Ilmiy referat va hisobotlarning strukturasi,
mazmunlari va tili.
Ilmiy tadqiqot ishining har qanday informatsion materiali aniq talabga
javob berishi kerak:
– kompozitsiyasi (ko‘rilishi) aniq bo‘lishi;
– tushuntirilishi mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlashi;
– muallifning ilgari surayotgan farazining himoyasini asoslovchi dalillar
ishonarli bo‘lishi;
– yangi holatlarni ifodalanishi aniq qisqa qaytarishlarsiz bo‘lishi;
– ishining umumiy natijalari hamda undagi yangiliklar aniq va birbiridan
ajratilgan holda tushunarli darajada keltirilishi;
– xulosalar o‘z tasdig‘iga ega, qisqa va aniq qayd qilingan, shu bilan
birga umumiy va bugungi kunda ma’lum bo‘lgan materiallar hamda
xulosalardan holi bo‘lishi;
– ilmiy va amaliy xarakterdagi ishlanmalar takliflar asoslangan va real
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |