Fransisko Kabrera. U ishlab chiqaradigan va Meksika bozorida mahsulotini sotadigan juda yirik Meksika jamiyatining direktor –taqsimotchisining yordamchilaridan biri edi. U Meksika fuqorosi va OEC ning Meksikadagi korxonasida 12 yildan beri ishlardi. U Meksika universitetlaridan birining MVA sini olgan va uni Meksika korxonasi rahbari lavozimiga aniq nomzodlardan deb hisoblashardi. Hozirgi direktor –taqsimotchi 7 yildan so’ng nafaqaga ketadi. Kabrera 35 yoshda, uylangan 4 ta bolasi bor ( 2 yoshdan 7 yoshgacha). U yetarli darajada inglz tilida gaplashardi, xotini ishlamaydi , inglz tilini bilmasdi.
Xuan Moreno. U 27 yoshida Salvadordagi xuddi shu direktor –taqsimotchining yordamchisi edi. U AQSh da diplom ishini tugatgandan keyin, 4 yildan so’ng OEC ga ishga olinib, shu lavozimga tayinlandi. Uni, ayniqsa xodimlar bilan muomalasida kompetentli deb hisoblashardi, lekin unga tajriba etishmasdi. O’z firmalariga yangi idora jihozlarini sotib olishga qurbi etadigan mahalliy oilalar bilan bo’lgan keng aloqasi, unga OEC ning savdo hajmini kengaytirishga imkon berdi. U uylanmagan.
Munozara uchun savollar:
Qo’mitaga direktor –taqsimotchi lavozimiga qaysi nomzodni tanlashi kerak va nima uchun ?
Bu lavozimga nomzodlarning har biri qanday muammolarga ro’baro bo’ladilar ?
OEC qanday qilib Salvadordagi korxonaning tanlangan nomzodini boshqaruvidagi ro’baro keladigan muammolarini minimum holga tushirishi mumkin ?
Keyingi malumotlar asosida 5ta nomzodlarning har biri uchun tahminiy kompensatsiya summasini hisoblang ?
a) hozirgi vaqtdagi yillik maosh : Tsimmerman -70 ming. Doll., Harrison – 75 ming. Doll., Moye – 65 ming. Doll., Kabrera – 120 mln.meksik.peso., Moreno – 150 ming.salvador koloni ;
b) ayirboshlash narxi : 1 doll.= 3000 meksik.peso ; 1 doll.= 5 salvador koloni ;
c) tovar va xizmatlar narxining indeksi (AQSh Davlat departamentining ofitsial narxiga muvofiq) ; Vashington, Kolumbiya okrugi – 100 ; San – Salvador – 93 ; Mexiko -76 ; Oila uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatlar narhidan kelib chiqib, bir kishi uchun daromadidan -35% ni, ikki kishilik oila uchun – 40% ga teng, to’rt kishilik oila uchun – 45 % , besh yoki undan ko’p oilalar uchun -50 % ;
d) chet elga kamandirovkalar uchun qo’shimchalar (AQSh Davlat departamentining tarifi) Salvadorga ; ayriliq – plyus 15% , xatar uchun – 20 % maoshga qo’shimcha;
e) kvartira (soliq olinmaydi ) ; yolg’izlar uchun – 11 300 doll. yiliga; oilalilar uchun – 12 400 doll. yiliga;
f) bolalar ta’limi uchun nafaqa : yoshi 6-12 5 000 doll; yoshi 13-18 9 000 doll ;
j) soliqlarning o’rtacha hajmi : Meksika – 20 % ; AQSh – 25% ; Salvador – 30 % .
Do'stlaringiz bilan baham: |