6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi: 1. O’zR qonunlari. 2. O’zR Prezidenti farmonlari. 3. O’zR Hukumati qarorlari. 4. Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar. 5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar. 6. Internetdan olingan axborot manbalari. - Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo’lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.
Do'stlaringiz bilan baham: |