erkakni tasavvur qiling! Boyagi go'zalliklar xunuklikka aylanadi-qoladi. Shuningdek, go'zallik bir vujudda ham faqat o'z o'rnini talab qiladigan «o'ta injiqlik» xususiyatiga ega. Shu joyda olmon nafosatshunosi Fexner qo'llagan misolni keltirish o'rinlidir. Uning fikricha qiz bolaning yuzidagi qizillik uning go'zalligidan dalolat beradi. Biroq, qizillik uning burun ustiga ko'chsa–xunuklikka aylanadi. Demak, axloq uchun–umumiylik, nafosat uchun esa–muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi. Nafosatshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan ham mustahkam aloqada. Ma'lumki, insonning ruhiy hayotini o'rganar ekan, ruhshunoslik, hissiyotlar masalasiga katta o'rin beradi. Go'zallikni, san'at asarini yaratish va idrok etish ham, ma'lum ma'noda hissiyotlar bilan bog'liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg'otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo'l urganidan so'ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufurib turadi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg'ularning jamlanganidadir; boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o'zi tomoshabinga yetkazishni maqsad qilib qo'ygan hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san'at asariga aylantiradi. Agar ijodkor-haykaltarosh ana shu hissiyotlarni o'zi mo'ljallagan darajada tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o'sha hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg'ular uyg'ota olsa, mazkur haykal haqiqiy san'at asri hisoblanadi. Nafosatshunoslik haykaltaroshdan haykalga, haykaldan tomoshabinga o'sha hissiyotlarning qay darajada o'tgan-o'tmaganligini, ya'ni, badiiy qiyofa qanchalik puxta yaratilganligini o'rganadi va shu asosda asarni baholaydi. Ruhshunoslik esa ana shu xissiyotlarning o'zini o'rganadi. Bundan tashqari ruhshunoslik asar g'oyasidan tortib, to badiiy asar–nafosatli qadriyat vujudga kelgunga qadar bo'lgan ijodkorning hissiyotlar olamini o'rganadi. Albatta, bu o'rganishlar alohida-alohida, muxtor holda emas, balki ikkala fanning bir-biri bilan hamkorligi, birining ikkinchisi hududiga o'tib turishi vositasida ro'y beradi. Shu bois ruhshunoslikka ham, nafosatshunoslikka ham teng aloqador bo'lgan san'at ruhshunosligi va badiiy ijod ruhshunosligi deb atalgan yo'nalishlar mavjud. Shuningdek, nafosatshunoslikning sosiologiya (ijtimoiyshunoslik) bilan aloqadorligi ham muhim. Ma'lumki, har bir san'at asari alohida inson shaxsiga e'tibor qilgani xolda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq qiladi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham, ijtimoiylik jamiyat a'zosi–muallif qarashlarining bilvosita in'ikosi bo'lmish uslubda o'zini ko'rsatadi. Zero asar muallifi hyech qachon o'zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo'lib turolmaydi. Chunonchi, yirik asarlar sosiologik tadqiqotlar uchun o'ziga xos material bo'lib hizmat qiladi. Bundan tashqari, sosiologiya jamiyat bilan san'atning o'zaro aloqalarini, san'atning ijtimoiy vazifalarini o'rganadi; san'atkorning jamiyatdagi o'rni, mavqyei, o'quvchi va tomoshabinlarning ijtimoiy demografik holatlarini tadqiq etadi; shaxs ijtimoiylashuvida san'atkor va san'at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Bu muammolarni atroflicha o'rganish uchun mahsus san'at sosiologiyasi sohasi ham mavjud. U ham ijtimoiyshunoslikka, ham nafosatshunoslikka birday tegishlidir. Ayni zamonda, muayyan san'at asarlari, janrlari va turlarining jamiyatdagi mavqyeini aniqlab beruvchi mahsus sosiologik so'rov usullari ham mavjudki, ular shubhasiz, san'at taraqqiyotiga, nafosatshunoslikning san'at sohasida to'g'ri yo'nalish tanlashiga ko'maklashadi. Nafosatshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Chunki din va san'at doimo bir-birini to'ldirib keladi va ko'p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo'lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o'z tasarrufidagi» san'at turlari bor: buddhachilik uchunhaykaltaroshlik, nasroniylik uchun-tasviriy san'at, musulmonchilik uchun-badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o'z ibodatxonalarini taqazo etadi. Ibodatxonalarning esa me'morlik san'ati bilan bog'liqligi hammamizga ma'lum. Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san'at turlari bilan aloqadorlikda ish ko'radi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi o'laroq, san'at asarining o'ziga xos ko'rinishi–diniy-badiiy asar vujudga keldi. «Abu Muslim jangnomasi», Shohi Zinda me'morlik majmuidagi inshootlar, Kyoln jomesi, Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, Hindi-Xitoy mintaqasidagi Buddha ibodatxonalari ana shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy g'oyalar badiiyat orqali ifoda topgan. Nafosatshunoslik bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan hamkorlik qilmay iloji yo'q: u o'sha diniy g'oyalarning mohiyatini, har bir umumjahoniy dinning san'at oldiga qo'ygan talablarini yaxshi bilmog'i va hisobga olmog'i lozim. Nafosatshunoslikning pedagogika bilan aloqasini biz tarbiya muammolarini hal qilishda ko'ramiz. Chunki pedagogika ham ma'lum ma'noda nafosat tarbiyasi bilan shug'ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, mustaqil qismlarga bo'lingan holda, turli yosh va sohalar uchun mahsus belgilangan tarbiya tarzida, ya'ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o'quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu soha va yoshlar bo'yicha olib borilayotgan nafosatli tarbiya muammolarini o'rganadi. Nafosatshunoslik esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya'ni, inson tug'ilganidan boshlab to o'lgunigacha bosib o'tadigan bosqichlar uchun umumiy bo'lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko'radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo'lsa, nafosatshunoslik uning strategiyasidir. Shuningdek, nafosatshunoslik semiotika – belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san'at asari belgilar orqali namoyon bo'ladi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya'ni semantik va pragmatik axborotni o'zida mujassam qilgan san'at asari o'sha axborotni yetkazib berishga ham mo'ljallangan. Ana shu san'atning belgi bilan bog'liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o'rganadi. Ayni paytda, fanimizda tuzilmali-semiotik nafosatshunoslik deb atalgan nazariya ham mavjud. Unda san'at mahsus til yoki belgilar tizimi, alohida san'at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o'sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero bunda belgi san'at asarini idrok etuvchiga yetkazib beruvchi hodisa tarzida o'rganiladi. Bundan tashqari, nafosatshunoslik kibernetika, ekologiya va yuqorida aytib o'tganimizdek, barcha san'atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o'ziga xos amaliy ahamiyati bor. Nafosatshunoslik ham bundan mustasno emas. Fanimiz, avvalo, kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a'zosi go'zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo'lishlari lozim; haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san'ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, nafosatshunoslik jamiyatning barcha a'zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Nafosatshunoslikning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, biror bir san'at turida ijod qilayotgan san'atkor birinchi galda, ma'lum ma'noda, o'z sohasining bilimdoni bo'lishi kerak. Deylik, bastakor notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini, shu jumladan, musiqaga ham taalluqli bo'lgan nafosatshunoslikning umumiy qonuniyatlaridan behabar xolda tuzukroq asar yaratishi dargumon. Ba'zilar daho san'atkorlar qonunqoidalarsiz ham ijod qilaveradilar, degan noto'g'ri tasavvurga egalar. Vaholangki, daholarning o'zlari ko'p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug'ullanganlar. Misol tariqasida, Jomiy, Navoiy, Leonardo da Vinchi, Shiller, Shopen kabi buyuklarning nomlarini eslash kifoya. Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar, tanqidchilar-san'atshunoslar va adabiyotshunoslar uchun ham nafosatshunoslikni bilish zarur. Deylik, «sof teatr» - faqat sahna san'atinigina yaxshi bilgan san'atshunos u qanchalik iste'dodli bo'lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e'tiborga molik maqola ham yoza olmaydi. Chunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va kompozisiya qonun-qoidalaridan, bir so'z bilan aytganda, nafosatshunoslik qonuniyatlaridan habardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, jo'n va sayoz jumlalar yig'indisidan iborat bo'lib qoladi. Nafosatshunoslikning san'atni xalq orasida yoyadigan, targ'ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati, ayniqsa, muhim. Bordiyu ma'naviyat va mafkura sohalariga matasaddi rahbarlar nafosatshunoslikdan behabar bo'lsalar, Xudo urdi deyavering. O'sha viloyat, tuman, shahar yoki tashkilotlarda yuzaki qaraganda kulgili, latifanamo, aslida esa san'at uchun fojiali holatlar yuzaga keladi. Diqqatingizni totalitar tuzum davrida bo'lib o'tgan kulgili bir voqyeaga qaratmoqchimiz. Voqyeaning tafsiloti qo'yidagicha; viloyat teatrlaridan birida yosh iste'dodli rejissyor ishlay boshlaydi. Dastlab hamma ish yaxshi boradi. Lekin nima bo'ladiyu, viloyat ichki ishlar boshqarmasining boshlig'i ishdan bo'shatiladi. Sho'rolar tuzumi odatiga ko'ra, nomenklatura odami ishsiz qolishi mumkin emas, kichik bo'lsa ham rahbarlik lavozimiga o'tkazilishi kerak. Oqibatda uni teatrga direktor qilib yuborishadi. Yangi rahbarga teatrda o'rnatilgan ish tartibi yoqmaydi-bunday xolat unga intizomsizlik bo'lib tuyuladi: qarasa, aktyorlar peshinga yaqin goh peshindan keyin repitisiyaga kelishar ekan. U rejissyordan hamma yo soat to'qqizdan oltigacha, yoki o'ndan yettigacha ishlashini, sho'rolar davlatida hamma uchun ish soatlari bir xil ekanini uqtirmoqchi bo'ladi. Rejissyor esa, aktyorlar ertalabdan uyda, oyna qarshisida o'z rollarida mashq qilishlarini, bu yerga faqat repitisiya va spektakl uchun kelishlarini tushuntirishga harakat qiladi. Lekin yangi direktor bu hatti-harakat va gaplarni o'ziga qarshi atayin uyushtirilgan isyon deb tushunadi: teatrda, san'at dargohida o'ziga hos qonun-qoidalar borligini hayoliga ham keltirmaydi. Natijada ikki oydan ortiq vaqt mobaynida aktyorlar «intizomsizligi» uchun maosh olmaydilir, ish orqaga qarab ketadi. Nihoyat, yuqoridagilarga bu gap yetib borgach direktor almashtiriladi. Agar sobiq milisiya rahbari ozgina nafosatshunoslikdan habardor bo'lganida, teatrda buncha asab buzarliklar ro'y bermagan, o'zi ham hammaga kulgi bo'lmas edi. Bunday misollar, afsuski, boshqacharoq shakllarda hozir ham jamiyatimizda uchrab turadi. Dizaynchi-injenerlar, atrof-muhitni obodonlashtirish bilan shug'ullanadigan mutahasislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta'siri mavjud. Shuningdek, korxona rahbarlari, sex boshliqlari mazkur korxona yoki sexda dastgohlar dizaynidan tortib, devorlar ranglari-yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bo'lishini ta'minlashlari lozim. Zero o'shandagina ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa mazkur rahbarlar nafosatshunoslikdan albatta habardor bo'lishlari shart. Umuman olganda, nafosatshunoslik hamma uchun ham zarur. Chunki inson zoti bari-bir, hayotda tez-tez san'at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «sayohat qilib kelgani» bordingiz. Agar nafosatshunoslikdan behabar bo'lsangiz, Go'ri Mir maqbarasinig gumbaziga, Registondagi madrasalar yonida qad ko'targan minoralarga, peshtoqlaridagi ko'hna arabiy yozuvlarga qiziqib qaraymiz, chiroyli ekan deb mamnuniyat hosil qilasiz. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan habardor bo'lsangiz, u xolda na faqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go'zalligining ramzi ekanini, «jamol» deb atalishini, minoralar–Tangri qudratining timsoli o'laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go'zal yozuvlar-oyatlar, Xudoning belgisi «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchayadi. Zero nafosatshunoslik orqali biz faqatgina ko'rganlarimizning shakliy go'zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. Shu sababli, fermerga yoki temir yo'l ishchisiga, yoki tijoratchitadbirkorga nafosatshunoslik haqida bosh qotirib o'tirish zarur. Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv — mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda "goʻzallik", "sanʼat", "musiqa" singari soʻzlarda aks etgan.dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval sanʼatning barcha asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestosh ilgari surilgan estetik gʻoyalar keyinchalik Hindistonda, undan soʻng Yunonistonda Estetika rivojiga taʼsir koʻrsatdi. qadimiy Sharkdagi estetik gʻoyalar dastlab foydalilik (nima foydali boʻlsa — oʻsha goʻzal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu boʻlsa — oʻsha goʻzal) tamoyillari asosida shakllandi. Yunon mumtoz Estetikasi namoyandalari, ayniqsa, Aristotel goʻzallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdi; bu jihatdan uning "Poetika" ("Sheʼriyat sanʼati") asari eʼtiborga molik. Oʻrta asrlarda musulmon sharqi tasavvuf Estetikasi bu gʻoyalarni takomiliga yetkazib, yangi bosqichga koʻtardi; Uygʻonish davri va Yangi davr Estetikasi taraqqiyoti uchun nazariy asos boʻlib xizmat qildi. Estetika Byork, D.Yum, I.Kant va boshqalar merosida buni yaqqol koʻrish mumkin. Mas, Kantning goʻzallik haqidagi mashhur 4 tamoyilidan 3 tasi sharq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan. Mazkur 3 tamoyil — goʻzallikning begʻaraz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi; uning zaruratga aylangan muhabbatning obʼyekti ekanligi (Gʻazoliy); goʻzallikni oddiy mantiqiy yondashuv orqali bilishimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni, goʻzallik biz uchun oʻzini maqsad shaklida emas, maqsadga muvofiqlik shaklida namoyon etadi degan 4tamoyilni yaratishga olib keldi. Kantdan soʻng nemis ratsional Estetikasida Shiller, Shelling , Gegel nazariyalarining Estetika taraqqiyoti uchun ahamiyati katta boʻldi. Shopengauer, Nitsshe, Diltey singari noratsional yoʻnalishdagi faylasuflarning estetik qarashlarida ham oʻziga xos yangi gʻoyalar ilgari surildi, mas, Shopengauer Estetikaga yangi — "qiziqarlilik" kategoriyasini kiritdi, Nitsshe esa sanʼatni ikki — apolloncha va dionisiycha turga ajratib oʻrganishni taklif etdi. Eng yangi davr Estetikasida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung taʼlimotida sanʼat asari va sanʼatkorning oʻzaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida oʻrganilishi olgʻa tashlangan yangi qadam boʻldi. Shuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va boshqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda goʻzallik va sanʼatning takdiri masalalari bilan qiziqdilar. Hozirgi Estetikaning miqyosiylashuv jarayonida texnika, tabiat va turmush Estetikasiga ham jiddiy eʼtibor berilmoqda; xulqiy goʻzallik muammosi yanada muhim oʻrin egallay boshladi.
Oʻzbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qurʼoni karim oyatlari va Hadisi sharifdagi "Alloh goʻzal va U goʻzallikni sevadi" degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonmayon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). joʻmardlik (Pahlavon Mahmud), naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining goʻzallik, sanʼat va sanʼatkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida oʻringa ega; Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Majolis unnafois", "Mezon ulavzon" asarlari, 15—16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar oʻzbek Estetikasi rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. XonlikLar va chorizm mustamlakasi davrida esa oʻzbek Estetikasi koʻproq tazkiralarda (Fazliy) va sheʼriy shakllarda (Furqat) oʻz ifodasini topdi. Oʻzbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari — 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda maʼrifatchijadid mutafakkirlar yangicha estetik gʻoyalarni oʻrtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr sanʼatiga asos soldilar. Anbar Otinning "Qarolar falsafasi" (1910), Fitratning "Oila" (1914), keyinroq "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari yuzaga keldi, Choʻlponning badiiy adabiyot, teatr sanʼatiga bagʻishlangan turqum maqolalari eʼlon qilindi. Lekin shoʻrolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Estetikaga alohida eʼtibor berila boshlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev), estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi. Hozirgi vaqtda Estetika nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanishlar olib borilmoqda (T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, EstetikaUmarov, A.Sher, B. Husanov). Oʻzbekiston milliy un~tida Estetika yoʻnalishi boʻyicha magistratura faoliyat koʻrsatmoqda, shu yoʻnalishda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini yuksaltirishga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy ishlar muntazam olib boriladi.
£stetika fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda falsafaning ravnaq topishiga ham o‘z hissasini qo'shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham muhim o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi badiiy madaniyat qadriyatlari. voqelikka estetik munosabati, estetik tushunchalar, ayniqsa, ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog'liqdir San'at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar ularning ilmlarga bo‘lgan talablarini keltirib chiqaradi. Shu ehtiyojlarga ko'ra ilmlar har xil tarmoqlarga bo'linadi. «Ilmlaming foydasi ochko'zlik bilan oltinkumush to'plash uchun bo'lmay, balki u orqali inson uchun zamr narsalarga ega bo‘lishdir», deb yozadi Beruniy. Falsafadagi bilish nazariyasi vositasida san'atning bilish tabiati, voqelikni badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va o'zaro farqlarni anglash mumkin. Voqelikni badiiy vosiialar orqali tasvirlash esa san'at asarlaridagi shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining juda ko‘p nazariy hamda uslubiy asoslari muammolarini yechishi mumkin. Beruniy «Tarvixalar» asarida: «Agar oqil nafsoniy lazzatlarga aql va ibrat ko‘zi bilan qarasagina undan lazzatlana oladi, g'ofil esa buning aksicha, u faqat jismoniy narsalardangina lazzat ola oladi», deb yozadi. Bilish nazariyasining boshqa aqidalari — ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma'naviy hayot xilma-xil shakllarining o‘zaro bir-biriga ta'sir o'tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong turli shakllari o‘rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog'liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy ijod va san'at tabiati hamda xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi. Estetika pedagogika fani bilan chambarchas bogMiqdir. Jamiyat kishisining har tomonlama mukammal rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz yoki estetikaning tarbiyaviy ahamiyatini tilga olar ekanmiz, bizning oldimizda bevosita sof pedagogik masalalar namoyon boMadi. Ya'ni, estetik didning kelib chiqishi, paydo boMishi va tarkib topish jarayoni, estetik rivojlanish jarayoni, turmush sharoitlari va ta'limning estetik saviyaga ta'siri, ijtimoiy tuzum va ta'limning estetik mohiyati kabi masalalar pedagogika fanida ham o'qitiladi. Agar estetika insonni olam go‘za!liklari va xunukliklarini, pastkashlik yoki ulug'vorlik hodisalarini nozik his etishga o‘rgatsa, pedagogika shu bilan biiga yana aqliy, intellektual, ruhiy, ma'naviy tarbiya metodlari — uslublarini ham o‘rgatadi. Pedagogikaning estetikadan muhim farqi, u yoshlaiga barcha fanlami qanday qilib tezroq va chuqurroq o‘rganish yoMlarini o‘rgatadi. Shu jihatlari bilan estetikaga nisbatan pedagogikaning vazifalari kengroqdir. Har ikkala fanning umumiy maqsadi — inson ma'naviy kamoloti uchun xizmat qilishdir.
San’at estetikasi
“ San’at – mo’jizadir . Yurak va miyaningshunday xilvat joylari borki , unga faqatsan’at vositasidagina kirish mumkin “
San’at – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib , manaviy madaniyatning tarkibiy qismi , dunyoni manaviy anglashning maxsus turidir . San’atning turli ko’rinishlari voqelikning , undagi hodisa , narsa va holatlarni o’zlariga hos usullar yordamida aks ettiradi ( masalan , musiqada – tovushlar ularning o’zaro bog’lanishi , uyg’unligi orqali , badiiy adabiyotda – so’z , obrazlar orqali ) . Lekin shu bilan birga , ular o’rtasida ma’lum umumiylik mavjud . Bu umumiylik shundan iboratki , ularing hammasida voqelik badiiy – badiiy obrazlik tarzda aks ettiriladi .San’atni tushunish , uning kishilar hayotidagi ro’lini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin baxs , tortishuvlarga sabab bo’lib kelgan .Masalan , ba’zi san’atkor va san’atshunoslar uni “ tabiayning taqlidi “ yo “ voqelikning aks ettirilishi “ deb hisoblashsalar , boshqalari san’atni “ san’atkorning sof shaxsiy ijodiy mahsuli “ , “ o’z – o’zini ishor etishi “ dir, deb bilganlar . Bu san’at predmetning murakkabligi , uning hususiyatlari va shakllari , mujassamlashtirish usullarining xilma – xilligi hamda turli davrda san’at nazariyatchilarining sinfiy va g’oyaviy fikrlari o’rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi .San’atda go’zallik kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etadi . Estetika fani – go’zallik san’atning zarur sharti ekanligini , go’zalliksiz san’atning yo’qligi va bo’lishi muhim emasligini uqtiradi . San’atning o’ziga hos hususiyati uning voqelikni ilg’or g’oyaviy nuqtai nazardan turib badiiy obrazlarda aks ettirishdir . San’atning badiiy shakli til , uslub , obraz kabilar bo’lib , ular mazmunini ifodalash uchun hizmat qiladi .Insonni badiiy – ijodiy faoliyati rang – barang bo’lib , u san’at turlari yoki janrlarda namoyon bo’ladi . Ular o’z navbatida qator ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin . Umuman olganda san’at dunyoni badiiy – obrazli anglashning turli , ya’ni umumiy va o’ziga hos hususiyatiga ega bo’lgan usullar majmuasidan iborat tarixiy tizimdir .San’at juda qadimiy tarixga ega . U jamiyat taraqqioytining ilkbosqichlarida mehnat jarayoni bilan , kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kela boshlagan .San’atshunoslik – keng ma’noda jamiyatning badiiy madaniyatini , umuman , san’atni o’rganish , tatqiq etish bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy fanlar majmuidir . Bu majmuaga kiruvchi adabiyotshunoslik ( filologiya fanlari sirasiga ham kiradi ) , musiqashunoslik , teatrshunoslik , kinoshunoslik va tor ma’nodagi san’atshunoslikdan iborat . Tor ma’nodagi san’atshunoslik tasviriy san’at , amaliy bezak san’ati va me’morchilikni tatqiq etish bilan shug’ullanadigan ijtimoiy fan bo’lib , san’atshunoslik deganda , ko’pincha uning shu ma’nosi ko’zda tutiladi va keng ishlatiladi .
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, aziz va mo`tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-tuganmas boyligidir.Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat qilish «…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bо‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».Tan olishimiz kerakki, shо‘rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi yoshlarimizda о‘zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar yо‘qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, о‘zbeklar buni his qilmay ilojimiz yо‘q.Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik о‘ziga tо‘q bо‘lgan ota-onalar yashayotganligiga toqat qilib bо‘lmaydi. Gohi-gohada bо‘lsa ham, ota-onaga qо‘l kо‘tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari sodir bо‘lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas, balki uchiga chiqkan tubanlik bag‘ritoshlik milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti qilish, о‘z insoniyligini yо‘qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, о‘zbek xalqining sha’niga dog‘ tushuradigan bunday yaramas hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bо‘lishi tabiiy.SHо‘rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul qoralandi, yomon otli qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’lim-tarbiya borasida Yevropa, Rusiya modelini kо‘klarga kо‘tarib maqtab, targ‘ib qilib, yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qо‘ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho boyliklaridan judo bо‘la boshladik.Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qо‘yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz, farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan, axloqiy, ma’naviy jihatdan gо‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan о‘rin ola boshlagani quvonchli bir holdir. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar о‘z ota-onalari haqida g‘amhо‘rlik qilishga majburdirlar.
Xulosa qilib aytganda, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-ona norizo bо‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma, desa uni qilmaslik va qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Kо‘chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qо‘l uzatmaslik, otadan avval о‘tirmaslik, otadan kо‘ra poygakda o`tirish lozim. Otaning oldida oyoqni uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona о‘z farzandidan rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga erishadi.Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab!Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taologa maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»; «Ota-onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab yetishi kerak.Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga surib qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi.
Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin boshlanishi kerak. YA’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola, farzand kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga mas’uliyat bilan qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta muhim, о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tug‘ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.
Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu davrga kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi. Sо‘ng ana shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
Ma’naviy barkamollik balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. Hazrati Bahouddin Naqshband aytganlaridek insondagi yaxshi fe’llar, amollar halol luqmadandir.
Demak ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma’nan pok va halol bо‘lib voyaga yetadi. Biz shо‘rolar zamonida buni unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum о‘z manfaatlariga moslashtirib, uni о‘z qо‘liga oldi. Bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek u hali tug`ilmasdan ota, ona va butun oila a’zolari hamjihatligida boshlashimiz lozim bо‘ladi. Olamda barcha narsa juft-juft bо‘lib yaratilgan. Juft bо‘lib yashash tabiat qonuni, taqozosi. Lekin oila bо‘lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bо‘rini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki olamning о‘zaro ittifoqidan paydo bо‘lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bо‘lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush dо‘zaxga aylanadi, oila zindonning о‘zi bо‘ladi, buning jabrini esa er va xotinning о‘zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil hisoblanadi.Eng qadimgi odatimizga kо‘ra, о‘zbek oilasi ham tо‘ydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qо‘ysam, deydi. Xalqimizni tо‘ysevarlikda ayblab bо‘lmaydi. Agar ayblasak о‘z-о‘zimizni kamsitgan bо‘lamiz. To`y va ma’rakalarimizga о‘rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin tо‘y bahona soxta obrо‘ olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yо‘l qо‘yishni oqlab bо‘lmaydi. Tо‘y va ma’rakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma’naviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bо‘lgani yaxshi.
О‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan о‘ziga xos ichki qonun-qoidalari, axloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan ba’zilari, turmush uchun zarurlari haqida tо‘xtab о‘tishni lozim topdik. Zero bu oila qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan holi bо‘lmas, degan niyatdamiz.
Rizq-rо‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib, о‘rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish unumli, o`sha kun xayrli bо‘ladi….
Yuz-qо‘lni yuvmasdan hol-ahvol so`ralmaydi, yuz-qo`lni yuvgandan sо‘ng kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib qо‘yadilar…
Ish yoki о‘qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi axloq-odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom beriladi, hol-ahvol sо‘raladi…
Oila odobiga kо‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan farzandlar, kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda kо‘rinmaydilar, bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz sо‘zlarni aytmaydilar. Kо‘chaga uy kiyimida chiqilmaydi. O‘zbek oilasiiing fazilatlari kо‘p, qonunlarda belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz о‘zlashtirishi ham farz, ham qarzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |