Bajardi:1 kurs I-501-21 guruh magistranti XAYDAROV B.I. Qabul qildi: prof. R.X.Ergashev QARSHI -2022 MUNDARIJA
KIRISH
I BOB
Iqtisodiy o'sishda ilg'or texnologiyalarning tasiri
1.1
Iqtisodiy о‘sishning mazmuni, turlari va kо‘rsatkichlari
1.2
Iqtisodiy o’sish va milliy boylik
1.3
Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
1.4
Iqtisodiy o’sishning omillari
1.5
Iqtisodiy o'sish va inson taraqqiyoti
II
Xulosa
III
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli ushbu bob iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bob davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o’rin ajratiladi.
Mustaqil ishning maqsadi Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o’sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YaiM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaiM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaiM mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaiM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaiM va aholi jon boshiga real YaiMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaiM va aholi jon boshiga YaiMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.