Referati bаjаrdi: 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) taʼlim yoʼnalishi 3-1 iqt im-19


Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish



Download 69,36 Kb.
bet4/10
Sana07.01.2022
Hajmi69,36 Kb.
#326690
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona O`ktam

Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish.

Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo‘shish, bo‘lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan, yohud sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

1.Korxona olti oy mobaynida moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda tugatiladi va soliq organlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatidan chiqariladi.

2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.

3. Korxona davlat ro‘yxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.

4. Korxona boshqa korxona bilan qo‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan korxonaga o‘tadi.

Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo‘shilishi chog‘ida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan korxonaga o‘tadi.

5. Korxona bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga bo‘lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o‘tadi.

Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari, majburiyatlari bo‘lib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi.

Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi.

Korxonani tugatishni, mulkdor yoki mazkur mol-mulkni boshqarishga vakolatli organ tuzadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi, bankrotlik hollari bundan mustasno. Xo‘jalik sudi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda tugatish komissiyasini shakllantirish va uning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risidagi qonuni» bilan belgilanadi.

Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


  • Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan mulkdor sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.

  • Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora, korxona joylashgan yerdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganligidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.

  • Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni egalik qiluvchiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.






Download 69,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish