Ifodali o’qish turlari quyidagilar:
1. Yakka o’qish.
2. Rollarga bo’lib o’qish.
3. Jo’r bo’lib o’qish.
1. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a....
Kin-tuningga aylagali nur fosh,
Birsin oy angla, birisin quyosh.
(A. Navoiydan)
2. Rollarga bo’lib o’qish.
“Qish” X. Eshonqulov.
1-o’quvchi: Hovlida zag’cha,
Qanot qoqadi.
2-o’quvchi: Oppoq kiyimda,
O’rmonu tog’, yer.
Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’....
Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisak
bo’ladi.
3. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang bilan o’qishni o’rganadilar.
O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
1-sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi.
3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga talab etiladi.
4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik kerak .
Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.
Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda:
a) nafasdan to’g’ri foydalana olish;
b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;
d) so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish.
O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir. O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim.
1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish.
2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.
Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga chek qo’yiladi.
Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab o’qiydigan bo’ladilar.
Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi javobni o’qiydi.
She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi.
O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi.
Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha.
Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar.
Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z o’qisalar.
Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish.
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim berishning yangi usullarni izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko’p aytilgan. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim mavzular quyidagi usulda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg’or, demokratik hamda insonparvar g’oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, tag’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g’oyasi sanaladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida umumiy o’rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo’layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o’ziga xos o’rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida turli o’nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o’ta muhim talabi bo’lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.
Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo’lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’qituvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat, ko’nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo’yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o’rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.
Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidenttimizning quyidagi so’zlari ibratlidir:
“Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi”
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan,yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan, hamkorlikdan cho’chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo’lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.
Boshlang’ich sinf matematik darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi. Kurs ishi dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |