279-modda. Bo`ysunmaslik. Bo`ysunmaslik, ya`ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo`lsa;
b) og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, besh yildan o`n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |