Modellashtiruvchi eksperiment ayrim mehnat jarayonlarining nazariy dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish tartibidagi usullarni o‘rganib bo‘lmaganligi tufayli qo‘llaniladi. Bu jarayonlar anglanilgan holda o‘rganilayotgan mehnat jarayonida ishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi, bu faoliyatni amalga oshirish uchun sun’iy sharoitlar yaratiladi va shu tariqa modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o‘rganiladi. Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi muhim kasbiy sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Labaratoriya eksperiment tadqiqotlarni maxsus asbob-uskunalari bilan jihozlangan psixologik labaratoriyada o‘tkazishni nazarda tutadi. Eksperimentning bu turi odatda elementar psixik funksiyalarni o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi ya’ni, sensor va motor reaksiyalari tanlov reaksiyalari va boshqalarni kiritish mumkin. Insonning ish-harakatlarini o‘rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida videotexnika va turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori darajasiga ko‘tarilgan. Bu bir tomondan videoga tushirish, streoskopik tushirish kabi usullarni keng qo‘llashga olib kelgan bo‘lsa, boshqa tomondan tayyorlov ishlari ya’ni, eksperimentni o‘tkazish va materiallarni tahlil etish kabi ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Videofotoregistratsiya metodining universalligiga qaramay tadqiqotlarda EHM va boshqa maxsus texnikaning qo‘llanilishi bugungi kunda murakkab muammo bo‘lib kelmoqda.
Shakllantiruvchi eksperiment – bu usulning asosiy belgisi V.V.Davidovning “psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini oddiygina ta’kidlab emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus sharoitlarda namoyon etib, ular mohiyatini ochib berishi” kerak degan fikri bilan belgilanadi.
Shakllantiruvchi eksperiment usullarini qo‘llash o‘quv-kasbiy jarayonlarning ma’lum tavsiflarini o‘zgartirish va shu o‘zgarishning ta’lim oluvchilarning yosh, intellektual xususiyatlariga bo‘lgan ta’siri bilan bog‘liq. Mohiyatiga ko‘ra, bu usul keng tadqiqot o‘tkazish vositasi sifatida boshqa usullarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi.
Shakllantiruvchi eksperiment V.V.Davidov bergan tavsifiga ko‘ra – birinchidan, ko‘p sonli ya’ni, statistik muhim; ikkinchidan, u yoki bu konsepsiyani yuritish uchun amalga oshiriladigan; uchinchidan uzoq davomli va nihoyat pedagogik-nazariyotchi diagnostik metodistlarni o‘zaro hamjihatliligini ta’minlab beruvchi eksperimentdir. Shakllantiruvchi eksperiment kasbiy ta’limning optimal texnologiyalarida, korxonada kasbiy tayyorgarlikning samarali metodikasida, malaka oshirish tizimiga innovatsion usullarni qo‘llash jarayonida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |