Referat va dokladlar tayyorlash uslubiyatlari Reja


Yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalash



Download 190,5 Kb.
bet10/11
Sana02.03.2022
Hajmi190,5 Kb.
#478550
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
referat

Yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalash

Vatan insonning kindik qoni tо‘kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga mazmun baxsh etadigan ta-barruk maskandir. U avlodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan ota-bobolarimiz-ning hoki poklari jo bо‘lgan, vaqgi soati yetib har bi-rimiz bosh qо‘yadigan muqaddas zamindir.
Vatani bor odamning g‘ururi, iftixori yuksak, maqsad -muddaolari aniq bо‘ladi. Tog‘dek tayangan Vatani borligini his etgan inson hayotning har qanday si-novlariga doimo tayyor turadi.
Vatanparvarlik esa, eng avvalo, kindik qoni tо‘kilgan joyga qarindosh - urug‘ va mahalla-kо‘yga, el-yurt, ona zaminga bо‘lgan hurmat-e’tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik yjtimoiy, ta-rixiy va axloqiy his-tuyg‘u sifatida insonlar jamiya-tining yjtimoiy tarakdiyoti davomida paydo bо‘ladi.
Buyuk uzbek mutafakkirlarining fikricha, biz tug‘ilgan yurtimizdan uzoq bо‘lsak, bizni tortib kela-digan quvvat о‘z vatanimizning, ona tuproqning mehru
muhabbatidir.
Shu о‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, vatanparvarlik о‘zi nima? U qanday maqsadga xizmat qiladi.
Milliy vatanparvarlik, avvalo, о‘z xalqining Qoniga singib ketgan imon va insof, mexr-muhabbat, oqibat, shafqat, vijdon va andisha, or-nomus, ona yurtga, о‘z millatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi g‘oyalar, qarashlar yig‘indisidir. Bugungi kun milliy vatanparvarlik mafkurasining tarkibiy qismlari quyvdagilar:
— mustaqillik tuyg‘usi va uni tо‘la idrok etish;
— uzbek milliy mafqurasi;
— kо‘p millatli О‘zbekiston xalqining vatanparvar-ligi.
Vatanparvarlik jamiyatdagi barcha kishilarni, mil-lat va elatlarni ijtimoiy-siyosiy kuch va guruhlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligini doimo diqqat markazida saqlash lozim.
Vatanparvarlik tuyg‘usi, tarbiyachi va ota-onaga, о‘z mahallasi, qishlog‘i, tumani, shahri viloyatiga bо‘lgan cheksiz muhabbatdan, uning tarixi, madaniyatiga hurmat va sadoqatdan boshlanadi. Vatan tuyg‘usi kichkina odam kо‘z о‘ngida kо‘rayotgan narsadan qoyil qolishdan, uni hayratlantiradigan va qalbida aks sado beradigan nar-salardan boshlanadi.
Kattalarning vazifasi — bola oladigan kо‘plab taas-surotlardan unga eng tushunarli bо‘lganlarini, eng yaqin kishilari, jonajon о‘lka, uning tabiati va hayvonot dunyosi, xalq farovonligi, Vatanning gullab yashnashi yо‘lidagi mehnati, о‘rtokdik, о‘zaro yordam va
boshqalarni tanlab berishdan iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasiga nima kо‘proq moye keladi va nima uni qiziqgirishi, hayajonlantirishi mumkin?
Dastavval, u tug‘ilgan va yashayotgan joylar. Jonajan ona tabiat Vatanga muhabbatni tarbiyalashning kuchli omillaridan hisoblanadi. Uning gо‘zalligidan zavq-lanish, tabiatiga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish, in-son mehnatining tabiatdagi о‘zgartiruvchanlik rolini tushunish — bularning hammasi jonajon о‘lkaga muhabbatni shakllantirish manbalaridir.
Odam Vatanga bо‘lgan muhabbatini о‘zi tutilib о‘sgan
oilasi, bol al ar bog‘chasi va maktabi, bol al ar bilan о‘ynagan о‘yinlari va joylari bilan bog‘laydi.
Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Vatanga muhabbat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy rivojlanishini va ular tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab borila-di. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda Vatanga muhabbatni, ularga yaqin va tanish bо‘lgan aniq fakt-lar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tar-biyachilar bolalarda о‘z oilasiga, uyiga, bog‘chasiga va ularni о‘rab turgan tevarak-atrofga muhabbat hamda ularga sodiq bо‘lishni tarbiyalayotib eng muhim ijti­moiy tuyg‘u Vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi voqea, hodisalarning faqat tashqi belgilarini anglab oladilar. Ular hayit, Navrо‘z bayramini hamma kishilar ku-tib olishlarini kuzatadi, bundan juda zavqlanadi, am-mo buning sababi va natijalarini bilmaydilar. Ular­ga bayramlarning mohiyatini tushuntirish bilan ham vatanparvarlik tarbiyasi amalga oshiriladi.
О‘zbekiston xalqining vatanparvarlik tarbiyasi baynalmilallik tushuncha bilan yо‘g‘rilib ketganki, har bir fuqaro О‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarini hurmat qiladi.
Baynalmilal tarbiya Vatan ravnaqi yо‘lida xalqlar dо‘stligi, birdamligi, hamkorligi, hamfikrligi, hurmat kabi tushunchalarni tarbiyalashdir. Mamlakati-miz kо‘p millatli maskan bо‘lib, unda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat xalqlariga ijobiy munosabat va dо‘stona his-tuyg‘ular uyg‘otish maqsadi yotadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik his tuyg`ularini asosini shakllantirishda avvalgi turli millat vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazish, maxsus mashg`ulotlarda ularning urf odatlari madaniyati, san’ati, tabiati to`g`risidagi adabiyotlarni o`qib o`rganish, suhbat o`tkazish, rasmlarni ko`rsatish diafilmlar namoyis qilish, millat bolalar hayoti shu millat kishilarining mehnati va turmush haqidagi hikoyalarini o`qib berish foydali bo`ladi.
Shuningdek, bolalarda baynalminalchilik hissini tarbiyalashda milliy qo`g`richoqlardan katta o`rin egallaydi.
Vatan, erga bo‘lgan muhabbat – xalqimiz qalbiga singib ketgan, azaliy milliy xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. "Ma’naviyat sohasida eng asosiy vazifamiz insoniy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish, bolalarimizni ozod demokratik O‘zbekistonning komil o‘g‘il- qizlari qilib tarbiyalashdir".
Tarbiyaning siyosiy, g‘oyaviy, e’tiqodiy, estetik va boshqa turlari har bir O‘zbekistonlikda yangi jamiyatning barkamol avlodi, yuqori ma’naviy - siyosiy xislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda unda mamlakat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash borasidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglatishdir.
Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovo‘zkorliklarga qarshilik ko‘rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o‘z Vatani himoyasi uchun shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir.
Talaba - yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida pedagogika va psixologiya qoidalaridan keng foydalanilanish katta ahamiyat kasb etadi.
Harbiy ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon bo‘lib, unda asosan quyidagilarini anglash lozim: talaba – yoshlarnibilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish; ularda o‘z Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy xislatlarni tarbiyalash; komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish va ular oldida turgan vazifalarni bajarishga va har xil vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga ruhiy tayyorlikni shakllantirish.
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy aytgan: "Fan - bu dunyo boyligi. Bilim – insonning oliy va muqaddas yutug‘i. Zero bilish ko‘zgu kabi, bizga dunyoga qarashimizni, intilishlarimizni ko‘rsatadi. Qilich kabi aqlimizni, fikrimizni o‘tkirlaydi".
Ahloqiylik - avvalam bor bu vijdon, vijdoniylik hissi. Bu- ishonch va haqiqatgo‘ylikdir. Ajdodlarimiz insonni ahloqiy baholash mezonlar majmuini ishlab chiqqan, zamonaviy til bilan aytganda, "SHarqiy ahloq kodeksini” yaratgan. Inson qalbida nonni halol topmayotganlar, insofsizlik, vijdonsizlikka nisbatan qarshilik tug‘ilishi lozim. Faqat bunday inson o‘z so‘zida turadi, boshqa kimsa haqqiga ko‘z alartirmaydi, Vatani va xalqi himoyasi uchun o‘z jonini ayamaydi va aksincha, kazzob mahmadonada bo‘lib, vatanparvarlik hissi bo‘lmaydi. Har qanday yovo‘z ish, xudbinlik, yuzqoralik – Vatanga nisbatan xoinlikdir.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarni bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, Vatanga, ona-yurtga bo‘lgan munosabatlarni muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi.
Axloq – bu jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va o‘z-o‘zlariga munosabatdagi xulq – atvoriga qo‘yiladigan talablar, me’yorlar va qoidalarning yig‘indisi.
Demokratik jamiyatni quruvchisi jamiyat baxt – saodati yo‘lida halol mehnat qilishi, ijtimoiy burchni yuksak darajada anglashi, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik kerak, deb ta’kidlangan. Harbiy vatanparvar talaba – yoshlarlarimiz, bir yoqdan, fidokorona ta’lim – tarbiya va chuqur bilim saviyalarini oshirish bilan nimalarga qodir ekanini ko‘rsatsalar, shunigdek xulq – atvor, axloqlari, ma’naviy go‘zalliklari bilan namoyish qilishlari katta ahamiyat kasb etadi.
Ayni zamonda mehnat va ijod maydonining eng og‘ir sohalarida jonbozlik, vatanparvarlik, odamiylik fazilatini ko‘rsatib jamiyat hurmati va muhabbatining qaynoq ilhom manbai bo‘lib qolmoqdalar. CHunki, bizning oldimizda o‘tmishning asoratlaridan ozod bo‘lgan, o‘zining mustaqil fikriga ega, o‘z millati va Vatan manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga qodir bo‘lgan barkamol vorislarni tarbiyalab etkazish vazifasi turibdi.
Harbiy vatanparvalik tarbiyasini tashkil qilish uchun tinch va jangovar vaziyatdagi harbiy xizmat sharoitlarida bilishlarning psixologik faoliyatini o‘rganuvchi harbiy psixologiya ham muhim ahamiyatga ega.
Harbiy psixologiya Vatanimiz himoyasi uchun o‘z burchini bajarishga yoshlarni psixologik tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Psixologik fan inson shaxsiyoti, ichki ma’naviy dunyosi, o‘zini tutish omillari, bir-biridan xususiyati, qiziqishlari bilan farqlanadigan kishilar bilan harbiy vatanparvalik tarbiyasini to‘g‘ri tashkil qilishni yaxshi tushunishga yordam beradi.
Tarbiyachilarning psixologik fanni yaxshi bilishi, ularga kasbiy tanlov va yuqori sinf o‘quvchilarini harbiy o‘quv yurtlariga kirish va O‘zbekiston Respublikasi turli faoliyatdagi va Qurolli Kuchlarida hizmat qilishga tayyorlash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.
YOshlarning harbiy vatanparvalik tarbiyasi, shuningdek zamonaviy urush xususiyati, qurollangan jang vosita va shakllari, qonuniyligi, jangovar harakatlar sharoitlarini ochib beradigan harbiy fan bo‘lib, qoida va xuloslarini hisobga olgan holda tashkil kilinadi. Harbiy fan har bir kishi qanday ma’naviy-siyosiy, psixologik va jangovar xislatlarga ega bo‘lishi, Vatan himoyachisi majburiyatini muvaffaqiyatli bajarini uchun unga qanday bilim, ko‘nikmalar zururligi haqidagi savollarga javob beradi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiya ilmiy asoslari, Vatan himoyasiga yoshlarning ma’naviy siyosiy va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha amaliy faoliyatning mazmuni, tashkili, shakl va metodlarini aniqlovchi boshlang‘ich nizomlar, asos soluvchi qoidalar, talablarini bildiradigan prinsiplarda tadbiq qilinadi hamda aniqlashtiriladi.


Xulosa


Davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri- ma’naviy jihatdan barkamol, jismoniy va ruhiy jihatdan sog`lom, Vatan sarhadlarini himoya qilish uchun jismonan chiniqqan, fidoyi insonni tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy istiqlol g`oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga etkazishga ijtimoiy zarurat tug`ilishi tabiiy bo`lib, uning aksi ta’lim-tarbiya jarayonida aks etmoqda.
Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar, sinfdan va maktabdan tashqari to’garaklar, sport o`yinlari, jismoniy mashqlar orqali o`quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish, tizimli didaktik ta’minotlar, ahborot resurslari yordamida, shuningdek. turli jismoniy chiniqtiradigan musobaqalar, jismoniy, sog`lom turmush tarzini reklama qiluvchi tarbiyaviy tadbirlar: milliy o`yinlarni reklama qiluvchi suhbatlar, kechalar, sport-shoular uyushtirilib, o`quvchilarning qiziqishlari inobatga olingan holda to`garaklarga jalb qilinganlarida; o`quvchilarning jismoniy, intellektual rivojlanishlari va qobiliyatlari, oiladagi, sinf va maktabdagi muhitning atroflicha o`rganilishi, maktab va oilaning jismoniy chiniqtirishdagi hamkorligi rivojlantirilishi ijobiy natijalarga olib kelishi misollar asosida tasdiqlandi.

  1. O`quvchilarni ta’lim jarayonida mashg`ulotlarda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim bo`lib, ma’naviy-ahloqiy jihatdan o’zbek milliy qadriyatlari asosida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhuda tarbiyalashda tarixiy merosimizga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi.

  2. O`zbekiston milliy istiqlolga erishganidan keyin sport va jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining mazmun-mohiyatiga ham e’tibor kuchaydi . Bu boradagi ijobiy o`zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatida ko`plab yangi g`oyalarni ilgari surdi. Jahonning eng ommalashgan jismoniy tarbiya va sport sohalari bilan bir qatorda, xalqimiz boy madaniy merosining ajralmas qismi bo`lgan o`zbek milliy o`yinlari tiklandi va dunyo bo`ylab katta qiziqish bilan tarqalib boshladi. Zamonaviy jismoniy tarbiya majmualari, sport inshoatlari barpo etildi va yoshlarimizning eng yuqori saviyada shug`ullanishlariga sharoit yaratildi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari yoshlarimizga milliy va umuminsoniy tarbiya berish, ularda vatanparvarlik tuyg`usini rivojlantirishning zarur shartlaridan biri bo`lib qoldi.

  3. O`quvchi yoshlarni darslar va sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida vatanpavarlik ruhida tarbiyalash muammosi mazmun mohiyati bilan yigitlarni vatan himoyasiga tayyorlash asosida har tomonlama barkamol, talabchan, jamiyatga kerakli inson qilib shakllantirish hamda o’quvchilarni yomon illatlardan holi bo`lishiga e’tibor qaratish lozim. Shu maqsadda ta’lim jarayonida o’quvchilarni vatan himoyasiga tayyorlashning samarali usul, metod va dasturdan unumli foydalanish maqsad muvofiqdir.

  4. O`quvchilarni ta’lim jarayonida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’limning innovatsion usullaridan, ta’limiy-ahloqiy, jismoniyi, ko`rgazmali-targ`ibot ishlarida foydalanish samarali natijalar beradi.

  1. Darslar va sinfdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarni vatanini sevib- ardoqlashi borasidagi mashg`ulot mazmuni ilmiy asosda tashkil etilganda o`quvchi yoshlarning aqliy, ahloqiy, mehnat, nafosat, vatanparvarlik va boshqa tarbiya yo`nalishlariga kuchli ta’sir ko`rsatishi aniqlandi. Ular o`rtasidagi uzviy bog`liqlik yoshlarning jismoniy kamolotlarini takomillashtiradi. Bu o`z navbatida jamiyatimiz a’zolarini har taraflama ulg`aygan, komil insonlar bo`lib etishishlari uchun zamin hozirlaydi.

  2. Mashg`ulotlarining ilmiy asoslarda tashkil etilishi jamiyatimizning barcha a’zolarini sog`lom, faol, g`ayrat shijoatli bo`lishlariga ta’sir etish bilan birga barkamol erkin fikrlovchi romil inson bo`lishini, O`zbekistonni dunyoga tanitishga hissa qo`shishini amalga oshiradi. Faqat mashg`ulotlar metodik jihatdan to`g`ri tashkil etilishi, pedagogika, psixologiya metodikasi qonun-qoidalariga qat’iy rioya etilishi zarur bo`ladi.

O’zbekiston jamiyatining hozirgi taraqqiyot bosqichida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida shakllantirishning ahamiyati katta. Chunki «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo’lgan hamjihatlik va bag’rikenglik, mehmondo’stlik kabi sifatlar bilan farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g`urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog`lom bo`lishlariga erishishimiz zarur. Ma’naviy sog`lomlik esa jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq. ―Vatanni xurjunga solib tashib ketib bo`lmaydi. Agar uni tashib ketish mumkin bo`lganda edi, u sariq chaqaga ham arzimasdi‖.



Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish