Ijtimoiy loyihalar. Ijtimoiy ta’minot tizimini qayta qurish, sog’liqni saqlash, axolining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar oqibatlarini yengib o’tish (Orolni qutqarish, ko’chatlar o’tqazish va bog’lar (Yoshlar bog’ini) yaratish, tabiatni turli chiqindilardan tozalash, yozgi oromgohlarda bolalarni sog’lomlashtirish dasturlari, nogiron yoki bolalar uyidagilarga mehr ko’rsatish, ularga turli o’yin, konsert dasturlarini tashkil etish, nochor oilalarda sunnat va nikoh to’ylarini o’tkazish kabilar) – bularning barchasi o’z xissasiga ega ijtimoiy loyihalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish doirasida to’g’rilanishi kerak va ko’zda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan baholash ancha murakkablashgan; loyihaning muddati va davomiyligi taxmininy omillarga bog’liq yoki faqat belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyiha xarajatlari, odatda byudjet assignatsiyalariga bog’liq; resurslar talab bo’yicha imkoniyat doirasida ajratiladi. Ijtimoiy loyihalar yuqori aniqlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |