blokcheyn - 1. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasini (yagona markazsiz) tuzish metodologiyasi. Bunda har bir yozuv foydalanish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi, bu esa uni (ma’lumotni) soxtalashtirish imkoniyatini qiyinlashtiradi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish (pul birliklarini ishlab chiqarish, o‘tkazmalar) va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llaniladi.
2. Keyinchalik o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmagan bog‘langan bloklarning ketma-ketligi ko‘rinishida tizimlangan tranzaksiyalarni markazlashtirilmagan holda saqlash va qayta ishlash algoritmlari va protokollari.
3. Ichida axborot bo‘lgan bloklarning muayyan qoidalar bo‘yicha qurilgan uzluksiz ketma-ket zanjiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |