Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy shakllari
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati, deganda mamlakatga xarijdan tovarlar, ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga solishga yo'naitirilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida importni to'g'ridan to'g'ri cheklash hisoblanadi. Bunda litsenziyalash va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi.
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta-moliya tashkilotlari tamonidan amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi.
Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib. valuta mablagiarini shakllantirish va ishlatishning asosiy yo'nalishlarini hamda bunday mablag‘lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib valuta bozori, qimmatbaho metallar va toshlar bozori hisoblanadi.
Davlatning valuta siyosati diskont va deviz siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to'lov balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab oladi.
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini taxminiy tuzatish uchun foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z ichiga oladi.
Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi hajmiga, qisqa muddatli investitsiyalar migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon bo'ladi.
Deviz siyosati- valuta intervensiyasi va valuta cheklashlari yordamida valutani xarid qihsh va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi.
Valuta intervensiyasi Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi-sotdisi bo'yicha maqsadli operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi.
Valuta cheklashlari milliy va xorijiy valuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni tartibga soladigan iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuyidan iborat.
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va ishclii kuchi importi siyosatlariga bo'linadi.
Ishchi kuchi eksporti siyosati deganda bir mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishclii kuchining ko'chishi uchun qulay sharoit yaratish yoki taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha valuta daromadlarini paydo qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Ishchi kuchi import siyosati, deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi.
Davlatning bojxona siyosati — mamlakat ichki va tashqi siyosatininig tarkibiy qismi bo'iib. bojxona siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
-bojxona nazorati ostidan eng samarali foydalanishini va bojxona hududida tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlaydi;
- mamlakat bozorini himoya qilish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni rag'batlantirisliga doir savdo va siyosiy vazifalami ro'yobga chiqarishda ishtirok etish;
-bojxona siyosati bojxona ishining bir qismi bo'iib. uning asoslari O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi bilan belgilanadi.
Davlatning yuqorida keltirilgan tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy shakllari mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarida qatnashuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchilar hatti-harakatlarini muvoliqlashtirishga va tartibga solisliga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |