Referati bajardi: Mahkamboyeva Jasmina Tekshirdi: Kenjayev Mexriddin Toshkent 2023



Download 162 Kb.
bet11/11
Sana16.02.2023
Hajmi162 Kb.
#911871
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu

Sudxo‘rlik krediti. Kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng tarqalgan kredit bo‘lib hisoblanadi. Amalda sudxo‘rlik krediti Markaziy bank tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mablag‘larni vaqtincha foydalanishga berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sudxo‘rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan xarakterlanadi (120-180%). Milliy kredit tizimi infrastrukturasi rivojlanishi va hamma turdagi potensial qarz oluvchilarga kredit resurslardan foydalanish huquqini ta’minlash natijasida sudxo‘rlik krediti ssuda kapitali bozoridan yo‘qoladi.
Xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish yo‘llari.

Bilamizki, tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etishning asosiy mezonlaridan biri uning me’yoriy-huquqiy asosining qay darajada yaratilganidir. Respublikamiz tijorat banklari kredit faoliyatining huququy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bank faoliyatiga tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘plami hisoblanadi.


Kreditlash jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga asosan quyidagi tamoyillar orqali amalga oshiriladi:

  • qaytarilishi;

  • foizligi;

  • muddatliligi1.

Bundan tashqari kreditning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilishi va ta’minlanganligi ham tamoyil darajasida ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish siyosati iqtisodiyotning barcha tarmoqlari qatori bank tizimida ham keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Kreditlash jarayonini tashkil etish, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilish kabi masalalarni to‘g‘ri amalga oshirish kredit riski darajasini pasaytirishga, hamda bank kredit portfelini sifatini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarining boshlarida tashkil qilingan bank tizimi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bank tizimining boshlang‘ich pillapoyasi sifatida faoliyat boshlagan.
Banklar tomonidan ajratilgan kredit qo‘yilmalari qoldig‘i esa 30,5 foizga o‘sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 20,4 trln. so‘mni tashkil etdi (1.4.2-chizma).
Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobiga berilgan bo‘lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda.
Banklarning umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlarning ulushi esa, 76,8 foizni tashkil qilib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 30,7 foizga oshdi.
YAratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig‘i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda
“2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish”, «2012 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo‘naltirilmoqda.
2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5 760 mlrd. so‘m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p investitsiya kreditlari ajratildi.
chizma

Inqirozga qarshi choralar dasturi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarini moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2008 yil 28 noyabrdagi
PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarining qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Farmonlarida belgilangan vazifalarning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan jami 168 ta iqtisodiy nochor korxona bank balansiga qabul qilingan bo‘lib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish maqsadida banklar tomonidan 388 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so‘mga sotildi.
Bugungi kunda tijorat banklari balansidagi faoliyati tiklangan korxonalarni yangi mulkdorlarga sotish ishlari olib borilmoqda hamda 11 ta korxonada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta’mirlash, yangi uskunalar o‘rnatish va modernizatsiyalash bilan bog‘lik ishlar amalga oshirilmoqda.
Umuman olganda, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami 1,7 trln. so‘mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi.
Respublika iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi me’yoriy hujjatlar mazmunini tubdan o‘zgartirish, kreditlash ob’ektlariga, qarz hisob raqamlari va garov ta’minoti hamda boshqa moliya vositalariga yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish ehtiyojini vujudga keltirdi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tilishi va uning rivojlanishi respublika tijorat banklarida kredit berishning me’yoriy bazasini tubdan o‘zgartirishni talab etdi.
Respublikada mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi, kredit ta’minoti va kreditlash tartibidagi o‘zgarishlar hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1996 yil 20 aprelda “Xo‘jalik sub’ektlariga qisqa muddatli kreditlar berish qoidalari” ishlab chiqildi. SHunga asosan barcha banklar qisqa muddatli kreditlar berish tartibini amalga oshira boshladi.
Qisqa muddatli kreditlash amaliyotida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik sub’ektlariga qisqa muddatli kreditlar berilishini tashkil etish qoidalari” yangi tahrirda ishlab chiqildi va shunga asosan tijorat banklari kreditlash jarayonini amalga oshirdi.
Tijorat banklarini kreditlash jarayonini tashkil etishdagi keyingi o‘zgarishlarga “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asos bo‘ldi2. Bu Farmonga asosan kreditlash borasida tijorat banklarining mustaqilligini oshirish, kreditlash jarayonini kengaytirish va takomillatirish masalalarini amalga oshirish ko‘zda tutildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir bankni siyosiy, iqtisodiy va ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritishi amalda mustaqil bo‘lishini talab etadi. Tijorat banklari shunga muvofiq o‘zining mustaqil kredit siyosatini va kreditlash nizomini ishlab chiqishdi. SHundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda tijorat banklari kreditlash jarayonini tashkil etib, uni yildan-yilga takomillashtirib bormoqdalar.



1 Ўзбекистон Республикасининг “Банклар ва банк фаолияти тўғрисида”ги Қонуни. Тошкент: Ўзбекистон, 1996 йил 25 апрел. Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжатлари тўплами. - Тошкент: Ўзбекистон, 2003. -Б. 30-46.

2 “Банк тизимини янада эркинлаштириш ва ислоҳ қилиш борасидаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони Тошкент, 2000. Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжатлари тўплами. - Тошкент: Ўзбекистон, 2003.


Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish